МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
18
integratsiyasiga sabab bo‘ladi. O‘quvchi-talabalarga fiziologik tasavvur bilan ekologik
omillar hamohang ravishda rivojlanib, ilmiy izlanuvchanlik ko‘nikmalari va qobiliyati
shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Dorivor va ziravor o‘simliklarni gullash fazasiga kelib, tadqiqotchilik jarayonining
asosiy qismi boshlanadi. Bu vaqtda o‘quvchi-talabalar o‘qituvchi rahbar boshchiligida
tajriba maydonchada tadqiqot ishlarini bajaradi va bu kelgusida “Yovvoyi dorivor va
ziravor o‘simliklar”ni madaniylashtirishga asos bo‘luvchi, dorivor va ziravor o‘simliklarni
iqlimlashtirish orqali genofondini saqlashni o‘rganadi.
Sun’iy iqlimlashtirish orqali yovvoyi dorivor va ziravor o‘simliklarning
madaniylashtirilishi kelgusida farmasevtika va seleksiya sohasining asosiy rivojlantirish
ob’ekti bo‘lib, o‘quvchi-talabalarning kasb tanlash, ilmiy tadqiqotchilik ko‘nikmalarini
shakllantirib, kelgusida fan rivojiga hissa qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlariga
yordam beradi.
Xulosa va takliflar.
O‘quvchi-talabalar tomonidan olib borilayotgan an’anaviy
dorivor o‘simliklarni madaniylashtirib, ko‘paytirishga oid tadqiqotlar o‘simliklar
seleksiyasi, biokimyosi, molekulyar biologiyasi usullarini dorivor o‘simliklarning
molekulyar biologiyasi, sistematikasi va biotexnologiyasi yutuqlari bilan bog‘lab, dorivor
va ziravor o‘simliklarni tarkibdagi vitaminlar, alkoloidlar, flavonoidlar, efir moylari va bir
qancha moddalar markerlariga asoslangan yangi dori vositalari farmasevtika jarayonini
tashkillashtirish imkoniyatlari o‘quvchi-talabalardagi tabiiy va tibbiy savodxonlikni
rivojlantirishga hamda agronomiya sohasidagi bilimlar kelgusidagi STEAM yunalishida
o‘quvchi-talabalarning loyiha va o‘quv-tadqiqot faoliyatlarini professional ta’lim maktabda,
kollej, oliy ta’lim va oliy ta’limdan tashqarida amalga oshirilishi imkonini beradi.
Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoni. 2019 yil 6 sentyabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yovvoyi xolda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muxofaza qilish,
madaniy xolda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
”gi PQ-4670-son qarori. 2020 yil 10 aprel.
3. Ganiev A.K, Amanova M, Bektaeva X.O “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida dorivor o‘simliklarga
oid boshlang‘ich bilimlarni shakillantirish” / Ta’lim, fan va innovatsiya. 2020. 3-son. – B. 82.
4. Mirzaeva N.A, Bektaeva X.O “Biologiya o‘qitish texnologiyalari va loyhalash” / o‘quv-uslubiy majmua,
Chirchik-2021.
5. Ganiev A.K., Axmedjanova A.K., Umarov Sh.N., Kaxxarov O.R., Temirov B.B., Nig‘mattullaev B.A.,
Sunnatov Sh.X. Dorivor va ziravor o‘simliklarni yetishtiruvchi va tayyorlovchi mutaxassislar uchun qo‘llanma /
Qo‘llanma, O‘zR QXV. Toshkent. 2020. -B. 191.
6.
https://mininnovation.uz/uz/news/sostojalas-nauchnaja-konferentsija-sovremennye-problemy-genetiki-
genomiki-i-biotehnologii
РЕЗЮМЕ
Tabiat ne’matlari va Yer zahira resurslaridan biri bo‘lgan dorivor o‘simliklarning ba’zi turlari tanqislashib
borayotgan pallada, bo‘lajak mutaxassislardan insonlar va tabiat uchun foydali, kam xarajat va serdaromad
sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib borish orqali ko`proq foyda olish imkoniyatini beruvchi tadbirlarni amalga
oshirishni talab etmoqda. Maqolada o‘quvchi-talabalar tomonidan tadqiqotchilik ko‘nikmalarini tajribalar orqali
rivojlantirishning nazariy - metodik tizimi haqida so‘z boradi.
РЕЗЮМЕ
В то время, когда некоторые виды лекарственных растений, один из ресурсов природы и один из ресур
-
сов Земли, находятся в дефиците, будущие специалисты могут получить больше пользы, проводя иссле
-
дования в областях, полезных для человека и природы, низкой стоимости и прибыльным.требует реализа
-
ции мероприятий, обеспечивающих. В статье рассматриваются теоретико-методические основы развития
исследовательских умений учащихся посредством проведения экспериментов.
Do'stlaringiz bilan baham: |