- TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
- MUHANDISLIK QURILISH INFRASTRUKTURASI FAKULTETI
- FALSAFIY VA IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI FUQAROLIK JAMIYATI. O’ZBEKISTON DEMOKRATIK JAMIYAT QURILISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI FANIDAN
- Mustaqil ish
- Mavzu: Yoshlar muammolarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli
Bajardi: 43-16 guruh
talabasi Xushvaqtova L.B
Qabul qildi: Utemuratov M.A
Toshkent – 2020
Mavzu:Yoshlar muammolarini hal qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli
Reja:
1.O’zbekiston- yoshlar mamlakati
2.Kuchli davlatdan- kuchli fuqarolik jamiyati sari
3.Yoshlar muammolarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining o’rni va ahamiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
O’ZBEKISTON-YOSHLAR MAMLAKATI
Oʻzbekiston demografik xususiyatiga koʻra yoshlar mamlakati hisoblanadi. Oʻziga xos ijtimoiy guruh sifatida yoshlar doimo olimlar tomonidan olib boriladigan tadqiqotlarning diqqat-markazida boʻlib kelmoqda. Chunki, aynan ular yuz berayotgan oʻzgarishlarning indikatorlari boʻlib hisoblanadi va jamiyat rivojlanishining Yoshlar ta’limi va tarbiyasida, ularda ijtimoiy taraqqiyotning nazariy-metodologik masalalarini rivojlantirishda oʻqituvchining shaxsiy fazilatlari, nazariy, metodik tayyorgarligi hamda axloqiy qiyofasi birinchi darajali ahamiyatga ega. Shuning uchun ham XXI asr – intellektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligi hozirgi kunda hech kimga sir emas.
Shuni e’tiborga olgan holda, 2010-yil birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan mamlakatimizda “Barkamol avlod yili”, 2014-yil “Sogʻlom bola” yili deb e’lon qilinishi bejizga emas. Yoshlar jamiyatning ijtimoiy tarkibida nisbatan mustaqil tuzilma boʻlib, umuman ijtimoiy taraqqiyot tizimiga xos qonuniyatlar unda muqarrar aksini topadi.salohiyatini belgilab beradi. Ma’lumki, bugungi kunda Oʻzbekistonda 10 mln 675 ming kishi 18 yoshgacha boʻlgan yoshlarni, yoki butun aholining tahminan 35 foizini tashkil qiladi. 18 mln 300 ming kishi esa 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarni, yoki, butun aholining 60 foizini tashkil qiladi. Aholining katta qismini tashkil qiluvchi yoshlarning mavjud muammolarini hal qilish, ularni hayotimizning haqiqatdan hal qiluvchi amaldagi kuchiga aylantirish toʻgʻrisida butun jamiyatning doimiy gʻamxorlik qilishi masalasi oʻz-oʻzidan jamoatchilikning diqqat-markazida boʻlib kelmoqda
Sotsiolog Oʻ.Qayumovning “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi tomonidan chop etilgan “Fuqarolik jamiyatining shakllanishi sharoitida Oʻzbekiston yoshlarining ijtimoiylashuv jarayonlari” nomli monografiyasida 2003-2011-yillarda oʻtkazilgan satsiologik tadqiqotlar natijalarini tahlili asosida mustaqillik yillarida Oʻzbekiston jamiyatida yuz berayotgan tub islohatlar sharoitida yoshlarimizni hozirgi zamon jamiyatimizga moslashuvini, ma’naviyatini, bilim olishga chanqoqligi, mehnatga boʻlgan munosabatini, ijtimoiy nuqtai nazarini va hayotiy intilishlarini yoritib bergan.
Bundan tashqari, yoshlarning ma’naviy kamolatini yanada yuksatirishga xizmat qilayotgan ijtimoiy-siyosiy institutlardan “Kamolot” YIH, Siyosiy partiyalar, Kasaba uyushmalari, Turli xil jamgʻarmalar, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar jamiyati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va boshqa shu kabilarini misol keltirish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 7800 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu koʻrsatgich 2000-yilga qaraganda 2,5 barobar koʻpdir.
Darhaqiqat, jamiyat kelajagi boʻlmish yoshlarni bir maslak atrofida birlashtirib, ularning intellektual bilimi, aql-idroki qolaversa, kuchidan hayrli maqsadda foydalanish uchun biron-bir yoshlar tashkiloti zarur edi. Bu, aynan yurtboshimiz tomonidan oʻrtaga tashlangan asosiy masala edi. Ana shu tashabbus orqali, 2001-yil aprel oyida “Kamolot” YIH tashkil etildi.
“Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga chuqur singdirish, yosh avlodning mamlakatni yanada demokratlashtirish va yangilash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlariga keng jalb qilinishini ta`minlash.”-harakatning bugungi kundagi asosiy vazifalardan biridir.1 Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga ishonch bildirish, jamiyat va davlatning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Hattoki, uning huquqiy asoslari ham taminlangan.
Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo'lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.
2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog'liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz. Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e'tiborga olgan holda: 1. O'zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining 2017 yil 30 iyun kuni bo'lib o'tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani ma'lumot uchun qabul qilinsin. 2. O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun — 30 iyun sanasi mamlakatimizda «Yoshlar kuni» deb e'lon qilinsin.
KUCHLI DAVLATDAN-KUCHLI FUQAROLIK JAMIYATI SARI
Istiqlol yillarida mahalla hayoti bilan bogʻliq asriy an’ana va urf-odatlarimiz tiklanib, zamon bilan uygʻun rivojlanmoqda. Prezidentimiz tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xususan, mahalla institutining oʻrni va rolini oshirishga doimiy e’tibor qaratilayotgani “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini hayotga joriy etishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida sportni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada mahallalarda olib borilayotgan amaliy ishlar aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Mahallalarda sport maydonchalari barpo etilmoqda, mavjudlari ta’mirdan chiqarilib, zarur jihozlar bilan ta’minlanmoqda
YOSHLAR MUOMMOLARINI HAL ETISHDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARININ O’RNI VA AHAMIYATI
Fuqarolik jamiyatiga xos qadriyatlardan biri fuqarolar istak va manfaatlarini demokratik institutlar vositasida davlat vazifasi darajasiga koʻtarish amaliyotiga erishishdir. Siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining institutlaridan biri sifatida Mazkur maqsadga erishishda muhim oʻrin tutadi. Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida yoshlar qatlami ishtirokini ta’minlashda va ularning manfaatlarini himoyalashda ham siyosiy partiyalarning ta’siri kuchayib bormoqda. Yoshlarning ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini davlat organlari va turli nodavlat notijorat tashkilotlar vositasida himoyalash, mavjud muammolarini hal etish mumkin, lekin siyosiy partiyalarning ishtirokisiz yoshlarning siyosiy manfaatlarini himoyalash qiyin.
YOSHLAR MUAMMOLARINI HAL QILISHDA PARTIYALARNING ISHTIROKI
Partiyalarning yoshlar qatlamiga munosabatida umumiy jihatlar boʻlgani holda, dasturlarida ularning oʻz siyosiy platformalariga xos maqsad va vazifalar ham belgilanganligini qayd etish lozim. Misol uchun, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi (OʻzLiDeP) yoshlarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik koʻnikmalarini shakllantirishni, yosh tadbirkor va fermerlarga shart-sharoit yaratib berishni asosiy vazifalaridan deb biladi. Bu vazifa partiyaning mulkdorlar qatlamiga tayanishidan kelib chiqqani tabiiy holdir. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Dasturida yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Dasturida yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Dasturida esa ijtimoiy adolat, yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash vazifalariga e’tibor qaratiladi. Mazkur vazifalar qoʻyilishidan ham partiyalarning oʻziga xos siyosiy platformalari, Dasturiy maqsad va yoʻnalishlari mavjudligini bilish mumkin. Siyosiy partiyalar ayni vaqtda yoshlarga oid oʻz siyosatini “Yoshlar qanoti”, “Yoshlar kengashi” kabi tuzilmalar, klublar vositasida amalga oshirib kelmoqda. “Yoshlar qanoti” atamasi ilk bor Oʻzbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (OʻzFMDP) tomonidan 1998-yilda ilgari surilgan. tashkil etilgan kezlari OʻzFMDP oʻzini “yoshlar partiyasi” deb e’lon qilganligini ham aytib oʻtish lozim.
