Referat fakultet: kompyuter injeneringi Fan: Elektronika va sxemalar Mavzu



Download 146,01 Kb.
bet1/5
Sana13.04.2023
Hajmi146,01 Kb.
#927854
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat fakultet kompyuter injeneringi Fan Elektronika va sxem


O’zbekiston Respublikasi Toshkent Axborot Texnalogiyalari
Universiteti Urganch filiali


REFERAT


Fakultet:kompyuter injeneringi
Fan:_Elektronika va sxemalar
Mavzu: RC va RL zanjirlarda o'tkinchi jarayonlar Bajardi:_Bakiev Xursandbek Mamatsaloevich
Tekshirdi:
Urganch 2021 yil

Reja:
1. Elektr zanjirlarida o‘tkinchi jarayonlar 
2.O‘tkinchi jarayon masalasini o‘zgarmas
koeffitsiyentli chiziqli differensial tenglamalar yechimiga keltirish Tok va kuchlanishlarning turg‘un va erkin tashkil etuvchilari
3.Kommutatsiya qonunlari va boshlang‘ich
shartlar 
4. O‘tkinchi jarayonlarni hisoblash usullarining
xususiyatlari
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
1.ELEKTR ZANJIRLARIDA O‘TKINCHI JARAYONLAR 
Avvalgi boblarda yig‘iq parametrli chiziqli elektr zanjirlarida turg‘un, ya'ni kuchlanishi va toki o‘zgarmas (o‘zgarmas tok zanjirlari) yoki sinusoidal tok va kuchlanishli (sinusoidal tok zanjirlari) jarayonlar o‘rganilgan edi. 
Aytaylik, o‘zgarmas kuchlanish manbayiga ketma-ket rezistor va induktiv 
g‘altak ulangan bo‘lsin (1- rasm, a). 
Nazariy jihatdan bunday zanjirda tok cheksiz katta vaqt davomida, amalda esa cheklangan vaqtda turg‘un qiymatga ega bo‘ladi (1- rasm, b). Agar 
zanjirdagi tok turg‘un qiymatga ega bo‘lganidan so‘ng kuchlanish 
o‘zgartirilsa, u holda tok mos ravishda yana o‘zgaradi. Bir turg‘un rejimdan 
boshqa turg‘un rejimga o‘tish ma'lum vaqt davomida sodir bo‘ladi. 
Elektr zanjirlarida bir turg‘un holatdan ikkinchi turg‘un holatga o‘tishda 
paydo bo‘ladigan elektromagnit jarayon o‘tkinchi jarayon deb ataladi
O‘tkinchi jarayon tugashi bilan elektr zanjiri holati oldingi holatidan, masalan, 
sxemaga ta'sir etuvchi EYK, sxema parametrlarining qiymati, kuchlanish yoki 
tok amplitudasi, fazasi, shakli yoki chastotasi o‘zgarishi bilan farq qiladi. 
Elektr zanjirlarida o‘tkinchi jarayonlar kommutatsiya natijasida sodir bo‘ladi. 
Kommutatsiya - bu elektr zanjirida ulash (2- rasm, a) yoki uzish (2- rasm, b) 
jarayonidir. 
Kommutatsiya oniy 
vaqt davomida sodir bo‘ladi. 
Fizik jihatdan o‘tkinchi jarayon zanjirning kommutatsiyagacha bo‘lgan 
energetik holatidan kommutatsiyadan keyingi energetik holatiga o‘tishdir. 
Agar zanjirda energiya yig‘uvchi elementlar, ya'ni induktiv g‘altak va 
kondensator bo‘lsa, o‘tkinchi jarayon ma'lum vaqt davom etadi. Zanjirning har 
bir ishchi holatiga uning elektr va magnit maydonlarida ma'lum energiya 
zahirasi mos keladi. Zanjirning bir holat(rejim)dan ikkinchi holat(rejim)ga 
o‘tishi unda to‘plangan energiyalar o‘zgarishi (ortishi yoki kamayishi) ga olib 
keladi. Zanjir induktiv g‘altagida to‘plangan magnit maydoni energiyasi 
va kondensatorda to‘plangan elektr maydoni energiyasi 
o‘z qiymatlarini sakrab o‘zgartira olmaydi, chunki bunday o‘zgartirish uchun manbadan cheksiz katta quvvat iste'mol qilish talab qilinar edi. Bu esa fizik nuqtai nazaridan mumkin emas. Shuning uchun ham induktiv elementga ega bo‘lgan shoxobcha uzilganida uzilish joyida elektr yoyi hosil bo‘ladi va unda induktiv elementda to‘plangan magnit maydoni energiyasi sarf bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash zaryadlangan kondensator 
qismalari o‘zaro qisqa tutashsa, shu joyda elektr yoyi hosil bo‘ladi va unda ham kondensator elektr maydonida to‘plangan energiya sarf bo‘ladi. Amalda 
o‘tkinchi jarayon vaqti elektrotexnik zanjirlarda soniyalar ulushini tashkil etsa, 
nazariy jihatdan o‘tkinchi jarayon vaqti 
gacha davom etadi. 
Elektr zanjirining kommutatsiya (boshlang‘ich) ondagi rejimi 
boshlang‘ich holati deyiladi va shu holatga nisbatan o‘tkinchi jarayon odatda 
analitik yoki ossillografik tahlil etiladi. O‘tkinchi tok, kuchlanish, EYK va h.k. 
lar kichik harflar bilan, ularning aniq vaqtdagi qiymatlari esa 
shaklda ko‘rsatiladi. Tokning kommutatsiyadan bevosita avvalgi qiymati 
kommutatsiya paytidagi qiymati va o‘tkinchi jarayon tamom bo‘lishidagi qiymat esa shaklda ko‘rsatiladi. Elektr zanjirlaridagi o‘tkinchi jarayonlar ma'lum bir foydali maqsadlarda qo‘llanishi (masalan, radiotexnika qurilmalari, avtomatik boshqarish tizimlari va boshqa zanjirlarda) yoki zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin (masalan, katta induktivlikka ega zanjirlar uzilishida izolyasiya uchun xavfli bo‘lgan o‘ta kuchlanishlar paydo 
bo‘ladi, kondensatorli zanjirlarda, transformatorlar va elektr mashinalardagi 
qisqa tutashishda toklar qiymati bir necha barobar sakrashi mumkin). Shunday 
qilib, o‘tkinchi jarayonlar oqibatini tahlil etish muhandislik muammolarini 
yechishni taqozo etadi. 

Download 146,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish