Andijon davlat universiteti
Axborot texnalogiyalar fakulteti
Abdusamadov Asilbekning psixalogiya
fanidan word documenti
Mavzu: ontogenetik bosqichlarida insonning psixik rivojlanish
Ontogenez (yun. ontos — borliq va ...genez) — organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan ketma-ket oʻzgarishlar majmui. "O." terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) fanga kiritgan. O. urugʻlangan tuxum hujayra, yaʼni zigotadan boshlanadi. Jinssiz koʻpayadigan orga-nizmlarda yangi organizm ona hujay-raning boʻlinishidan (bir hujayralilarda), kurtaklanishdan yoki tugunak, ildizpoya va boshqa vegetativ organlardan (vegetativ koʻpayishda) vujudga keladi. O. organizmning xususiy rivojlanishi davomida roʻy beradigan barcha morfologik, fiziologik va funksional jarayonlarni qamrab oladigan, oʻzaro uzviy bogʻlangan miqdor va si-fat oʻzgarishlari orqali amalga oshadi. O. ketma-ket keladigan bosqichlar rivojlanish davrlaridan iborat. Jinsiy koʻpayadigan organizmlarda bu bos-qichlar murtak (embrional), murtakdan keyingi, yaʼni postembrional va ba-logʻatga yetish davrlarini oʻz ichiga oladi. O. davomida rivojlanayotgan organizmning alohida qismlari oʻsadi, ixtisoslashadi va oʻzaro muvofiklashadi. 18-asrda O.ni tushuntirishda ikki konsepsiya kurash olib bordi. Ulardan biri — preformizm O.ni individual oʻsishdan iborat deb tushuntirsa, ikkinchisi — epigenez esa uni struk-turasiz murtakdan boshlanadigan yangi hosilaning rivojlanish jarayoni si-fatida tushuntiradi. Zamonaviy tushunchalarga binoan, O. boshlanayotgan hujayrada irsiy axborot kodi holatida organizmning bundan keyingi rivojlanishi programmasi joylashgan. O. davomida bu programma yadro bilan sitoplazmaning oʻzaro taʼsiri jarayonida murtakning har bir hujayrasida, uning har xil hujayralari va hujayra komplekslari oʻrtasida amalga oshadi. Irsiy apparat maxsus oqsil molekulalarining sintezini kodlash orqali morfogenetik jarayonlarning umumiy yoʻnalishini belgilab beradi. Bu jarayonlarning amalga oshishi ozmi-koʻpmi (irsiy belgilangan reaksiya normasi chegarasida) tashqi muhit taʼsiri bilan bogʻliq.
Hayvonlarda O. jarayonlarini boshqarishda nerv va endokrin sistemasi muhim ahamiyatga ega. O. jinsiy koʻpayadigan koʻp hujayrali hayvonlarda, ayniqsa, murakkab sodir boʻladi. Ular ontogenezida O.ning murtakkacha (proembrional), murtak (embrional), murtakdan keyingi (postembrional), voyaga yetgan davrlari boʻladi. Proembrional davr jinsiy hujayralarning yetilishi (gametogenez) va urugʻlanish davrini; embrional davr embrionning tuxumdan yoki embrion pardadan chiqqungacha, postembrional davr jinsiy voyaga yetgunga oʻtgan davrni, voyaga yetgan davr esa organizmning yetuklik va keksaygan holatini oʻz ichiga oladi. Hayvonlarda O.ning 3 tipi maʼlum: 1) lichinkalik — tuxum poʻstidan ancha erta chiqqandan soʻng organizm lichinka holida xayot kechiradi, lichinka davri oxirida esa metamorfoz yuz beradi; 2) tuxum qoʻyuvchi — murtak uzok, vaqt tuxum ichida rivojlanadi, lichinka davri boʻlmaydi; 3) ona qornida urugʻlangan tuxum — tuxum yoʻlida rivojlanadi, bunday holatda baʼzan murtak bilan ona organizm oʻrtasida yoʻldosh orqali bogʻlanish yuz beradi. Anʼanaviy ravishda O.ni embriologiya oʻrganar edi.
Psixik rivojlanish:
Psixik rivojlanish va bu o’zgarishlarga sabab bo’ladigan kuchlar o’rtasidagi munosabat qonunlarini o’rganish - yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim va dolzarb muam’adlaridan biridir.Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o’quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan ta`sir ko’rsatishning zarur hartidir.
Inson - biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tug’ma ravishda tashkil topgan -xususiyatlari (masalan, ko’rish yoki eshitish sezgilarining, shuningdek, oliy nerv tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari), ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli sub`ekti va ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatada uning xulq-atvor (masalan, axloqiy odatlar) xususiyatlarida namoyon bo’ladi.Xo’sh, odam psixikasi va xatti-harakatlarida namoyon bo’ladigan bu xususiyatlarni nimalar sirasiga kiritish mumkin? Inson psixikasining tabiati biologikmi yoki inqilobiy xarakterga egami?Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillarning muammosi o’z mohiyati jihatidan goyaviy xarakterga ega. Shu bois, bu masalani hal qilishda bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan turli oqimlar, yo’nalishlar maydonga kelgan. Inson shaxsining tarkib topishini.tushuntirishda maydonga kelgan birinchi oqim biogenetk kontseptsiya, nazariya bo’lsa, ikkinchi oqim sotsiogenetik kontseptsiyadir.Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi biogenetik oqim XIX acrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan.Bola psixik xususiyatlarining tug’ma tabiati haqidagi ta`limot shu vaqtga qadar aksariyat psixologiya maktablarining asosini tashkil etib kelmoqda. Mazkur ta`limot inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik tuzilishiga tenglashtirilgandir, psixik rivojlanish esa, irsiy yo’l bilan azaldan belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu xususiyatlarning maromiga etilish jarayonidan iborat deb ta`kidlaydi, Ma`lumki, nasliy xususiyatlar tug’ma yo’l bilan nasldan naslga tayyor holda beriladi, biroq shunday bo’lishiga qaramay, bu oqim namoyandalari inson shaxsi va uning barcha xususiyatlari ichki qonunlar» asosida, ya`ni nasliy xususiyatlar negizida maydonga keladigan narsa, biologik omillarga bog’liqdir, deb ta`kidlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |