Mardonqulov J .A.
Jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasinioshirish
hududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Majidov Sh.A.
Navoiy davlat pedagogika instituti, matematika kafedrasi o’qituvchi
Ubaydullayeva S.I.
Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR KASBIY TAYYORGARLIK SIFATINI
BAHOLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
87
Tayanch so‘zlar:
baholash mezoni, dastlabki baholash, joriy baholash, shaxsiy rivojlanish,
kompetensiya, kognitiv kompetensiya, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, milliy meros.
Ключевые слова:
критерии оценки, начальная оценка, текущая оценка, личностное разви
-
тие, компетентность, познавательная компетентность, общечеловеческие и национальные цен
-
ности, национальное наследие.
Key words:
evaluation criteria, initial evaluation, current evaluation, personal development,
competence, cognitive competence, universal and national values, national heritage.
Ta’lim natijalariga nisbatan kompetentli yondashuv mezonlarida ifodalangan
yangi talablar kasbiy tayyorgarlik sifatini baholash metodikasini takomillashtirish
zaruratini taqozo etadi. Kasbiy tayyorgarlik sifatini baholash sifatga ISO 9001 asosida
standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan Xalqaro tashkilotlar hujjatlariga muvofiq
obyektning o‘rnatilgan va ehtimolli ehtiyojlarni qanoatlantiruvchi ko‘nikmalariga tegishli
tavsiflar yig‘indisi sifatida ta’rif berilgan.
Baholash obyekti fan dasturlarining talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi bilan
o‘lchanadi, ya’ni kasbiy kompetentlikka oid barcha komponentlarining shakllanganlik
darajasi. Talabalarni o‘qitish bosqichlariga ko‘ra quyidagilar baholanadi: talabalar
tayyorgarligining boshlang‘ich darajasi (dastlabki baholash), talabalarning modul yoki
fanni o‘zlashtirgandan keyingi ta’lim natijalari (joriy baholash), yakuniy attestasiyadagi
kasbiy tayyorgarlik sifati (bitiruvchilarda shakllangan kompetensiyalarning oliy ta’lim
malaka talablariga muvofiqlik darajasi).
Baholashning maqsadi umumiy tarzda olingan natijalarning ko‘zlangan natija
yoki dastlabki taxminlarga muvofiqligini o‘rnatish sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
O‘qitishning har bir bosqichida tayyorgarlik mazmunini hisobga olgan holda maqsad
aniqlashtiriladi, vazifalar belgilanadi. Misol uchun joriy baholash quyidagi maqsadlarda
amalga oshirilishi mumkin:
– talabaning e’tiborini o‘qitish maqsadlari va muvaffaqiyatga erishish mezonlariga
qaratish;
–
o‘qituvchining faoliyatini har bir talabani individual rivojlantirish texnologiyalarini
takomillashtirishga yo‘naltirish;
–
talabaga keyinchalik ta’lim olishi, ta’lim dasturini o‘zlashtirish bo‘yicha mustaqil
ishi, mustaqil ta’lim olishini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim
qilish;
– o‘qituvchilarda kasbiy ta’lim dasturini qay darajada muvaffaqiyatli
o‘zlashtirganligi bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini shakllantirish;
– talabani kelgusidagi maqsadli o‘qitishga nisbatan motivasiya berish;
–
aniq vaziyatlarda sodir bo‘layotgan hodisalarni muntazam ravishda kuzatish
hamda ularning natijalarini boshqaruv jarayoniga qo‘shib borish.
DTS malaka talablarini amalga oshirish kasbiy tayyorgarlik sifati to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni uzluksiz ilmiy asoslangan tarzda kuzatishni nazarda tutadi(A.S.Belkin).
Shakllantiriladigan kompetensiyalarni baholashga nisbatan monitoring bakalavriat
dasturi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalarda umummadaniy va kasbiy kompetensiyalarning
shakllanganligi darajasi to‘g‘risidagi axborotlarni jamlash, qayta ishlash, saqlash va
tarqatish tizimi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Kasbiy kompetensiyalar shakllanganligi monitoringining quyidagi vazifalarini
ajratish mumkin:
– diagnostik- kompetensiyalar shakllanganligi darajasini kuzatishni nazarda tutadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |