Bog'liq Referat fakultet kompyuter injeneringi Fan Elektronika va sxem
4. O‘tkinchi jarayonlarni hisoblash usullarining xususiyatlari Elektr zanjirlardagi o‘tkinchi jarayonlarni hisoblash uchun klassik,
operator, chastotaviy va Dyuamel integrali usullaridan foydalaniladi.
Klassik usulning mohiyati - tok va kuchlanishlar oniy qiymatlari uchun
Kirxgof birinchi va ikkinchi qonunlari asosida tuzilgan differensial
tenglamalarni yechishdan iborat. Masalani yechish xarakteristik tenglamalar
ildizlarini, o‘tkinchi jarayon erkin va turg‘un tashkil etuvchilarini, integrallash
doimiylarini va nihoyat o‘tkinchi tok va kuchlanishlarni aniqlashdan iborat.
Klassik usulning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, yechimda real
vaqtdagi real kattaliklardan foydalaniladi. Hisoblash natijalari odatda grafiklar
bilan tasvirlanadi, lekin bu hisoblashlar murakkab va ko‘p vaqt talab qilganligi
sababli ko‘pincha hisoblash texnikasi qo‘llashni talab etadi.
Operator usulida original deb nomlanadigan vaqtning real funksiyasi
uning kompleks tekislikdagi tasviri bilan almashtiriladi. Bunday almashtirish
Laplasning to‘g‘ri o‘zgartirish funksiyasi yordamida matematik yo‘l bilan
bajariladi. Bunda tasvir vaqt funksiyasi emas, kompleks o‘zgaruvchi funksiya
bo‘ladi. Uni grafik usulda tasvirlab bo‘lmaydi. Lekin klassik usulga nisbatan
bo‘lgan bu kamchilik vaqt bo‘yicha differensiallash va integrallash
operatsiyalarini ko‘paytirish va bo‘lish kabi algebraik operatsiyalar bilan
almashtirish afzalligi bilan kompensatsiyalanadi. Algebraik tenglamalar
sistemasini yechish natijasida izlanayotgan funksiyaning tasviri topiladi va
uning originaliga o‘tiladi. Bu usulda integrallash doimiylarini alohida hisoblab
topishga ehtiyoj qolmaydi. Ushbu afzalliklari sababli operator usuli
muhandislik amaliyotida keng qo‘llanadi.
Chastotaviy usul operator usulga juda o‘xshash. Farqi shundaki, taqribiy
hisoblashlarda zanjirning kirish qarshiliklari yoki o‘tkazuvchanliklarining
eksperimental xarakteristikalaridan foydalanish mumkin. Bu usul chiziqli
avtomatik rostlash sistemalarining analizi va sintezida, xususan, sistemadagi
o‘tkinchi jarayonlar sifatini baholashda keng foydalaniladi.
Dyuamel integrali usuli passiv ikkiqutblikning kirish qismiga berilayotgan
kuchlanish vaqtga nisbatan murakkab qonun bilan o‘zgarayotganda
qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, o‘tkinchi jarayonlarni hisoblash uchun o‘zgaruvchan
holat usuli, avtomatikada keng qo‘llanadigan trapesiya ko‘rinishidagi
chastotaviy xarakteristika usuli va boshqa usullar mavjud.
Xulosa. Kompyuterlarning avvalgi chiqqan avlodlarini so`nggi chiqayotgan avlodlarini solishtiradigan bo`lsak yer bilan osmonchalik farq borligiga amin bo`lamiz. Ilk chiqqan kompyuterlarning ko`rinishi juda katta bo`lgan. Kompyuterni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan xona zarur bo`lgan. Avloddan avlodga kompyuterlar ko`rinishi ixchamlashib boravergan. Yildan yilga kompyuterlar uchun qo`shimcha qurilmalar soni ko`payib boravergan.
Xozirgi kun shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalarini turli xillari mavjud. Nafaqat xillari balki ularning bajaradigan jarayonlari jihatdan xam kuchli. Berilgan vazifalarni juda tez bajarishi bilan xam ajralib turadi. Ko`rinishi jihatdan ham ixcham turlari mavjud. Xatto kompyuterning qo`shimcha qurilmalarining ko`pligidan odam xayratlanadi. Kompyuterdan foydalanayotgan foydalanuvchi o`z ish yoki uyidan tashqariga yoki biror joyga borishiga xojat xam yo`q. foydalanuvchi o`ziga kerak bo`lgan fayl yoki biror rasmni yoki boshqa zarur narsalarni maxsus qurilmalari bo`lsa shular yordamida bajarishi mumkin. Zarur bo`lgan narsalar yoki buyumlar xaqida ma’lumotlarni bemalol uyidan yoki ish joyidan olishi mumkin. Buning uchun faqat internet tarmog`iga ulansa bo`lgani.
Shaxsiy kompyuterlar va ularning qo`shimcha qurilmalari biz kabi oliy o`quv yurt talabalar, maktab o`quvchilari, litsey va kollej talabari va o`qituvchilari uchun bir qancha imkoniyatlar yaratmoqda.