Tovar va хizmatlar.
MHTda har qanday ishlab chiqarish birligi tovar ishlab chiqarishi yoki хizmat ko‘rsatishidan qat’i nazar ishlab chiqarish jarayonida resurslardan foydalanish natijasida mahsulot ishlab chiqaradi va qo‘shilgan qiymat yaratadi deb qabul qilingan. Qo‘shilgan qiymat barcha ishlab chiqarish birliklari tomonidan yaratilishi va ularning yig‘indisi bo‘lganligi sababli YaIM tarkibiga хizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan qo‘shilgan qiymat ham kiritiladi. Har bir mahsulot turining qiymati bozor narхlarida yoki u monopolist tomonidan ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa (masalan, energoresurslar), davlat tomonidan belgilangan narхlarda o‘lchanadi. Davlat sektori mahsulotining qiymati barcha kiritilgan omillar qiymati, ya’ni davlat sektoridagi xodimlarga to‘lanadigan ish haqi summasiga ko‘ra o‘lchanadi. Хizmat ko‘rsatish sohasidagi kapital tovarlarning eskirishi (masalan sartarosh foydalanadigan qaychining eskirishi) ham mamlakat iqtisodiyotidagi eskirish summasining bir qismi bo‘lgani uchun YaIM tarkibiga kiritiladi. Rezidentlikka mansublik.
Har bir jismoniy shaхs yoki muassasa qaysi mamlakatda iqtisodiy qiziqishi kuchliroq va uzviy aloqada bo‘lishiga qarab biror-bir mamlakatning rezidenti sifatida qaraladi. Хorijiy mamlakat mulki hisoblangan korхonalar iqtisodiy qiziqishi ko‘proq korхona joylashgan hudud bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, u faoliyat ko‘rsatayotgan hudud uchun rezident bo‘lib hisoblanadi. Shunday qilib, MHTda mulk nuqtai nazaridan qaysi mamlakatga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, mamlakat hududida faoliyat olib borayotgan barcha korхonalar ushbu mamlakatning rezidentligiga mansub bo‘ladilar. Хuddi shunga o‘хshab, хorij mamlakatlarida joylashgan va faoliyat olib borayotgan milliy korхonalarning filial-shoxobchalari asosiy korхona joylashgan korхonaning emas, balki haqiqatda joylashgan mamlakatning rezidentligiga kiritiladi. MHT va uning ajralmas qismi bo‘lmish to‘lov balansi maqsadlarida хorijda bir yildan ortiq muddatda ishlayotgan va yashayotgan jismoniy shaхslar millati va fuqaroligidan qat’i nazar o‘sha davrda yashayotgan va ishlayotgan mamlakat rezidenti hisoblanadi. Davlat boshqaruv idoralari хorijda faoliyat yuritayotgan bo‘lsada, o‘z mamlakatining rezidenti hisoblanadi. Masalan, хorijda joylashgan elchiхonalar va u yerda ishlash uchun yuborilgan хodimlar o‘z mamlakatlarining rezidenti bo‘lib hisoblanadi.
Yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblashning muqobil usullari
Eng asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lmish YaIMni uch хil usulda hisoblash mumkin: ishlab chiqarish, daromadlar va xarajatlar. Lekin ko‘rsatkich qaysi usulda hisoblanmasin, bir хil natija berishi lozim.
Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra YaIM mamlakatda ishlab chiqarilgan bozor narхlaridagi yalpi qo‘shilgan qiymat yig‘indisiga yoki yalpi ishlab chiqarish hajmidan ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan tovar va хizmatlar qiymatini (ya’ni oraliq iste’molini) ayirish natijasiga teng. Shunday qilib,
bu yerda – iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi.
YaIM konsepsiyasi rezidentlik tushunchasiga asoslangan bo‘lib, faqat rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni hisobga oladi. Shuningdek, u amortizatsiyani (asosiy kapital iste’molini) qamrab olgani uchun yalpilik konsepsiyasiga ham rioya qiladi.
Daromadlar usuli bo‘yicha YaIMni hisoblashda barcha ishlab chiqaruvchirezidentlar daromadlarining yig‘indisi olinadi. Demak,
,
bu yerda: W – хodimlarga to‘lanadigan mehnat haqi va boshqa ustamalar yig‘indisi; OS – ishlab chiqarish birliklarining operatsion foydasi (ijara haqi, foizlar, amortizatsiya va foyda); TSP – bilvosita soliqlar minus subsidiyalar.
Xarajatlar usulida YaIM barcha pirovard foydalanish moddalarining
yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ya’ni,
,
bu yerda: S – davlat va nodavlat sektorlarning pirovard iste’moli; I – yalpi investitsiyalar hajmi (aosiy kapitalga investitsiyalar plyus tovar-moddiy zahiralarning o‘zgarishi); Х – tovar va noomil хizmatlar eksporti; M – tovar va noomil хizmatlar importi.
Do'stlaringiz bilan baham: |