Oʻzbekistonda siyosiy partiyalarning umumiy a’zolari va yoshlar soni koʻrsatgichi
Ma’lumotlarga tayanadigan boʻlsak, mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar safida yoshlar salmogi yildan-yilga ortib borayotgani yaqqol koʻrinadi. Taqqoslash uchun bir misol: yoshlar 2004-yilda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolarining 25 foizini, 2006 yilda 40 foizini tashkil etgan boʻlsa, 2013-yil holatiga koʻra bu koʻrsatkich 48, foizga yetdi. Yoki 2004-yilda OʻzLiDeP a’zolari orasida 10 ming nafar yosh a’zo boʻlgan boʻlsa, hozirda mazkur partiyaga 80 ming nafar yigit-qiz a’zodir. Hozirda Oʻzbekiston siyosiy partiyalari umumiy a’zolarining kesimida yoshlar oʻrtacha 40 foizni tashkil etmoqda. Jumladan, 2013-yil holatiga koʻra, OʻzXDP tarkibida 118 500 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tarkibida 32 ming, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tarkibida esa 82 ming nafar yosh a’zolar bor. Siyosiy partiyalar yoshlar tuzilmalari oʻrtasida ham sogʻlom raqobat, oʻzaro gʻoyaviy kurash muhiti shakllanib bormoqda. Ularning yoshlarga oid yoʻnalishlari reallashib, yoshlarga oid siyosatining maqsad-vazifalari ham amaliy xarakter kasb etib bormoqda. Bu, ayniqsa, OʻzLiDeP va OʻzXDP yoshlar tuzilmalari faoliyatida yaqqolroq koʻrinadi.
Siyosiy partiyalar nomi
|
Umumiy a’zolar soni
|
Shundan yoshlar soni
|
Foiz %
|
OʻzXDP
|
384 500
|
118 500
|
30%
|
OʻzLiDEP
|
180 000
|
80 000
|
48%
|
Adolat SDP
|
100 000
|
32 000
|
32%
|
Milliy TDP
|
161 000
|
82 000
|
51%
| FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI YOSHLAR HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH YO’LIDA
Ijtimoiy-siyosiy institutlar oʻz faoliyati doirasida yoshlarga oid juda koʻp hayrli ishlarni amalga oshirayotganiga bugun barchamiz guvohmiz. Ular yoshlarni nafaqat ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini balki, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda ham qoʻllab kelmoqda. Ularning ma’naviyatini shakllantirishga ulkan hissa qoʻshib kelmoqda
“Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning oʻz salohiyatlarini roʻyobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga koʻmaklashmoqda “Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning oʻz salohiyatlarini roʻyobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga koʻmaklashmoqda
Xulosa qilib aytish mumkinki, jamiyat fuqarolarining ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishda, nodavlat notijorat tashkilotlarining ahamiyati katta. Har bir nodavlat notijorat tashkilotlar yoki ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyati kelajak avlod kamolotiga ta’sir etuvchi muhim omillaridan biri boʻlib hisoblanadi. Jamiyatning ma’naviy salohiyati va davlat taraqqiyoti va farovonligiga oʻz hissasini qoʻshayotgan bu tashkilot va institutlarning kun sayin ortib borayotgani quvonarli hol, albatta. Lekin, shunga qaramay yoshlar ma’naviyatiga oid yuzaga kelayotgan muammolar ham yoʻq emas. Bu narsaga koʻz yumib ham boʻlmaydi. Chunki, birgina e’tiborsizlik, keyinchalik koʻpchilllikka tarqalishi va oxir-oqibat salbiy holatlarga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun, ijtimoiy-siyosiy institutlardan yanada ogohlik talab etiladi
.
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Utemuratov M.A “FUQAROLIK JAMIYATI.O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI AMALIYOTI “ fanidan o’quv-uslubiy majmua Toshkent.2019
Internet saytlari:
- www.Wikipedia.org
- www.lex.uz
- www.arxiv.uz
- www. uzbekistonovozi.uz
- www.uza.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |