МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
82
o‘qitish orqali dars samaradorligiga erishish uchun maqsadga muvofiq uslubiy usullarni
tanlashning asosiy mezonlarini belgilash zaruratini keltirib chiqaradi. Chunki, ayrim
sharoitlar uchun muvaffaqiyatli, samarali bo‘lgan narsa boshqa sharoitlar, boshqa mavzular
uchun nomaqbul bo‘lib chiqishi mumkin. Optimal uyushtirishning muhim uslubiy asosi
xaqiqatni aniqligi, doimo aniq sharoitlarni hisobga olishning zarurligi to‘g‘risidagi dialektik
qoidadir. Bunday tarbiyaning har qanday sharoitlari uchun yaroqli maxsus uslub, vosita
yoki shaklni topish mumkin emasligi, har bir aniq holatda mavjud sharoitlarni baholash va
o‘qitish jarayonida aynan mazkur vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashning zarurligi
to‘g‘risidagi xulosa kelib chiqadi.
O‘qituvchi tarix fanlarining uzviyligini o‘rnatish yuzasidan u yoki bu usullarni
tanlashda ko‘pgina bog‘lanish holatlarini hisobga olishi lozim bo‘ladi. Chunki, didaktikada
o‘quv jarayonining barcha tarkibiy qismlari o‘zaro qonuniy bog‘langanligi aniqlangan[8].
Dastavval, darslarda asosiy maqsad va hal etilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar aniqlanadi.
Ular esa belgilangan vazifalarga erishishning yaroqli bo‘lgan umumiy tarzdagi bir guruh
usullarini yuzaga keltiradi. So‘ngra bilish jarayonini maqbul tarzda amalga oshirish
imkonini beruvchi maqsadga muvofiq optimal yo‘llarini tanlash zarur bo‘ladi.
Psixologik-pedagogik adabiyotlarda o‘qitish uslublarini tanlashga ta’sir ko‘rsatuvchi
bir qancha sabab va omillar aniqlangan. Shu bilan birga ilmiy-tadqiqot natijalari tarixni
kurslararo aloqadorlikda o‘rganish uchun optimal uslublarni tanlashning quyidagilar bilan
aniqlash muhimligini ko‘rsatish imkonini beradi:
ta’lim jarayonida amal qiladigan qonuniyatlar va undan kelib chiqadigan ilmiy-
pedagogik tamoyillar bilan;
tarix fanining mazmuni va uslublari bilan umumiy va xususiy holda (umumiy va
xususiy pedagogikaga asosan);
o‘qitishning maqsad va vazifalari bilan;
DTS va u asosidagi o‘quv-uslubiy majmualar mazmuni va xarakteridan, o‘qitishga
ajratilgan vaqtdan kelib chiqqan holda;
o‘quvchilarning o‘quv imkoniyatlari (sinf jamoasining xususiyatlari, yoshi, psixologik-
fiziologik, ta’lim-tarbiyaviy jihatdan tayyorgarlik darajasi va imkoniyatlari) asosida;
o‘qituvchilarning imkoniyatlariga (nazariy va amaliy tayyorgarliklari darajasi, ma’lum
uslub, vositalarni qo‘llash qobiliyatlari, eng maqbul variant tanlash mahoratlari, qiziqish va
ishtiyoqlari, muloqot madaniyati, shaxsiy sifatlari va h.k.) ko‘ra.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, tarix ta’limida pedagogikaning
umumiy qonuniyatlari va tamoyillari asosida kurslararo uzviylikni ta’minlash orqali ta’lim
samaradorligiga erishish mumkin. O‘qituvchilarni dars jarayonida kurslararo aloqalarni
amalga oshirishga tayyorlashda fan uslub birlashmalariga aniq yo‘nalish berib, ularning
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yo‘naltirish lozim[9]. Jumladan, o‘qituvchi va
o‘quvchilarning kurslararo aloqalardan foydalanishlariga omil bo‘ladigan sharoit yaratuvchi
hamkorlikdagi uslubiy tavsiyalar va tadbirlar tizimini tashkil qilish mumkin:
o‘qituvchilarning tarix kurslari bo‘yicha DTS va barcha o‘quv uslubiy majmualar
mazmunini chuqur o‘rganib, undagi kurslararo bog‘lanish imkoniyatlarini aniqlangan holda
tavqimiy mavzuiy rejada ularni aks ettirishi;
o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha umumiy o‘quv ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan
o‘qituvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish orqali o‘quv materiallarini o‘tish muddati,
harakteri, uni tushuntirish va mustahkamlash uslubiga amal qilgan holda yagona talablar
tizimi asosida o‘quv faoliyatini yurgizish;
o‘quvchilarning oldin o‘zlashtirilgan bilimlarini eslatishga o‘rgatish;
tarixiy bilimlarning turli manbalaridan olgan bilimlarini umumlashtirgan holda
Do'stlaringiz bilan baham: |