Raymond Murphy Red (qizil) unit 1-50


UNIT 3. Present continuous - Davomiy hozirgi zamon



Download 115,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana08.06.2022
Hajmi115,53 Kb.
#644553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
[@noldan ingliz tili] NEW Raymond Murphy 1-50

UNIT 3. Present continuous - Davomiy hozirgi zamon 
Avvalo, bizga "verb" (fe'l) - harakatni ifodalovchi so'z kerak bo'ladi. Masalan: eat - yemoq. 
Fe'llarni har xil zamonlarga mos ko'rinishlari bo'ladi: yedi, yeyayotgan edi, yeyyapdi, yeydi va 
hokazo. Bugungi darsimizda "yeyyapti" deyishni, ya'ni davom etayotgan hozirgi zamonni 
o'rganamiz. Buning uchun fe'lga "ing" qo'shimchasini qo'shish kerak bo'ladi: 
He is eating - U ovqatlanyapdi. 
Eat - eating. 
Davomiy hozirgi zamonda am/is/are qo'shimchalari ishlatilishi shart! 
Quyidagi kabi so'zlarda "ing" qo'shilishi bilan e harfi tushib qoladi: 
come (kelmoq) - coming 
smoke (chekmoq) - smoking 
write (yozmoq) - writing. 
Quyidagi kabi so'zlarda oxirgi harf ikkita bo'lib qoladi: 
run (yugurmoq) - running 
sit (o'tirmoq) - sitting 
swim (suzmoq) - swimming 
Quyidagi kabi so'zlarda ie o'rniga y qo'yiladi: 

lie (yotmoq) - lying


die (o'lmoq) - dying
Boshqa ko'p so'zlarda hech qanday o'zgarishsiz "ing" qo'shilaveradi:
read - reading (o'qiyapdi)
learn - learning (o'rganyapdi)
watch - watching (tomosha qilyapdi).
UNIT 4. Present continuous questions 
Question - savol. Ya'ni, davomiy hozirgi zamon fe'lida savol berishni o'rganamiz. 
Esimizda bo'lsa, 2-darsda darak gapni so'roq gapga o'zgartirish uchun "To be" (am/is/are) fe'lini 
otdan oldinga o'tkazishni o'rgangan edik. Bu ham xuddi shunday bo'ladi. "He is walking" (U 
yuryapdi) bo'lsa, "Is he walking?" (U yuryapdimi?) bo'ladi. 
Har bir gapda what, who, where, how kabi so'roq so'zlar ko'pincha gapning avvalida keladi. 
Keyin "To be" fe'li, keyin subject (ot) keyin verb (harakat so'zi) yoziladi. 
What are the children doing? - Bolalar nima qilishyapdi? 
Why is she crying? - U (ayol) nimaga yig'layapdi? 
UNIT 5. Present simple - oddiy hozirgi zamon 
Ingliz tilida oddiy hozirgi zamon juda ko'p ishlatiladi. 1-, 2-shaxsda va 3-shaxsning ko'pligida 
oddiy hozirgi zamon hech qanday qo'shimcha talab qilmaydi Masalan: 
1. I like a school - men maktabni yoqtiraman. 
2. We usually drink tea - biz doim choy ichamiz. 
3. You work in the shop - siz do'konda ishlaysiz. 
4. They children play in the home - u bolalar uyda o'ynashadi. 
E'tibor beramiz, oddiy hozirgi zamon ayni paytda sodir bo'layotgan holatni bildirmayapdi. 
Odatdagi holatni ifoda qilyapdi. Ya'ni, hozirda shunday bo'lyapdi emas, odatda shunday bo'ladi 
deb tushunamiz. Hozirda bo'layotgan hodisani o'tkan darsimizda aytganimizdek "ing" 
qo'shimchasi bilan ifodalaymiz va u davomli hozirgi zamon deyiladi. Hozirgi darsimiz esa oddiy 
yoki odatiy hozirgi zamon desak ham bo'ladi. 
Odatiy hozirgi zamon 3-shaxs birlikda (he/she/it) kelsa harakatni bildiruvchi so'zning oxirgi 
harflariga qarab ies, es yoki s qo'shiladi. Oxiri s, ch, sh harflari bilan tugagan so'zlarga "es" 
qo'shiladi. Shuningdek "go" va "do" kabi so'zlarga ham "es" qo'shiladi. Study, carry kabi so'zlarda 
"y" tushib qolib, "ies" qo'shiladi: studies, carries. Boshqa so'zlarda "s" harfi qo'shiladi: plays, 
works, reads. 
Have so'zi 3-shaxs birlikda "has" so'ziga aylanadi. 




Download 115,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish