MAVZU: “BUXGALETRIYA HISOBINING PREDMETI, METODI VA
UNING
ELEMENTLARI”
Maqsad:
Buxgalteriya hisobining predmeti, korxona va uning faoliyat
ko’rsatish shartlari , buxgalteriya hisobining usuli (metodi)
va uning elementlari
haqida talabalarda bilim va ko’nikmalarini boyitish, shakllantirish.
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1.
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida» Qonun, 1996 y. 30-avgust.
2.
Natsionalnie standarti buxgalterskogo ucheta Respubliki Uzbekistana.
Assotsiatsiya buxgalterov i auditorov Uzbekistana. Tashkent – 2002 g.
3.
O’zbekiston respublikasi buxgaletriya hisobining milliy standartlari BHMS.
21sonli, Tarjimonlar: prof. A.Sotvoldiev va O.Masharipov. toshkent – 2002
g.
Ishning mazmuni:
Reja:
1.
Buxgalteriya hisobining predmeti
2.
Korxona va uning faoliyat ko’rsatish shartlari
3.
Buxgalteriya hisobining usuli (metodi) va uning elementlari
1. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI
Korxona, tashkilot va muassasalarda buxgalteriya hisobi xo’jalik faoliyatini
kuzatish, boshqarish va nazorat qilish maqsadida yuritiladi. Buning mazmunida
ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish yotadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish o’z
navbatida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga bo’linadi.
Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi)ga
moddiy boyliklarni
ishlab chiqaruvchi (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) hamda
moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga
etkazib berish
bilan band bo’lgan (savdo va umumiy ovqatlanish) tarmoqlari kiradi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish - korxonaning fondlaridan, ya’ni
ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo’lgan moddiy va pul mablag’laridan
foydalanish yo’li bilan amalga oshiriladi. Mulkchilikning har xil shakllaridagi
korxonalarga zarur bo’lgan mablag’lar ma’lum manbaalar (davlatniki
- davlat
resurslari hisobidan, jamoaniki
pay badallari hisobidan, aktsiyadorniki -
aktsiyadorlar resurslari hisobidan va ko’shma korxonalarniki - muassislarning
badallari hisobidan) hisobidan shakllanadi. Ishlab chiqarish - taqsimot, aylanish
va iste’mol jarayonlariga xizmat qilaturib, korxonalar fondlari uzluksiz doirada
aylanishni amalga oshiradi. Shuning uchun, buxgalteriya
hisobi bu erda moddiy
boyliklarni yaratishga yo’naltirilgan doira va aylanishi jarayonidagi korxonaning
fondlari (mablag’lari)ning holatlari va ulardan foydalanishni samarali
boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotni shakllantiradi.
Noishlab chiqarish sohasini aholiga xizmatlar bajaruvchi tarmoqlar tashkil qiladi.
Bularga sog’liqni saqlash, xalq ta’limi, san’at hamda
davlat boshqarmalari va
mudofaa muassasalari kiradi. Noishlab chiqarish sohasida garchi mahsulot ishlab
chiqarilmasa ham, u ishlab chiqarish sohasiga o’zining natijalari orqali ijobiy ta’sir
qiladi.
Noishlab chiqarish sohasi tashkilotlari va muassasalarining xo’jalik faoliyatlari,
ularga davlat byudjetidan ajratilgan hamda o’zi ishlab olgan mablag’lardan qay
darajada samarali foydalanilayotganini boshqarishdan iborat. Shunday qilib,
noishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish sohasida
yaratilgan ijtimoiy
mahsulotni taqsimoti (qayta taqsimoti) va iste’moli sodir bo’ladi. Demak,
buxgalteriya hisobi noishlab chiqarish sohasiga ajratilgan mablag’larning holati,
sarflanishi haqida axborotlarni shakllandiradi.