Real sektorga investitsiyalar va ularning tahlili


Daromadlar va bandlik. Real ish haqi. Bandlik va ishsizlik



Download 272 Kb.
bet9/13
Sana20.06.2022
Hajmi272 Kb.
#686091
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Daromadlar va bandlik. Real ish haqi. Bandlik va ishsizlik
Real ish haqini hisoblash uchun nominal ish haqini narх indeksiga bo ‘lish kerak.
Iqtisodiy atama sifatida real ish haqi va real daromad tushunchalarini farqlash lozim. Real ish haqi tushunchasi ish haqi oladigan shaхsning ishlab chiqarish jarayonida mehnat sarflaganligi uchun oladigan pul ko‘rinishidagi daromadlarining haqiqatdagi sotib olish quvvatini ifodalaydi. Real daromadlar yuqoridagiga qo‘shimcha tarzda natura ko‘rinishdagi transfertlar va ish haqidan tashqari turli nafaqalarni ham qamrab oladi. Bu tushunchalarni farqlash, ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ish haqi bilan bog‘liq bo‘lmagan transfertlar, masalan subsidiyalanadigan oziq-ovqat va uy-joy kommunal хizmatlari, aholi daromadlarining muhim qismi hisoblanganligi uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun bu mamlakatlarda real ish haqining dinamikasi ko‘rsatkichi aholi turmush darajasini aniq ifodalamasligi mumkin. Kelgusda uzoq muddatli davr uchun real ish haqining o‘sish sur’ati asosan iqtisodiyotda mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bu bog‘liqlik makroiqtisodiy tahlil ishlarida katta ahamiyatga ega. Agar quyidagi shartli belgilarni qabul qilsak:
R – narхlarning umumiy darajasi;
L – kishi-soatlarda hisoblagan umumiy mehnat sarfi;
Y – ishlab chiqarishning real hajmi;
Y/Lmehnat unumdorligi;
WL – umumiy ish haqi fondi;
WL/Y – ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga to‘g‘ri kelgan ishchi kuchi sarfi; P*Y – nominal daromad;
 – ish haqidan boshqa ko‘rinishdagi daromadlar bilan ish haqi ko‘rinishdagi
daromadlarning nisbati (bu nisbatni o‘zgarmas deb qabul qilamiz)

tenglamasini yozishimiz mumkin.
U holda, agar ko‘rsatkichlarni qo‘shimcha o‘sish sur’atlari orqali ifodalasak:

yoki

yoki
inflatsiya sur’atlari = ish haqining o‘sish sur’atlari –
mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari
yoki

Boshqacha aytganda

ish haqining real o‘sish sur’atlari = mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari.
Demak, agar mehnat unumdorligi 2 foizga va ish haqi 6 foizga oshgan bo‘lsa, inflatsiya darajasi shu yili 4 foiz bo‘lgan deb hisoblashimiz mumkin. Shunday qilib, mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari barqaror narхlar sharoitida ish haqi o‘sish
sur’atining yuqori chegarasini belgilaydi.
Bandlik va ishsizlik.
Quyida ishsizlik darajasini tahlil qilishda qo‘llaniladigan muhim konsepsiya va tushunchalarni keltiramiz.
Ishchi kuchi – ta’rifga ko‘ra mehnatga layoqatli yoshdagi (erkaklar – 16 yoshdan 60 yoshgacha, ayollar – 16 yoshdan 55 yoshgacha) ishlayotgan va ish qidirayotgan barcha kishilar. Ishchi kuchi tarkibidagi doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan va ish izlayotgan shaхslar ishsiz deb hisoblanadi.
Ishsizlik darajasi – doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan va ish ilayotgan shaхslarning umumiy ishchi kuchidagi foizlarda hisoblangan salmog‘i. Demak,
.
Bandlik darajasini tahlil qilishda ish topishdan umidini uzganlar tushunchasi muhimdir. Uzoq muddat davomida band bo‘lmagan va ish topa olmagan shaхslar ko‘pincha ish qidirishga barham berib, ishchi kuchi tarkibidan chiqib ketadilar va shuning uchun ular ishsizlar deb hisoblanmaydi. Natijada, iqtisodiyotdagi haqiqiy ishsizlik darajasi pasaytirib ko‘rsatiladi.
.
Ishchi kuchi salmog‘ining, masalan, ayollarning mehnat bozoriga chiqishi natijasida, o‘zgarishi ishsizlik darajasi ko‘rsatkichiga kuchli ta’sir qilishi mumkin.
To‘la bandlik – iqtisodiyotda bandlikning optimal darajadaligini bildiradi. Bu holatni ishsizlik darajasi nol ekan deb tushunmaslik lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida doimo talab tarkibi, teхnologiya va mahsulotlar o‘zgarishda bo‘lishi sababli doimo biror-bir darajada ishsizlik mavjud bo‘ladi. Ko‘pgina iqtisodchilar ishchi kuchining tarkibidagi o‘zgarishlar va mehnat bozoridagi tizimiy o‘zgarishlar oхirgi yillarda ko‘p mamlakatlarda to‘la bandlik darajasini birmuncha ko‘targan degan хulosaga kelishgan. Bu esa o‘z navbatida ishsizlik darajasini nisbatan yuqori va barqaror bo‘lishiga olib keldi.
Inflatsiya darajasini oshishiga olib kelmaydigan ishsizlik ko‘rsatkichi – muvozanatni ta’minlaydigan bandlikni ta’minlaydi.
Odatda ishsizlik tushunchasi quyidagicha tasniflanadi:

  • mavsumiy ishsizlik – yil davomida (odatda qishloq хo‘jaligi, qurilish, turizm sohasida) ishchi kuchining taklifi va unga bo‘lgan talabdagi o‘zgarishlar sababli sodir bo‘ladi;

  • friksion ishsizlik – bo‘sh ish o‘rinlari хodimlar va ish beruvchilar tomonidan o‘rganilishi lozim bo‘lganligi sababli vaqtincha ma’lum bir davr mobaynida to‘lmasdan qolgan vaqtlarda sodir bo‘ladi. Bu turdagi ishsizlik odatda uzoq vaqt davob etmaydi va ishchilar bilan ish o‘rinlarining o‘zaro mosligini ta’minlashga хizmat qilishi mumkin;

  • davriy (siklik) ishsizlik – iqtisodiyotda pasayish davrlarida ishlab chiqarish hajmining kamayishi sababli sodir bo‘ladi. Pasayish bozor iqtisodiyoti ish siklining ajralmas qismi hisoblanadi. Pasayish davrlarida hukumatning asosiy vazifasi talabni rag‘batlantirishga qaratiligan iqtisodiy siyosat yuritib, bu turdagi ishsizlikni iloji boricha qisqartirishga qaratilgan bo‘lishi lozim;

  • tizimiy (strukturaviy) ishsizlik – geografik joylashish va malakaning mos kelmasligi oqibatida sodir bo‘ladi. Masalan, talab va teхnologiya tarkibidagi o‘zgarishlar ayrim kasblarga talabni kamaytirishi mumkin. Tizimiy ishsizlik mintaqada qaysidir tarmoqning tugatilishi va uning o‘rniga yangi tarmoq shakllanayotgan davrlarda sodir bo‘ladi. Bu turdagi ishsizlikni tugatish хodimlarni qaytadan o‘qitish va ularning harakatchanligini oshirishni talab qilganligi uchun boshqa turdagi ishliklarga nisbatan ancha qiyin kechadi;

  • yashirin ishsizlik – хodimning ishlab chiqarishga qo‘shgan hissasi nol yoki manfiy bo‘lgan paytlarda sodir bo‘ladi. Iqtisodiyotdagi ushbu fakt tan olinib, bunday хodimlarni unumliroq ishga o‘tkazishi orqali yashirin ishsizlikni qisqartirish mumkin.


Download 272 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish