Bog'liq NAMUNA Referat Mavzu Dunyo shaharsozlik madaniyatining rivojlanishi
Bog’-shaharlar va chiziqli shaharlar konsepsiyalari
Kelajak shaharlarni loyihalash uchun hozirgi ahvolga obʼektiv baho berish kerak va alohida oʼtmish shaharsozlik kontseptsiyalarini koʼrib chiqish lozim. Shaharsozlik sohasida sotsial-utopistlar orzulari insonning garmonik rivojlanishi va ijtimoiy adolatga yordam beradigan shaharlar yaratishga asoslangan edi. Utopistlar gʼoyalari shaharsozlikning keyingi rivojlanishiga, ayniqsa shaharlar aholisini meʼyorlashtirish muammolari boʼyicha maishiy xizmat koʼrsatishni umumlashtirish, bogʼ-shaharlar yaratish gʼoyalari katta taʼsir koʼrsatadi.
1898 yili E.Govard radial halqali tarixiy tarkibli bogʼ-shahar gʼoyasini taklif qildi. Shahar keng radial xiyobonlar bilan olti qismga ajratilgan aylana shaklida. Markaziy maʼmuriy-jamoat maydoni park bilan oʼrab olingan. Turar-joy xalqasi ichida yashil belbogʼ boʼlib, unda maktablar va sport inshootlari joylashgan. Bundan tashqari, qishloq xoʼjaligi va aholi dam olishi uchun katta shaharning tashqi qismi ajratilgan. Shu tarzda markaziy park va yashash hududining yashil belbogʼi oʼzaro va shahar atrofi hududi bilan xiyobonlar orqali bogʼlanib, yagona sistemani tashkil etadi. Govardning nazariy modeli har bir alohida holat uchun yechim topish imkonini berdi.
Bunga qarama-qarshi XIX asr oxirida ispan injeneri Sorna-I-Mata tomonidan chiziqli shahar gʼoyasi ilgari surildi.
Аrxitektor I.Leonidovning Magnitorsk shaxri uchun bergan loyihaviy taklifida shaharning rivojlanish jarayonida asosiy qismlari orasida garmonik nisbatni topishga intilish aks etgan. Bu yerda shahar sanoat qismiga olib boruvchi, turar-joylarga parallel joylashgan madaniy, sport, meditsina va boshqa jamoat binolari va inshootlari bilan qurilgan shosse boʼylab rivojlanadi.
Leonidovning gʼoyasini rivojlantirib, N.Milyutin shahar rivojlanishining funktsional-potokli chizmasini taklif qildi. Bunda sanoat qismi turar-joylarga va boshqa funtsional qismlarga parallel holda joylashadi. Bu gʼoya baʼzi yangi zamonaviy shaharlar bosh rejalariga asos qilib olindi. Аrid (kurgʼoqchil) iqlim sharoitlarida qabul qilinishi mumkin boʼdgan eng qulay shahar tarxiy tarkibi boʼlib toʼgʼri chiziqli tarxiy tarkibni koʼrsatish mumkin.
Toʼgʼri chiziqlilik nima bilan aniqlanadi?
Issiq quruq iqlim sharoitida insonning yashashi uchun birinchi navbatda suv zarur. Uni qandaydir yaqinroq daryodan koʼplab kilometr uzoqdan kanallar yordamida olib keladilar. Kanalning qirgʼogʼini suv yuvib ketmasligi uchun odamlar uni toʼgʼri qilib koʼrganlar, koʼp hollarda kanallarni tekis hududlarda qurganlar. Bundan kanallarga parallel va perpendikulyar koʼchalar kelib chiqqan.
Toʼgʼri chiziqli tarxiy tarkib bir qancha xususiyatlarga ega:
- u turar-joylar hududlarini ish va dam olish joylariga maksimal yaqinlashtirish imkonini beradi;
- shahar jamoat markazini keyinchalik rivojlantirish imkonini beradigan toʼgʼri chiziqli qilib koʼrishni belgilaydi;
- transport va piyoda yoʼllar kommunikatsiyalari tizimi qisqaradi va ularni tashkil etish yengillashadi. Аmmo chiziqli tarkibi koʼplab kilometrga rivojlanganda oʼzining tarkibi va tarxiy birligini yoʼqotishi mumkin.
Baʼzi sovet arxitektorlari rejalashtirishning radial-xalqali chizmasidan foydalanish mumkin deb hisoblaganlar. Аmmo bu holda turar-joylar bilan oʼralgan shahar markazi rivojlanish imkoniyatidan mahrum, sanoat korxonalari esa, shaharning oʼsishi bilan turar-joylar ichida boʼlib qoladi.
20-yillar oxirida N.Ladovskiy radial-xalqali va toʼgʼri chiziqli chizmalarni tadqiq qilib, shaharning yangi parabolik tarxiy tarkibini taklif qildi. U shaharning barcha qismlarini mavjud markazni saqlab qolgan va rivojlantirgan holda bir tekisda rivojlantirish imkonini beradi. Uni eski markaz atrofida bukilgan N. Milyutin tugʼri chiziqli sxemasi deb koʼrish xam mumkin.