Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ



Download 2,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/160
Sana18.07.2022
Hajmi2,82 Kb.
#823176
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   160
Bog'liq
3-1-2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
79
ko‘p tarqalgan shakli hisoblanadi. Shu sababli uslubiy birlashmalar faoliyatini yuqorida 
ta’kidlangan muammolar bo‘yicha to‘g‘ri yo‘naltirish samarali usullardan sanaladi. 
Aynan fan uslubiy birlashmalari o‘qituvchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz 
vazifasini bajarib, uslubiy xizmatni amalga oshiruvchi eng quyi bo‘limi hisoblanadi, zero 
pedagogika sohasidagi barcha yangiliklar bevosita birlashmalar orqali o‘qituvchiga еtib 
borib amaliyotga joriy etilishi lozim. Aksariyat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan tarix fanidan uslubiy birlashmalar ijtimoiy fanlardan dars beruvchi 
o‘qituvchilarni o‘zida birlashtirgan. Ushbu fanlar uchun umumiy bo‘lgan dunyoqarash 
yo‘nalishi birlashma a’zolarining muammo bo‘yicha yagona uslubiy mavzu ustida ish 
olib borishlariga qulay imkoniyat yaratadi. Shuning uchun uslubiy birlashma ish rejasiga 
mazkur muammoni dars samaradorligini oshirish omili sifatida kiritishni zarur qilib 
qo‘yadi. 
O‘qituvchilarning dars jarayonida kurslararo aloqalarni amalga oshirishga tayyorlashni 
shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: tanishtirish; kurslararo va kurs 
ichidagi bog‘lanishi mumkin bo‘lgan mantiqiy aloqalarni rejalashtirish; mazkur aloqalarni 
dars va darsdan tashqari ishlarda ro‘yobga chiqarish. 
Tanishtirish bosqichi uslubiy birlashma a’zolarini muammoning nazariy asoslari va 
uni amalga oshirishning shakl va usullari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Birinchi 
navbatda bu sohadagi Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv 
qo‘llanmalarining mazmuni bilan chuqurroq tanishtirish maqsadida maslahatlar beriladi. 
Ulardagi materialni muammo nuqtai nazardan tavsifi, mantiqiy bayoni, tarixiy tushuncha 
va atamalar, savol va topshiriqlar tizimi, illyustratsiyalari va hujjatlar, xarita, chizma, 
jadvallar, rasmlar hamda boshqa qo‘shimcha manbalar bilan yaqindan tanishtiriladi. 
Keyingi bosqichda ushbu aloqalar tizimi rejalashtiriladi, bunda maktabdagi eng 
ommaviy reja shakllaridan biri bo‘lgan tavqimiy-mavzuiy rejada mazkur bog‘lanishlarga 
alohida bo‘lim ajratildi. Ammo, bu yuqorida qayd etilgan kurslararo aloqalar o‘rnatishning 
turli shakllarini hammasini ham qamrab ololmasligi ma’lum. Shunga ko‘ra, pedagogika 
sohasida joriy qilingan ta’lim klasteri sharoitida, oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari 
va shu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borayotgan amaliyotchilar tomonidan DTS, dastur, 
darslik orasidagi izchillikni mustahkamlab, sinflar kesimida jahon va O‘zbekiston tarixi 
darslariga integratsion yondashish asosida ta’lim mazmuni uzviyligi, o‘quvchilarining 
bilim sifatini DTSga muvofiqligini ta’minlovchi tarix darslarini mavzuiy rejalashtirish 
va har bir mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga 
qo‘yiladigan minimal talablar bo‘yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlab o‘quv jarayoniga 
tatbiq etilishi dolzarb masalalardan sanaladi. Taqdim etilgan uslubiy tavsiyalar asosida 
maktab o‘qituvchilari milliy dasturga qo‘shimcha ravishda o‘z parsial dasturlarini ham 
ishlab chiqishlari va faoliyatga joriy etishlari mumkin.
Uslubiy tavsiyalarda DTS va o‘quv dasturida umumiy tarzda berilgan minimal 
talablar, ya’ni har bir o‘quvchi o‘zlashtirishi shart bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar 
mavjud o‘quv-uslubiy majmualarning mazmuni, didaktik jihatlari va xususiyatlaridan 
kelib chiqqan holda har bir mavzuga nisbatan belgilanadi. Shuningdek, kurslararo aloqani 
bog‘lash mumkin bo‘lgan mavzular ko‘rsatiladi, bunda ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari 
va ehtiyojlariga bog‘liq ravishda ta’limning tabaqalashtirish imkoniyatlari hisobga 
olinishi maqsadga muvofiq. Jumladan, DTSda belgilangan me’yorlardan ortiqcha, ya’ni 
o‘quvchilarning asosiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan minimal talablardan yuqori 
darajadagilari ham aniqlab berilishi mumkin. Bular esa o‘qituvchilar tomonidan dars 
berish uslublari to‘g‘ri tanlanishi, tarix ta’limining tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari 
hamda ilmiy muammo maqsadini to‘laqonli ro‘yobga chiqarilishiga xizmat qiladi.



Download 2,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish