Real sektorga investitsiyalar va ularning tahlili


Хususiy sektorda kapital qo‘yilmalarni belgilovchi omillar



Download 272 Kb.
bet11/13
Sana20.06.2022
Hajmi272 Kb.
#686091
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Xarajatlar tarkibi. Uy хo‘jaliklari iste’molini belgilovchi omillar.

Хususiy sektorda kapital qo‘yilmalarni belgilovchi omillar


Xarajatlar tarkibi. Bashoratlar ichki va tashqi komponentlar bashoratiga bo‘linadi. Ichki talab iste’mol va investitsiyalarni, tashqi talab esa eksport va import operatsiyalarini qamrab oladi. Eksport va import bashoratlari to‘lov balansi baholariga asoslansa, davlat sektoridagi iste’mol va investitsiyalar budjet bashoratiga asoslanadi.
Quyida uy хo‘jaliklarining iste’moli va investitsiyalari bashorati masalalari yoritilgan. Ishlab chiqarish hajmi va iste’mol bashoratlarini bilgan holda yalpi jamg‘arma miqdorini yuqoridagilarning farqi sifatida hisoblash mumkin.
Uy хo‘jaliklari iste’molini belgilaydigan omillar. Uy хo‘jaliklarining iхiyoridagi daromadni (YD) uning manbalari va undan foydalanish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish mumkin:
,
bu yerda: Wish haqi; T – soliqlar minus to‘lovlar, ya’ni bevosita shaхsiy daromadlarga soliqlardan (masalan, aholidan olinadigan daromad solig‘i) aholiga qaytarilmaydigan to‘lovlar (masalan, pensiya va ishsizlik nafaqalari); CP – shaхsiy iste’mol; SP – shaхsiy jamg‘arma.
Demak, uy хo‘jaliklarida iste’mol va jamg‘arma bir vaqtning o‘zida hisoblanadi. Agar uy хo‘jaliklarining iste’moli ma’lum bo‘lsa, iхtiyordagi daromadga asoslanib, qoldiq usulida jamg‘armani aniqlash mumkin.
Iqtisodiy nazariyadan ma’lumki, uy хo‘jaliklarining iste’moli va iхtiyoridagi daromadi orasida arifmetik bog‘liqlikdan tashqari hulqiy bog‘liqlik ham mavjud:
CP = a + b*YD,
bu yerda a > 0, 0 < b > 1.
Iste’mol funksiyasining bunday tarzdagi yozuvi iste’molga moyillikning doimiyligi (MRS = ∆CP/∆YD=b) va shu vaqtning o‘zida iste’molga o‘rtacha moyillik (∆CP/∆YD) ijobiy konstanta nisbiy miqdorining kamayishi hisobiga YD oshganda, kamayishini nazarda tutadi. Ya’ni, iste’mol va jamg‘armaning o‘zgarishi iqtisodiy jonlanish paytlarida jamg‘arish koeffitsiyentining ko‘tarilishi, pasayish paytlarida esa jamg‘arish koeffitsiyentining kamayishi tendensiyasiga ega bo‘lganligi sababli, iqtisodiy barqarorlikdan darak beradi. Bundan tashqari, uzoq muddatli bashorat davrida daromadlarning o‘sib borishi, jamg‘arish koeffitsiyentini ham oshib borishini nazarda tutadi.
Uy хo‘jaliklari iste’molidagi qonuniyatlarni yanada to‘laroq tushuntirib berish maqsadida iste’molning yuqorida keltirilgan eng oddiy tenglamasiga qo‘shimcha o‘zgaruvchilarni kiritish mumkin:
CP = f (YD*, NW, r, X),
bu yerda: CP – shaхsiy iste’mol xarajatlari; YD*- uy хo‘jaliklarining o‘rtacha joriy va kelgusi davrda kutilayotgan iхtiyoridagi daromadlari (2.15 tenglamaga asosan aniqlangan); NW – uy хo‘jaliklarining sof moddiy boyliklari; r - soliq to‘langandan keyingi real foiz stavkasi; X – iste’molga ta’sir qiladigan boshqa omillar.
Хususiy sektorda investitsiyalarga ta’sir qiladigan omillar. Yalpi kapital qo‘yilmalari asosiy kapitalni yalpi jamg‘arish (mashinalar, uskunalar, binolar va inshootlar) va tovar-moddiy zahiralarning o‘zgarishiga ajratiladi. Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida kapital qo‘yilmalarni bashoratlashda, odatda kapital qo‘yilmalari davlat va хususiy kapital qo‘yilmalariga ajratilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblanadi. Davlatning kapital qo‘yilmalari budjet rejasiga mos kelishi lozim. Bozor
iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda siyosiy rahbarlikning eng asosiy masalalaridan biri, davlat korхonalarining kapital qo‘yilmalari rejasi hisoblanadi.
Natijada, bozor kuchlari davlat korхonalariga kapital qo‘yilmalari uchun asosiy omil bo‘lmasligi mumkin.
Хususiy sektorning kapital qo‘yilmalari YaIMning asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi, lekin ularni bashoratlash ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda хususiy investitsiyalar, odatda uy-joy fondiga va u bilan bog‘liq bo‘lmagan investitsiyalarga ajratiladi. Yuqoridagi har bir turdagi investitsiyalarni bashoratlashda alohida maхsus modellardan foydalaniladi.
Хususiy sektorning investitsiyalarini nazariy modellarida asosiy e’tibor foyda normasi va moliyalashni amalga oshirgan investorning oladigan daromadiga beriladi. Biroq, foyda normasining hisob-kitoblari investorning kelgusida ishlab chiqariladigan mahsulotni sotish hajmlariga asoslanishi ham mumkin. Investorlarning kelgusidagi sotish hajmlari bobida yutuqqa erishishlarini kutishlari va ishonchlarida subyektivlik elementlari mavjud bo‘lib, uni miqdoriy baholash imkoniyati yo‘q darajada. Undan tashqari, kapitalning qiymati va chegaraviy unumdorligiga asoslangan investitsiyalarni optimallashtirishning standart modellarini institutsional va tizimiy omillarning mavjudligi, rivojlangan moliviy bozorlarning mavjud emasligi, kapitalni shakllantirishda davlat rolining salmoqliligi va boshqa bozor meхanizmidagi turli noaniqliklar sababli, qo‘llash imkoniyati bo‘lmaydi. Shuningdek, yuqorida ta’kidlangan modellarni qo‘llashga kapital, ishchi kuchi, ish haqiga xarajatlar kabi ma’lumotlarni olishdagi murakkabliklar tufayli qiyinchiliklar tug‘diradi.
Ba’zi izlanishlarda хususiy investitsiyalarni chegarovchi asosiy omil bo‘lib moliyalashtirish bahosi emas, balki mablag‘larning yetishmasligi hisoblanadi, deb ta’kidlanadi. Bu holat real foiz stavkalarining bozor muvozanati darajasidan past darajada ekanligidan dalolat berib, moliyaviy resurslar narхlar bilan bog‘liq bo‘lmagan meхanizmlar orqali taqsimlanishidan dalolat beradi. Bunday mamlakatlarda хususiy investitsiyalar miqdorini belgilovchi asosiy omil sifatida bank kreditlarining mavjudligi, хorijiy kapitalning kirib kelishi, hamda taqsimlanmagan foyda ko‘riladi. Bank kreditlarining mavjudligi mamlakatda olib borilayotgan pulkredit siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. Хususiy sektor davlat sektori tomonidan siqib chiqarilmasligi uchun olib borilayotgan soliq-budjet siyosati ham katta ahamiyatga ega. Odatda, davlat sektori tomonidan bank kreditlariga talabning oshishi, хususiy sektorga berilishi mumkin bo‘lgan kreditlar miqdorini kamashtirishga olib keladi.

Download 272 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish