МуғаллиМ ҳәМ үзликсиз билиМлендириў
158
Respublikamizning Jismoniy tarbiya va sport to`g`risidagi qonuni hamda jismoniy
tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi qarorida ko`zda
tutilgan tadbirlar insonning jismonan sog`lom, har tomonlama etuk rivojlanishi uchun
qaratilgan.
Inson jismoniy sog`lom va bardam-baquvvat bo`lsa, hayot go`zalliklarini idrok etadi,
aql-zakovati yuksala boradi, atrof-muhitni ziyrak bo`lib kuzatadi. Shu nuqtai nazardan,
insonning sog`lom-baquvvat bo`lishida harakatli o`yinlar muhim omil ekani aniq. Demak,
bu tarbiya aqliy, ahloqiy va estetik tarbiyaning zamini ekan.
Bolalarni jismoniy chiniqtirishda jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat
o`qituvchisining ma`suliyati katta. U O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” talablari asosida o`z faoliyatini tashkil qilib, shakllanib kelayotgan
yosh avlodning organizmini chiniqtirish, sog`ligini mustahkamlash va rivojlantirish,
o`quvchilarda yangi jismoniy harakat turlarini hosil qilish va qurollantirish, bolaning
yoshiga, jinsiga, chiniqqanlik darajasiga mos keladigan jismoniy harakat sifatlarini
rivojlantirish va o`z sog`ligiga ongli munosabatda bo`lishni amalga oshiradi.
Yurtboshimiz va Respublika hukumatining g`amxo`rligi tufayli ta`lim tizimining
barcha pog`onalarida sport ishlarini rivojlantirish uchun keng islohotlar o`tkazilmoqda.
Bu islohotlar to`la ma`noda umumiy o`rta ta`lim maktablarining boshlang`ich sinflaridagi
jismoniy tarbiya ishiga ham taalluqlidir.
Jismoniy tarbiya darslarida qo`llaniladigan jismoniy mashqlar ichida hayotiy muhim,
kundalik turmushda qo`llaniladigan mashqlar ko`p. Maktabning vazifasi o`quvchilarni
jismoniy tarbiya vositalaridan har kuni o`qish, mehnat, dam olishning turli sharoitlarida
foydalanishlariga odatlanishdir. Bularning barchasiga bolalar, avvalo, jismoniy tarbiya
darslarida o`rganadilar.
Jismoniy tarbiya darslari o`z mazmunining tashkil etilishiga ko`ra o`ziga xos
xususiyatlarga ega.Tarbiyaning asosiy maqsadi-o`quvchilar tanasidagi barcha a`zolarni
sog`lom o`sishini ta`minlash barobarida ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek,
Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Jismoniy tarbiya va jismoniy etuklik masalasi bizda
azal-azaldan ota-bobolarimiz ma`naviyatida ulug`lanib kelingan.Jismoniy tarbiya darslari
qat`iy kun tartibi bo`yicha ma`lum bir kun va hafta soatlarida muayyan vaqt mobaynida
45 daqiqa o`tkaziladi. Ular birgalikda dasturda ko`zda tutilgan bilim va malakalar
minimumini egallashni ta`minlaydi, shunday qilib, o`quvchilarni har tomonlama jismoniy
tarbiyalashning asosini tashkil etadi.
Jismoniy tarbiya darsida har qanday pedagogik vazifani hal etish ko`pincha
shug`ullanuvchilar organizmining zo`riqishini talab qiladi. Shuning uchun bu ishga
organizm tegishli darajada tayyorlangan bo`lishi kerak.
O`qituvchi navbatdagi darsga tayyorlanishda oldingi darslarning yakunlarini hisobga
olish, qaysi materialni takrorlash, yana qanday yangi materialni o`rganishni belgilashi
kerak.
Darsga tayyorlanishda reja tuziladi va darsning aniq vazifalari belgilanadi.
Vazifalar aniq va tushunarli bo`lishi lozim, masalan, “Yon tomonga qadamlab
yoyilish bilan tanishtirish”, “Orqadan elkadan oshirish usulida kichik to`pni uloqtirish
bilan tanishtirish”, “Hamma o`z bayroqchasiga”, “Tarqaling” o`yini bilan tanishtirish
va boshqalar. Bunday ifodalar alohida mashq turlari bo`yicha dastlabki darslarni
Do'stlaringiz bilan baham: |