Referat Bajardi: sirtqi bo‘lim guruhi talabasi (F. I. Sh.)


Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash



Download 146,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana01.01.2022
Hajmi146,07 Kb.
#284027
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
РЕФЕРАТ MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI SHAROITIDA BOLALAR HARAKAT POTENTSIALINI RIVOJLANTIRISH

1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash 

xususiyatlari

Bolaga tug’ilganidayoq, uning qoniga alohida rivojlanishning irsiy dasturlari 

tomonidan joylashtirilgan jismoniy imkoniyatlarning tegishli yig’indisi ato etilgan 

bo’ladi.  Organlar,  organizm  tuzilialarining  biologik  yetilishi  davomida  shaxsiy 

imkoniyatlar rivojlanib, insonning har-xil jismoniy xususiyatlarini belgilaydi.

Ma’lumotlarga  ko’ra  so’ngi  25  yil  mobaynida  bolalarning  jismoniy 

rivojlanishida  qayd  etilgan  umumiy  ijobiy  yo’nalishlar  (gavdaning  barcha 

o’lchamlari  kattalashuvi)  fonida  ularning  harakat  tayyogarligida  sezilarsiz  o’sish 

ko’rsatiladi,  bir  qator  ko’rsatkichlar  esa  (tezkorlik,  tezlik-kuch)  imkoniyatlari 

ancha pasayadi.

SHunga  qaramay,  mutaxassislar    jismoniy  sifatlarni  maqsadli  tarbiyalash 

aynan maktabgacha davrda boshlanishi kerak deb hisoblaydilar.

Bolalar  va  o’smirlar  harakat  faolligi  sifat  jihatlarini  rivojlantirishning 

fiziologik omillari mushaklar hamda vegetativ organlar faoliyatining boshqarilishi 

takomillashtirishda  namoyon  bo’ladi.  Qisqa  muddatli,  tezkorlik  va  kuch 

harakatlarida  asab-mushak  tizimi  faoliyatini  yaxshilashga  ko’proq  ahamiyat 

beriladi.  Birmuncha  uzoq  muddatli  faoliyatda  harakat  funktsiyalarini 

takomillashtirish bilan birga vegetativ funktsiyalarni muvofiqlashtirish ham jiddiy 

ahamiyat kasb etadi.

Biroq  bolalar  va  o’smirlar  organizmining  kuch,  tezlik  va  chidamlilik 

ko’rsatkichlari 

yaxshilanishini 

belgilaydigan 

funktsiyalarning 

fiziologik 

boshqarilishini  yaxshilashda  eng  muhim  o’rinni  asab  tizimi,  ayniqsa,  mushak 

zo’riqishlarida 

organizmning 

funktsiyalari 

yaxshilanishini 

ta’minlovchi 

aloqalarning shakllanishi egallaydi.

Shunday  qilib,  bolalik  davrida  kuch,  tezlik  va  chidamlilikning  o’zaro 

bog’liqligiga  oid  turli-tuman  shakllarni  belgilovchi  fiziologik  mexanizmlar  ham 

xilma-xildir.

Shartli  reflektor  omillar  muhim  ahamiyatga  ega.  Mashg’ulotlar  davomida 

biror  yo’nalishdagi  kuch,  tezlik  yoki  chidamlilikni  rivojlantiruvchi  harakatlar 



10

uchun  markaziy  asab  tizimida  mushaklar  hamda  vegetativ  organlar  ishini 

dasturlashtirishning ma’lum shakllari yuzaga keladi.

Olimlar  fikricha  bola  hayotining  oltinchi  yili  kuchli,  jumladan,  tezlik-kuch 

qobiliyatlari  hamda  harakatlar  tezkorligini  tarbiyalashning  sensitiv  davri 

hisoblanadi

Olti yoshda mazkur sifatlarni shiddat bilan rivojlantirish qobiliyati saqlanib 

qoladi va  umumiy chidamlilikni tarbiyalash imkoniyatlari paydo bo’ladi.

Besh,  olti  yoshli  bolalarda  kuch,  chidamlilik,  egiluvchanlik,  makonda 

mo’ljal  olish  kabi  sifatlar  eng  kuchli  namoyon  bo’ladi,  asosan  o’g’il  bolalarda 

ushbu ko’rsatkichlar qizlarga nisbatan yuqoriroq.

Etti yoshda muntazam mashg’ulotlarda harakat koordinatsiyasi yetakchi sifat 

bo’lib  qoladi.  SHuningdek,  turli  koordinatsion  qobiliyatlarning  eng  jadal 

rivojlanish davri  to’rt, besh   yoshlar orasi ekanligi to’g’risidagi ma’lumotlar bor.

Bunda harakatlarni takrorlash, tabaqalashtirish hamda ularning o’lchamlarini 

olish qobiliyatlarining ko’rsatkichlari bo’yicha o’g’il va qiz bolalar orasidagi jinsiy 

tafovutlar  ahamiyatsiz,  ya’ni  jiddiy  emas.  Boshqa  ko’rsatkichlar  (  vaqt  tanqisligi 

sharoitida  harakat  faoliyatini  tez  o’zgartirish  qobiliyati,  makonda  mo’ljal  olish) 

bo’yicha etti yoshli o’g’il bolalar shu yoshli qizlardan o’zib keta boshlaydi. Biroq 

harakat  koordinatsiyasi  qobiliyatlarining  ko’pgina  ko’rsatkichlari  bo’yicha  o’g’il 

bolalarning yaqqol ustunligi faqat  13 – 14  yoshlarga kelib ko’zga tashlanadi.

Ba’zi tadqiqotlarda qo’lga kiritilgan ma’lumotlar maktabgacha bo’lgan davr 

turli jinsli bolalarda asosiy o’lchamlari bo’yicha harakatlar aniqligining noteks va 

har  xil  muddatli  rivojlanishi  bilan  tavsiflanishi  haqida  xulosa  chiqarish  imkonini 

beradi. Tajriba qizlarning besh va olti yoshlarda, o’g’il bolalarning esa yetti yoshga 

kelib  makonda  aniq  harakatlanishga  oid  topshiriqlarni  bajarishda  ustunroq 

ekanligini ko’rsatdi. Besh va olti yoshga o’tgan o’g’il bolalarda harakatning vaqt 

o’lchamini  takrorlash  aniqligi  qiz  bolalarnikiga  nisbatan  yuqoriroq,  yetti  yoshli 

o’g’il bolalar esa tengdosh qizlarga nisbatan topshiriqni yomonroq bajaradilar.

Qizlarning  barcha  yosh  guruhlarida  harakatlarning  dinamik  xususiyatini 

takrorlash aniqligi o’g’il bolalardagiga qaraganda yuqoriroq.



11

Maktabgacha  bo’lgan  davr  jismoniy  sifatlarning  rivojlanish  dinamikasiga 

xos  jinsiy  tafovutlarni  qayd  etar  ekanlar,  yechimlar  mazkur  tafovutlarning 

kattaliklari hamda ishonchliligi xususidagi savolga javob bermaydilar.

Ayrim tadqiqotchilar asosiy harakat sifatlarining rivojlanish darajasi bobida 

o’g’il bolalarning qizlarga nisbatan ustunligi haqida fikr yuritib, bolalarga jismoniy 

tarbiya jarayonida tabaqalashtirib yondashish zarurligini ta’kidlaydilar, boshqalari 

yetti  yoshgacha  o’g’il  bolalar  va  qizlarning  jismoniy  sifatlari  rivojlanish 

darajasidagi  farq  u  qadar  jiddiy  emas,  uni  jismoniy  tarbiya  vositalarini  tanlashda 

e’tiborga  olish  shart  emas,  deb  hisoblaydilar  va  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  

jismoniy  tarbiyasiga  ularning  jinsidan  kelib  chiqib  turlicha  yondashish  maqsadga 

muvofiqligini ko’rsatadilar.

Ko’pgina  mualliflar  maktabgacha  yoshdagi  bollarda  alohida  harakat 

sifatlarining namoyon bo’lishi darajasida muayyan ritm mavjudligini aniqlaganlar. 

Harakatlarning  eng  yuqori  darajadagi  muvofiqligi  kunduz  kuni  kuzatilgan. 

Mushaklarning  ishchanlik  qobiliyati  bahorda  orta  borib  iyunda  maksimal 

qiymatgacha  yetadi,  ayni  vaqtda  jismoniy  rivojlanish  sur’atlari  ham  tezlashadi. 

Bunday qonuniyat Rossiyaning barcha iqlimiy mintaqalari uchun xosdir.

Olimlar noqulay iqlim sharoitlari bolalarning jismoniy sifatlari rivojlanishiga 

salbiy  ta’sir  ko’rsatishini  qayd  etadilar.  Katta  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning 

alohida harkat qobiliyatlari rivojiga sensitiv davrlarni hisobga olgan holda e’tiborli 

ta’sir  ko’rsatishning  ulkan  imkoniyatlari  tajriba  yordamida  tasdiqlangan.  Bu 

qobiliyatlar shu yosh uchun yetakchi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan 

bo’lib, ular faqat darajani ko’tarishgagina imkon bermay, boshqalarning to’laqonli, 

har tomonlama shakllanishini ta’minlaydi.

Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda chidamlilikni tarbiyalashda jismoniy 

yuklamalarning  olti  yoshda  bir  tomondan  chidamlilik  bilan  jismoniy  ishchanlik 

qobiliyati orasida, ikkinchi tomondan tezkorlik, tezlik-kuch sifatlari va chaqqonlik 

orasida  bog’liqlik  hamda  o’zaro  bir-birini  taqozo  etish  munosabatlari  mavjud 

ekanligini,  ular  ko’p  hollarda  juda  ahamiyatli  ekanligini.  Buni  ehtimol,  alohida 

harakat  qobiliyatlarining  rivojlanishi  jarayonidagi  o’zaro  bog’likligi  asosida 



12

yotuvchi  turli  mashqlar  va  harakatlarni  bajarish  vaqtida  ro’y  beradigan  inson 

organizmidagi o’zgarishlar umumiyligi bilan tushuntirish mumkindir.

Yetti  yoshga  kelib  jismoniy  qobiliyatlarning  birgalikda  rivojlanishi  soni  va 

bog’liqlik  darajasining  kamayishiga  moyillik  tugatiladi.  Kuch,  tezkorlik, 

chidamlilik,  chaqqonlikni  faol  rivojlantirish  bu  davrda  jismoniy  tarbiya 

jarayonidagi eng muhim maqsadlardan biri, deb hisoblaydilar, chunki mazkur yosh 

davrida bolalar endi murakkab harakat faoliyatlarini bajara oladilar.

Asosiy  harakat  turlari  bo’yicha  ko’nikmalarning  shakllanish  yaxlitligi  va 

mustahkamligi eng aavvalo jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasiga bog’liqdir. 

SHuningdek,  jismoniy  tarbiya  bilan  shug’ullanmaydigan  maktabgacha  yoshdagi 

bolalarda  harakat  sifatlari  ko’rsatkichlariga  irsiy  ta’surotlar  o’lchami,  xuddi 

shunday tananing barcha o’lchamlari kattaliklariga (uzunligi va og’irligi) bo’lgani 

kabi yuqori darajadadir. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanib 

turuvchi  bolalar  orasida  o’sha  dastur  asosida  o’tkazilgan  tadqiqot  harakat 

sifatlarining namoyon bo’lishiga irsiy ta’surotlar darajasining pastligini ko’rsatdi.

Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  jismoniy  tarbiyasi  bo’yicha  turli 

adabiyotlarda bolalarning jismoniy va harakat tayyorgarligi jarayoni mazmuni bir 

xil talqin etilmaydi.

Masalan,  T.I.Osokinaning    darsliklarida  harakat  faoliyatlarini  shakllantirish 

bilan  birga  jismoniy  sifatlar:    chaqqonlik  (shu  jumladan,  harakat  koordinatsiyasi 

qobiliyatlari), umumiy chidamlilik, tezlik-kuch sifatlari, shuningdek, muvozanatni 

saqlash  qobiliyatini  rivojlantirish  zaruriyati  qayd  etiladi.  A.V.Keneman  va 

D.B.Xuxlaevaning  o’quv  qo’llanmasida  kuch,  chidamlilik,  egiluvchanlik, 

chaqqonlik,  tezkorlik  kabi  jismoniy  sifatlarni,  muvozanatni  saqlash  qobiliyatini 

alohida ajratgan holda rivojlantirish zarurati ustida so’z boradi.

hqayd  qilish  kerakki,  amaliyotchi  xodim  uchun  uslubiy  tavsiyalar, 

tadqiqotlarda  o’rnatilgan  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  asosiy  harakatlari 

shakllanishi  hamda  jismoniy  sifatlarning  rivojlanishiga  oid  yosh  xususiyatlariga 

asoslangan yetarli miqdordagi ilmiy-uslubiy adabiyotlar va dasturlar mavjud emas. 

Shunga  ko’ra  bizningcha,  jismoniy  tarbiyaning  asosiy  printsiplaridan  biri  – 



13

jismoniy  tarbiya  yo’nalishlarining  yoshga  adekvatligi  –  mazkur  jarayonning 

ustuvor  yo’nalishini  uning  turli  bosqichlarida  insonning  yoshga  muvofiq 

rivojlanish tendentsiyalariga mos ravishda o’zgartirishga majbur qiladigan printsip 

yetarlicha amalga oshmaydi.

X.A.Meliev va boshqalar fikriga ko’ra, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi 

o’qitish  va  tarbiyaga  oid  mavjud  dasturlar  tahlili  bolalar  bilan  kun  tartibida 

o’tkaziladigan  jismoniy  tadbirlarning  bosh  vazifasi  asosiy  harakatlarning 

shakllanishi  ekanligidan  dalolat  beradi.  Mazkur  maqsadni  ro’yobga  chiqarish 

uchun  ularda,  odatda,  jismoniy  mashqlar  va  harakatli  o’yinlardan  iborat  bo’lgan 

keng qamrovli o’quv materiali taqdim etilgan.

Ayni vaqtda maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya vazifalarida 

kichik  yoshlardan  boshlab  jismoniy  sifatlarni  maqsadli  yo’naltirish  zarurati 

to’g’risidagi  mulog’azalarning  yo’qligi  e’tiborni  tortadi.  Faqat  tayyorlov  guruhi 

uchun dasturda  chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik va kuchni takomillashtirishnig 

maqsadga muvofiqligi haqida muayyan eslatma paydo bo’ladi.

Mutaxassislarning  ta’kidlashlaricha,  maktabgacha  yoshdagi  saralashning 

prognostik  shakli  muayyan  murakkabliklarni  yuzaga  keltiradi.  Besh-yetti  yoshli 

bolalarda harakat sifatlari darajasini bevosita testlash noaniq natija beradi, chunki 

bu  natija  mazkur  sifatning  mavjud  imkoniyatlari  bilan  bog’liqmi  yoki  uning 

yoshga  bog’liq  holda  shakllanish  sur’atlari  –  tezlashgan  yhҳud  sekinlashgan 

sur’atiga xos xususiyatlargami, aniq emas.

Adabiyotlarda  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  maktabgacha  ta’lim 

muassasasi  sharoitida  harakat  sifatlarini  kompleks  rivojlantirish  bo’yicha  yetarli 

miqdordagi tadqiqotlar mavjud emas.

           




14


Download 146,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish