Referat Bajardi: sirtqi bo‘lim guruhi talabasi (F. I. Sh.)


II BOB.    MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR HARAKAT



Download 146,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana01.01.2022
Hajmi146,07 Kb.
#284027
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
РЕФЕРАТ MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI SHAROITIDA BOLALAR HARAKAT POTENTSIALINI RIVOJLANTIRISH

II BOB.    MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR HARAKAT 

POTENTSIALINI MAQSADLI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda psixik jarayonlarning rivojlanish 

xususiyatlari

Insonni  ontogezda  kompleks  o’rganish  muammosini  ilgari  surgan  olimlar 

psixik  va  motor  rivojlanishning  o’zaro  bog’liqligi  masalasiga  katta  ahamiyat 

beradilar.

Psixik  va  salomatlik  xususiyatlari  biriligini  ko’agina  mutaxassislar  qayd 

etgan edilar  va boshqalar.

Harakatlar  barcha  psixik  faoliyatlarga  beistisno  samarali  ta’sir  ko’rsatishi 

ko’pdan  beri  ma’lum.  A.S.Vo’gotskiy    tadqiqotlarida  bolalardagi  harakat  faolligi 

xususiyatlari  bilan  idrok,  xotira,  tafakkur  va  hissiyotlarning  namoyon  bo’lishi 

orasida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik tasdiqlangan.

Ilk  go’daklik  chog’idayoq  bola  atrofidagi  narsalarning  xossalarini  ajratib, 

ular  orasidagi  eng  oddiy  bog’liqlarni  ilg’ay  boshlaydi  va  ulardan  o’z  faoliyatida 

foydalanishga  urinadi.  Ilk  go’daklikda    aqliy  rivojlanishning  asrosini  bolada 

shakllanayotgan  idrok  hamda  tafakkur  faoliyatlarining  yangi  turlari  tashkil  etadi. 

Idrok bu bosh miya pustlog’ida inson analizatorlariga ta’sir ko’rsatuvchi narsa va 

hodisalarning  aksidir.  Narsaning  murakkab  ob’ekt  sifatida  idrok  etilishi 

pustloqning analiz-sintez faoliyatini talab qiladi.

Maktabgacha  davrda  bola  idrokining  rivojlanish  jarayoni  A.Venger 

tomonidan  batafsil  tadqiq  etilib,  bayon  qilingan.  3  yoshdan  7  yoshgacha  bolada 

sermahsul  konstruktorlik  va  badiiy  faoliyat  ta’sirida  perspektiv  analiz-sintez 

faoliyatining  murakkab  ko’rinishlari  yuzaga  keladi,  xususan,  ko’rib  turgan 

predmetini amalda qismlarga bo’lib, keyin yana yaxlit predmetga birlashtirishdan 

avval bunday operatsiyalarni hayolan bajarish qobiliyati paydo bo’ladi.

Idrok  sezgilar  yig’indisiga  asoslangan  bo’lib,  predmet  yoki  fizik 

hodisalarning  sezgi  a’zolariga  bevosita  ta’sir  ko’rsatishi  natijasidagina  paydo 

bo’ladi. Ikkinchi tomondan, idrok – bu ongdagi in’ikos, ko’rilgan, eshitilgan yoki 




15

his  etilganlarni  anglash  demakdir.  SHuning  uchun  idrok  aqliy  bilimning  ham 

boshlanishidir.

Idrokning bosh vazifasi – tashqi dunyodan va o’zi to’g’risidagi axborotlarni 

olish.  Ushbu  axborot  quyidagi  maqsadlarda  qo’llaniladi:  makonda,  vaziyatda 

mo’ljal olish; harakatlarning bajarilishini nazorat qilish;  o’z ahvoli, hissiyotlarini 

baholash;  yangi ma’lumotlarni qo’lga kiritish.

Idrok  jarayonini  o’rganar  ekanlar,  L.A.Venger,  A.V.Zaporojets  shuni 

aniqladilarki,  idrokning  boshqa  psixik  jarayonlar  kabi  muhim  xossasi  uning 

motivatsion  jihatidir.  Bolada  ko’z  yuritilayotgan  yoki  mashg’ulotlarda  namoyish 

etilayotgan  narsaning  bor  yoki  yo’qligiga  qarab  idrok  natijalari  (  uning  tezligi, 

obrazlar  aniqligi,  belgilarning  to’la  aks  etishi  va  hokazo)  kabi  istak  hamda 

ko’nikish turlicha bo’lishi mumkin. Idrok jarayonlarining boshqaruvchilaridan biri 

ongning  yo’naltirilganligiga  (  ko’rsatma)  bo’lib,  uni  materialni  idrok  etishga 

tayyorgarlik deb tushunish mumkin.

Idrok  etish  uchun  ko’rsatmani  shakllantirishning  yaxshi  vositasi  og’zaki 

yo’l-yo’riqdir.  SHuning  uchun  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  o’rgatish  va 

tarbiyaga  bog’liq  barcha  dasturlarning  tuzuvchilari  ko’rgazmali  qurollarni 

namoyish etish vaqtida tarbiyachilarga bolalarning diqqatini eng muhim jihatlarga 

jalb qilishni maslahat beradilar.

V.S.Muxina,  B.D.Elkonin  fikricha,  tashkil  etilgan  idrokning  muhim  sharti 

kuzatish  malakasini  shakllantirishdir.  Kuzatish  –  ob’ektlarni  ularni  bilish  uchun 

maqsadli,  rejali  idrok  etish  jarayoni  bo’lib,    erkin  diqqatni  tashkil  etish  bilan 

bog’liq.


Kuzatish  bolalarning  oldiga  vazifa  qo’yish  bilan  boshlanadi.  Kuzatishning 

vazifalari asosida uni amalga oshirish rejasi tuziladi. Bu kuzatishning ko’r-ko’rona, 

tasodifiy (bunda bolalar u yoki bu mashqni bajarishda muhim tomonlarga ahamiyat 

bermasliklari  mumkin),  o’tkazilishiga  yo’l  qo’ymaslik  imkonini  beradi.  Idrok 

maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  bilish  faoliyatini  rivojlantirishda  markaziy 

o’rinni egallab, yetakchi funktsiya hisoblanadi.

Ilk  go’daklik  davridayoq  bolada  fikrlash  jarayonining  nishonalari  deb 



16

hisoblash mumkin bo’lgan harakatlar birinchi bor ko’zga tashlanadi – u maqsadga 

yetish  uchun  narsalar  orasidagi  aloqadorlikdan  foydalanadi.  Narsalar  orasidagi 

aloqadorlikka  asoslangan  holda  bola  keyinchalik  bunday  aloqalarni  yangi 

sharoitlarda yangi vazifalarni hal etish paytida kashf qila boshlaydi. Maktabgacha 

yoshdagi bolalar uchun tafakkurning uch asosiy turi xos:

-  ko’rgazmali  ta’sir  etuvchi,  tashqi  mo’ljal  olish  harakatlari  yordamida 

amalga  oshiriladi.  Tashqi  mo’ljal  olish  harakatlari  ichki,  psixik  harakatlarning 

hosil bo’lishi uchun tayanch nuqta bo’lib hizmat qiladi;

-  ko’rgazmali-obrazli:  bunda  vazifaning  hal  etilishi  obrazlari  bilan  ichki 

harakatlar natijasida amalga oshadi;

- og’zaki-mantiqiy (mavhum-mantiqiy): mavhum tushuncha va mulohazalar 

orqali  muolaja  yuritish  bilan  tavsiflanadi.  Bu,  odatda,  fikrlash  vazifasi  og’zaki 

(vebral)  shaklda,  muayyan  shaklda  ifodalab  bo’lmaydigan  mavhum 

tushunchalardan  foydalanib  hal  qilinadi.Bolaning  psixik  rivojlanishidagi  eng 

muhim  masala,  bir  tomondan  tafakkurning  nutqqa  munosabati  bo’lsa,  ikkinchi 

tomondan,  uning amaliy harakatlarga munosabatidir.

Frantsuz  psixologi  J.Piaje  fikricha,  tafakkur  nutq  bilan  bevosita  bog’liq 

bo’lib, izchil tarzda bir qator bosqichlardan o’tadi. Dastlab sensomotor muolajalar, 

ya’ni muayyan sezgilar yordamida qabul qilinadigan material: har xil shakl, hajm, 

turli turdagi narsalar, predmetlar bilan harakatlar boradi. Tafakkur rivojlanishining 

bu  bosqichi  nutqsiz  kechadi.  Aniq  muolaja  tuzilmalari  bosqichi  boshlanadi.  Bola 

muayyan  narsalarning  obrazlari  va  ayrim  til  belgilari  (  so’zlar)    yordamida 

fikralaydi.  Faqat  uchinchi  bosqichda  mantiqiy  munosabatlar,  nisbiy  tushunchalar 

va umumlashtirishlar vositasida muolaja qilish yo’lga qo’yiladi.

P.Ya.Galperin  ishlab  chiqqan  bola  intellektini  shakllantirish  nazariyasida 

tashqi faoliyatlarni interiorizatsiya qilishning asosiy bosqichlari ajratib ko’rsatilgan 

bo’lib, ularni oldindan kiritilgan sifatlar bilan ichki faoliyatga imkon qadar to’la va 

samarali  o’tkazishni  ta’minlovchi  shart-sharoitlar  belgilangan.  Bu  nazariyaga 

ko’ra,  to’laqonli  faoliyat,  ya’ni  birmuncha  yuqoriroq  aqliy  darajadagi  faoliyat 

xuddi  shu  faoliyatni  bajarishning  avvalgi  shakllariga,  pirovard  natijada  uning 



17

dastlabki,  badiiy,  ko’rgazmali-ta’sirchan,  eng  to’la  kengaytirilgan  shakliga 

tayanmay  paydo  bo’la  olmaydi.  Faoliyat  ichkiga  aylanish  vaqtida  o’zgaradigan 

to’rtta  o’lcham  aniqlangan  (bajarish  darajasi,  umumlashtirish  o’lchovi,  taktik 

bajarilgan muolajalarning to’laligi, o’zlashtirish o’lchovi).

N.N.Poddyakov  ikriga  qaraganda,  maktabgacha  davrda  tafakkur 

rivojlanishining  quyidagi  bosh  yo’nalishlarini  ajratib  ko’rsatish  mumkin: 

rivojlanayotgan  tasavvur  zaminida  ko’rgazmali-ta’sirchan  tafakkurning  yanada 

takomillashuvi, erkin va bilvosita xotira asosida ko’rgazmali-obrazli tafakkurning 

yaxshilanishi,  nutqdan  aqliy  vazifalar  qo’yish  va  hal  etish  vositasi  sifatida 

foydalanish  yo’li  bilan  og’zaki-mantiqiy  tafakkurning  faol  shakllana  boshlashi. 

Maktabgacha  bo’lgan  davr  so’ngida  bolada  rivojlana  boshlaydigan  og’zaki-

mantiqiy tafakkur endi so’zlar bilan muolaja qilish hamda mulohazalar mantig’ini 

tushunish  malakasini  ko’zda  tutadi.  Vazifalarni  yechishda  mulohazalarni  qo’llash 

qobiliyatini  maktabgacha  davr  o’rtalarida  ko’rish  mumkin,  lekin  u  J.Piaje 

tomonidan  tasvirlab  berilgan  egotsentrik  nutq  fenomenida  juda  yorqin  namoyon 

bo’ladi.  J.Piaje  kashf  etgan  va  shu  yoshdagi  bolalarga  taalluqli  bo’lgan  boshqa 

hodisa  –  bolalarning,  masalan,  predmetlar  o’lchami  va  miqdorini  taqqoslashdagi 

mulohazalarga  xos  mantiqsizlik  shundan  dalolat  beradiki,  hatto  maktabgacha 

davrning  oxiriga  kelib,  ya’ni  6  yoshda  ham  ko’pchilik  bolalar  mutlaqo  mantiqiy 

fikrlay olmaydilar.

Bolalarda  og’zaki-mantiqiy  tifakkurni  rivojlantirish  2  bosqichda  boradi. 

Ularning  birinchisida  bola  narsa  va  harakatlarga  doir  so’zlarning  ma’nosini 

o’zlashtiradi,  masalalarni  hal  etishda  ulardan  foydalanishga  o’rganadi,  ikkinchi 

bosqichda  u  munosabatlarni  ifodalovchi  tushunchalar  tizimini  bilib  oladi, 

mulohazalarning mantiqiyligi qoidalarini o’zlashtiradi. Bu so’ngi jarayon, odatda, 

maktab ta’limining boshiga tegishlidir.  

N.N.Poddyakov    maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  mantiqiy  fikrlashga  xos 

bo’lgan  harakatlarning  ichki  rejasi  shakllanishi  jarayonini  o’rganar  ekan,  uning 

kichik yoshdan katta yoshgacha rivojlanishiga oid quyidagi bosqichlarni ko’rsatda: 

- bolaning masalalarni hal etish jarayoniga endi nutq ham qo’shilgan, lekin u 



18

nutqdan  faqat  o’zi  ko’rgazmali-ta’sirchanlik  jihatdan  qo’llaydigan  predmetlarni 

nomlash uchun foydalanadi;

-  masala  obrazli    nuqtai  nazaridan  tasavvur  orqali  muolaja  qilish  bilan  hal 

etiladi.  Bu  yerda  ehtimol,  qo’yilgan  vazifaning  yechimini  topish  maqsadida 

vaziyatni  o’zgartirishga  yo’naltirilgan  harakatlarni  bajarish  yo’llari  anglanadi  va 

og’zaki tarzda belgilab berilishi mumkin. Ayni vaqtda o’zida harakatning pirovard 

(nazariy)  va  oraliq  (amaliy)  maqsadlari    ichki  tomnida  tabaqalanish 

(differentsiatsiya)  yuz  beradi.  Real  amaliy  harakatdagi  hali  ajralmagan,  lekin 

vaziyatni  yoki  shartli  vazifani  o’zgartirish  yo’lini  nazariy  aniqlashtirishga 

yo’naltirilgan ovoz chiqarib mulohaza yuritishning eng sodda shakli paydo bo’ladi;

-  masala  bola  tomonidan  avvaldan  tuzilgan,  o’ylab  chiqilgan  va  fikran 

tasavvur  qilingan  reja  bo’yicha  hal  qilinadi,  Uning  asosida  xotira  va  shunga 

o’xshash  masalalarni  hal  etishga  ilgarigi  urinishlar  jarayonida  to’plangan  tajriba 

yotadi;

-  masala  miyada  harakatlar  rejasida  hal  etilib,  xuddi  shu  masala  miyada 

topilgan javobni mustahkamlash va keyinroq uni so’zlar yordamida shakllantirish 

maqsadida ko’rgazmali-ta’sirchan yo’l bilan bajariladi;

-  masalaning  yechimi  faqat  ichki  tomondan,  tayyor  og’zaki  qarorni 

chiqargan  holda  predmetlar  bilan  real  amaliy  harakatlarga  keyingi  murojaatsiz 

amalga oshiriladi.

Uning o’zi ilk bolalik chog’ida tafakkur vositalari yordamidagi harakatlarni 

o’zlashtirish hamda amaliy masalalarni yechish jarayonida, ko’rgazmali vaziyatda 

to’g’ridan-to’g’ri  berilmagan  predmetlar  orasidagi  munosabatlarni  o’rnatish  zarur 

bo’lganida rivojlanishini aniqladi. Maktabgacha bolalik davri mobaynida tafakkur 

genezisi  ikki  yo’nalishda  boradi:    tafakkur  shakllari  hamda  fikrlash  muolajalari 

rivojlanadi.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  tafakkurning  obrazli  shakllari 

(ko’rgazmali-ta’sirchan va ko’rgazmali-obrazli) ustunligi xos.

Bu  vaqtda  intellektning  obrazlikka  asolangan  poydevori  shakllanadi,  Ayni 

paytda tushunish tafakkuri ham rivojlana boshlaydi. Muayyan tafakkur shaklining 

ustunligi  ulardan  har  birining  ichidagi  fikrlash  muolajalari  qanday 



19

shakllanganligiga, shuningdek, hal etilishi kerak bo’lgan masalaning xususiyatiga 

bog’liq.  Tafakkurning  obrazli  shakllari  rivojlanishida,  tasavvur  tizimining  ayrim 

obrazlari shakllanishi va takomillashishi, obrazlar bilan turli muolajalar olib borish 

malakasi, ob’ektni har xil holatlarda tasavvur qilish jiddiy ahamiyatga ega. 

N.N.Poddyakovning  ta’kidlashiga  ko’ra,  maktabgacha  yoshdagi  bola 

faoliyatining 

barcha 


turlarida 

umumlashtirish, 

tasniflash, 

sabab-natija 

aloqadorliklarini  belgilash,  o’zaro  munosabatdoshlikni  tushunish,  mulohaza 

yuritish  qobiliyati  kabi  fikrlash  muolajalari  rivojlanadi.  Masalan,  bola  gap,  matn, 

suratning  asoaiy  ma’nosini  tushuna  oladi,  umumiy  belgisiga  qarab  bir  necha 

suratlarni birlashtiradi, jiddiy belgisiga qarab suratlarni guruhlarga ajratadi.

Diqqat  bolaning  psixik  rivojlanishini  baholashda  muhim  ko’rsatkichlardan 

biridir.  Maktabgacha  davrda  diqqat  qator  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo’lib,  

ularni  bilish  va  hisobga  olish  bolaning  mkatabda  o’qish  tayyorligini  psixologik 

tashxislash  nuqtai  nazaridan  ham,  ta’lim  va  tarbiyaning  eng  maqbul  sharoitlarini 

tashkil etishda ham juda muhim.

Psixik  faoliyatning  mavjud  dunyodagi  muayyan  predmetlar  va  hodisalarga 

boshqa  hamma  narsani  e’tibordan  soqit  qilgan  holda  yo’naltirilishi  diqqat  deb 

ataladi. Bosh miya pustlog’ida sodir bo’ladigan asab jarayonlari – tormozlanish va 

qo’zg’alishning o’zaro ta’siri mexanizmi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi.

Diqqat  barcha  psixik  jarayonlar  kechishining  eng  muhim  sharoitidir.  Zarur 

irodaviy  zo’riqishlarning  maqsadga  yo’nalganligi  hamda  darajasiga  qarab  diqqat 

g’ayri-ixtiyoriy hamda ixtiyoriy bo’ladi.

Diqqat uch turga ajratiladi:

-  g’ayri-ixtiyoriy  diqqat  –  bunda    diqqat  oldinga  muayyan  maqsad 

qo’ymagan holda kechadi;

-  ixtiyoriy  diqqat  –  ongli  ravishda  oldinga  qo’yilgan  maqsad  natijasida 

kechadi;

-  ixtiyoriydan  keyingi  diqqat  –  bu  ixtiyoriy,  erkin  diqqatdan  keyin  yuz 

beradigan  diqqat.  Maqsad  bor,  maqsaddan  keyin  diqqat  jamlanadi,  hohish  paydo 

bo’ladi.



20

Diqqatning ko’rib chiqilgan turlari o’zaro bog’liq bo’lib, bir-biridan ajralgan 

holda  namoyon  bo’lmaydi.  SHuning  uchun  ko’pincha  diqqatning  ixtiyoriy  yoki 

g’ayri-ihtiyoriy  –  tarkibiy  qismining  ustuvorligi  haqida  so’z  yuritishga  to’g’ri 

keladi.

Bolalar psixologiyasi va umumiy psixologiya bo’yicha darslikning muallifi 

diqqatning quyidagi asosiy xususiyatlarini ajratib ko’rsatadi: hajmi, taqsimlanishi, 

jamlanishi, turg’unligi, teranligi va ko’chishi.

P.Ya.Galperin diqqatning yangi o’ziga xos nazariy talqinini taklif etdi.

Uning fikricha, diqqat – yo’naltirilgan tadqiqot faoliyatining momentlaridan 

biri, inson psixikasida ayni paytda mavjud bo’lgan obraz, fikr boshqa fenomenini 

saqlashga  qaratilgan  psixologik  harakat  bo’lib,  butun  funktsiya  bo’ylab  inson 

faoliyati mazmunini  nazorat qilishdan iborat.

Pirovardida diqqatni muntazam ravishda mashq qildirish natijasida bolalarda 

diqqat  har  qanday  sharoitda,  har  doim  namoyish  qiladigan  shaxsiy  xususiyat 

sifatida  rivojlantirilishi  kerak.  Diqqatlilik    esa  bolalarda  ongli  intizomlilikning 

namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratadi.

Faoliyatsizlik holatida diqqat ko’zga tashlanmas ekan uni rivojlantirishning 

bitta vositasi bor – faoliyat.

L.S.Vo’gotskiy  ta’kidlaydiki,  oldindan  maqsad  qilingan  diqqatning 

xususiyatlari, yuqorida aytilganidaek,  irodaviy zo’riqishlarning xususiyatlarini aks 

ettirsa, irodaning rivojlantirilishi diqqatning rivojlantirilishi bo’ladi. 




Download 146,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish