Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bashoratlashda ekonometrik modellardan foydalanish Reja



Download 121,21 Kb.
bet1/7
Sana29.05.2022
Hajmi121,21 Kb.
#617696
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bashoratlashda ekonometrik modellardan foydalanishi


Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bashoratlashda ekonometrik modellardan foydalanish

Reja

1.Ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlashning umumiy tushunchalari va ob’ektlari.


2.Bashoratlash usullari va ularning turlari.
3.Ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida bashoratlash uslubiyoti.

1.Ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlashning umumiy tushunchalari va ob’ektlari
Bashorat - bu ehtimol yo‘nalishlar, ob’ektlar va hodisalarning rivojlanishi natijalari. Prognozlash - bu ob’ektni rivojlantirish istiqbolini belgilab beradigan maxsus ilmiy tadqiqotlardir.
Prognozlash nima bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi; rejalashtirish - bo‘lishi shart degan ma’noni bildiradi.
Bashoratlash sohalari juda keng: geografik, geologik, ekologik, iqtisodiy, sotsial, tashqi-siyosiy, yuridik va h.k.
Iqtisodiy bashoratlash - bu iqtisodiy qonunlarga ilmiy yondoshgan holda iqtisodiy tizimlarni prognozlarini tuzish jarayonidir. Iqtisodiy tizimni boshqarish sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin:

Avvalo iqtisodiy tizimni rivojlanishini maqsadi aniqlanadi. Quyidagi maqsadga kelajakda bo‘lishi mumkin holatlari o‘rganilib prognoz qilinadi. Eng samarali tanlangan rivojlanish variantlari, kompleks dasturlarni tuzilishiga informatsion baza sifatida qo‘llanib, prognoz qilingan holatga tizim erishish uchun, qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerakligini dastur ko‘rinishida tuzib olinadi.
Bashoratlash avvalo, rejalarning ilmiy asoslanganligini oshirish uchun taraqqiyot maqsadlaridan biriga erishishga qaratilgan konkret reja yoki kompleks dasturni tekshirish asosi tarzida qaraladi. Ishning bu bosqichi reja echimlarining, shuningdek iqtisodiy tadbirlar tizimini o‘tkazish muddatlarining izchilligini tanlash va asoslash imkonini beradi.
Bashoratlash jarayoni ob’ektni tahlilidan boshlanadi. Bu tahlil ob’ektni tanlash, prognozlash maqsadida, ob’ektga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, uning tarkibi, boshqarish usullarni o‘rganishdan iborat. Iqtisodiy tizim juda katta va murakkab bo‘lgani uchun uni o‘rganishda tizimli tahlil usuli qo‘llanadi.
Bu usulni asosiy prinsiplari quyidagicha:
1. Murakkab tizim juda ko‘p elementlardan iborat. Bu elementlar bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, murakkab strukturani tashkil etadi.
2. Murakkab tizim yaxlitlik xususiyatiga ega. Bunday tizimlar har doim maqsadga intilgan bo‘ladi, samarali holatga erishishga harakat qiladi.
3. Tizim kirish va chiqish yo‘llari orqali tashqi muhit bilan bog‘langan.


Xt Yt

Faraz qilaylik tizim holatini aniqlaydigan 3 vektor ma’lum bo‘lsin.


Xt = (X1, X2,..., Xm)t St = (S1, S2,…, Sk)t
Yt = (Y1, Y2,..., Yn)t
Tizimni chiqish holati kirish parametrlari va tizimni ichki holati bilan quyidagicha bog‘langan:
Yt = f (Xt, St)
Bu yondoshuv ekonometrik modellashtirishda qo‘llaniladi.
4. Har bir murakkab tizimni elementlarga bo‘lish mumkin. Masalan: Xalq xo‘jalikni elementlari bu tarmoqlar, korxonalar elementlari - bo‘limlar va h.k. Tizimni elementlari ierarxiya prinsiplariga bo‘ysunadi.
5. Murakkab va katta tizimlarni to‘liq tasvirlash, izohlash juda qiyin, shuning uchun ularni boshqarishda, pronozlashda ma’lum bir ehtimollik nazarda tutiladi.
Ishlab chiqarish funksiyalar bo‘yicha prognozlash uchun ketma-ket bir nechta bosqichlardan o‘tish lozim:
1. Berilgan ma’lumotlar asosida korrelyasion tahlil o‘tkaziladi:
a) xususiy korrelyasiya koeffitsientlar matritsasi hisoblanadi;
b) juft korrelyasiya koeffitsientlari matritsasi hisoblanadi.
2. Korrelyasion tahlil natijasida tanlangan omillar asosida regressiya tenglamasi quriladi;
3. Qurilgan tenglama quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
a) Fisher mezoni;
b) Styudent mezoni;
v) Darbin-Uotson mezoni;
g) Ko‘plik korrelyasiya koeffitsienti;
d) Determinatsiya koeffitsienti;
e) approksimatsiya xatoligi.
4. Qurilgan tenglama mezonlarga mos kelsa, keyin asosiy ko‘rsatkich tenglama asosida prognoz davri hisoblanadi.
5. Ishlab chiqarish funksiyasini asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
a) o‘rtacha unumdorlik omillari;
b) chegaraviy unumdorlik omillari;
v) resurslar bo‘yicha elastiklik koeffitsientlari;
g) resurslarga talab;
d) resurslarni almashtirish chegaralari.



Download 121,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish