МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
88
–
prognostik-kompetensiyalar shakllanganligi darajasining asosiy tendensiyalarini
aniqlash va istiqbolni bashorat qilish rejasini tuzishdan iborat;
– korreksion-muammolarni aniqlash va hal qilishni nazarda tutadi;
–
motivasion-ta’lim jarayoni ishtirokchilarini o‘z-o‘zini mustaqil rivojlantirishga
undashga yo‘naltirilgan.
Monitoring vazifalari negizini quyidagi tamoyillar tashkil etadi:
–
monitoringning axboroti oliy ta’lim DTS malaka talablari va ish beruvchilarning
talablarini amalga oshirish darajasi va sifatini aks ettirishini nazarda tutuvchi
ijtimoiy-me’yoriy bog‘liqlik tamoyili;
–
axborotlarni olishning ilmiy shakli, metodlari va vositalari tizimini aks ettiruvchi
ilmiylik tamoyili;
–
monitoring dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish negizini tashkil qiluvchi
uzviylik, yaxlitlik va uzluksizlik tamoyili;
–
o‘quv fanini o‘zlashtirish yakuniga ko‘ra o‘qitishning har bir bosqichida
monitoring o‘tkazishni nazarda tutuvchi davriylik tamoyili;
– ko‘p darajalilik tamoyili: talabani baholash, o‘z-o‘zini baholash, natijalarni
muhokama qilish va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar
kompleksi;
–
barcha talabalar uchun qo‘llaniladigan texnologiyalar yagonaligi tamoyili,
baholash natijalarini qiyoslash shartlarini bajarish;
–
tezkorlik tamoyili boshqaruvlik qarorini qabul qilish uchun talabalarda
kompetensiyalarning holati va shakllanganlik sur’ati to‘g‘risida axborotni
jamlash, qayta ishlash va taqdim etishni nazarda tutadi.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar sifati monitoringi birinchi kursdan to‘rtinchi
kursgacha bosqichma-bosqich tashkil qilinadi. Uning pedagogik amaliyotida qabul
qilingan asosiy bosqichlari quyidagilar hisoblanadi:
–
diagnostik (boshlang‘ich),
–
joriy (operasion),
– yakuniy (davriy va yakuniy attestasiya).
Monitoringning diagnostik (boshlang‘ich) bosqichi o‘quvchilar tayyorgarligining
boshlang‘ich darajasini qayd qilish hamda o‘qitishning individual trayektoriyasini qurish
uchun qo‘llaniladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti sharoitlarida talabalarni dastlabki baholash
natijalari uning individual darajadagi akademik muvaffaqiyatini boshlang‘ich bilimlar
sifatida qo‘llaniladi. Monitoringning diagnostik bosqichi ikki turda bo‘lishi mumkin:
–
boshlang‘ich (birinchi kurs talabalarida), ularning asosiy ta’lim dasturini
o‘zlashtirishga bo‘lgan tayyorgarligi darajasini belgilaydi;
– dastlabki (tayanch), aniq bir fanni (modulni) o‘zlashtirish boshida. Boshlang‘ich
baholash o‘z-o‘zini baholash shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Monitoringning joriy (operasional) bosqichidan talabalarning o‘quv faoliyatini
tezkor va muntazam boshqarish uchun foydalaniladi. U o‘quv materialini o‘zlashtirish
jarayonining borishi va sifati to‘g‘risida axborot olish, zarurat bo‘lganda-tuzatish
(korreksion) harakatlardan foydalanish imkonini beradi.
Joriy monitoring jarayonida alohida modul yoki mavzuning o‘zlashtirilganligi
natijalarini baholash ishlari amalga oshiriladi. Nazoratning bunday turi oraliq nazorat turi
deb nomlanadi. U o‘quv rejasida belgilangan shakldagi (sinov, tabaqalashtirilgan sinov,
imtihon, kurs loyihasi, kurs ishi, amaliyot bo‘yicha hisobot) modul yoki fanni o‘zlashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |