Raxmatova xayrixon muhayyoxon hamidova ta`lim-tarbiya jarayonlarida o’quvchilarga milliy qadriyatlarni singdirish



Download 472,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana21.07.2022
Hajmi472,86 Kb.
#835220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qadriyqt uslubiy qo\'llqnma. Х.Рахматова


BOB. 
BOSHLANG’ICH 
SINF 
O’QISH 
DARSLARIDA 
 
O’QUVCHILARNING 
MILLIY 
QADRIYATLAR 
HAQIDAGI 
 
 
TUSHUNCHALARNI 
SINGDIRISH 
1.1. SHARQONA TARBIYANING O’ZIGA XOS JIHATLARI 
Sharqona tarbiya tushunchasi Sharq mamlakatlari xalqlariga 
mansub bo’lgan xislatlarni o’zida ifoda etadi. Tarixiy manbalarning 
ko’rsatishicha, moddiy va ma’naviy madaniyat maskanlari qadim 
zamonlardan beri Yaqin, O’rta va Uzoq Sharq mamlakatlarida 
vujudga keladi. Misr, Suriya, Iroq, Iordaniya, Turkiya, Yamaq, Sudan, 
Quvayt va boshqalar Yaqin Sharq mamlakatlaridir. O’rta Sharq esa 
Eron, Afg’oniston, Movarounnahr, Birma, Vetnam, Indoneziya, 
Tayland, Hindiston va boshqalarni, Uzoq Sharq - Xitoy, Yaponiya
Koreya, Rossiya Uzoq Sharqi mamlakatlarini o’z ichiga oladi. 
Sharq xalqlarining barchasida xos bo’lgan fazilatlar mavjud 
bo’lib, ular jumlasiga xalqlarning vazminligi, sabr-toqatli bo’lishi, 
ijtimoiy muammolarni kelishuv yo’li bilan hal etish, foydali mehnat 
faoliyati bilan muntazam ravishda shug’ullanib borish, mehribonlik, 
birdamlik va boshqalar kiradi. 
Insoniyat hayotida tarbiyaviy ahamiyatga molik bo’lgan bunday 
hislatlar - insonni sabr-toqatli, irodali, o’tkir fikrli, jismonan baquvvat 
va ruhan egilmas, mehr-muruvvatli bo’lishini ifodalaydi. 
Xalqlar o’rtasidagi mehr-oqibat va muruvvat singari fazilatlar 
mavjudligi haqida rivoyatlar keltiriladi. Ularning birida aytilishicha, 
boylikda tengi yo’q bir inson befarzand bo’lib, umr yo’li yaqinlashib 
qolganda Yaratgandan farzand so’rab ko’p yalinibdi. Hech bo’lmasa 


13 
farzandi bor degan nomga ega bo’lay degan nolasiga, farzanding 
bo’ladi, faqat u 3 kun yashaydi, deb javob kelibdi. Nihoyat, chol 
farzandli bo’libdi va shu kundan boshlab xalqqa osh beribdi, 
muhtojlarga mehr qo’lini cho’zibdi. Bunday ishlar har kuni davom 
etaveribdi, kunlar va oylar o’tib, chaqaloq ulg’aya boshlabdi. 
Kunlarning birida cholga Yaratgandan “Sening mehr-muruvvating 
taqdiringni o’zgartirdi”, - degan xabar berilgan ekan. 
Sharq mamlakatlarining qimmatli imkoniyatlari G’arbning 
diqqatini o’ziga tortgan va uzoq vaqt davomida ular Sharqqa tomon 
o’zlarining yurishlarini tashkil etganlar. 
O’zbek xalqi azaldan kamtarligi, bosiqligi, qanoatliligi, xayoliligi 
bilan o’zgalar diqqatini tortib kelgan. “Kamtarga kamol” degan naql 
ham bejiz aytilmagan. Alisher Navoiy o’zining “Hayratul abror” 
dostonida shunday g’oyalarni bayon etadi: “Agar senga osmonning 
kuch-g’ayrati nasib bo’lsa ham, yer yuzida kamtarlikni tanla. G’am-
g’ussa yuki seni tog’dek ezib tursa ham, uning ostida tuproqdek tura 
ber. Boshingga toshlar yomg’irdek yog’ilsa ham binafsha kabi 
boshingni yuqori tutib tura ber”. 
Sharqona tarbiyaning asosiy yo’nalishlari mahallada o’zining, 
yorqin ifodasini topgandir. Eng avvalo, bola tarbiyasi oilada, bolalar 
bog’chasida, maktabda, mahallada jamoatchilik hamkorligida 
shakllantiriladi, odoblilikka o’rgatiladi. Shuning uchun ham “Bir 
bolaga yetti mahalla tarbiyachi” degan naql uzoq yillar mobaynida 
yashab keladi. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ham mahallaning 
o’rniga alohida munosbatda bo’ladilar: “Mahalla, ta’bir joiz bo’lsa, 
kishilik jamiyatida alohida tarbiyaviy ahamiyatga molik bo’lgan 


14 
o’ziga xos maskandir. Bu noyob
 
tajriba aholining mahalla bo’lib 
yashash tarzi jahonning boshqa mamlakatlarida kam uchraydi. 
Shuning uchun ham insonni jamiyat bilan birga yashashga 
o’rgatadigan, shu ruhda tarbiyalaydigan birlamchi va beqiyos makon 
— bu mahalladar”. 
Sharqona taryiyaning muhim jihatlaridan yana biri bolaga yaxshi 
nom qo’yish bo’lib, bu uni chaqirganlarida uyaladigan bo’lmasligi 
kerak. Nomning mazmuni ham insonni ulug’lovchi fazilatga ega 
bo’lishi lozim. Masalan, Nurislom, Faxriddin, Elbek, Xurshid, 
Jonibek, Ulug’bek, Alisher singari ism sohiblari bu nomni faxr bilan 
ko’tarib yuradilar. Buning uchun ota-onalaridan mamnun bo’ladilar. 
Yaxshi nom topish esa muammo bo’lmay qoldi. “O’zbek ismlari”, 
“Ismingizning ma’nosini bilasizmi?” singari kitoblar nashr 
etilgan. 
Sharqona tarbiyaning asosiy mezonlaridan biri — ota-onaning 
hurmatini joyiga qo’yishdir. Har bir aqli-hushi joyida bo’lgan farzand 
buni o’zining asosiy majburiyati deb hisoblaydi. Ota-onaning 
ko’nglini topib, xizmatini bajo keltirib, duolarini olgan farzandlar 
hech qachon kam bo’lmaydilar. Alisher Navoiy bobomizning “Otang 
oldida boshingni fido qilib, onang uyin jismingni sadaqa qilsang 
arziydi” degan nasihati barcha yoshlarning shiori bo’lishi, amaliy 
dastur etib berilishi lozim. Afsuski, hayotda bunga amal qilmaydigan 
kimsalarning topilishi achinarlidir. 
Asrlar mobaynida shakllangan va hayotimiz mazmuniga aylanib 
qolgan insoniy fazilatlardan biri bo’lgan qanoatlilik, sabr-toqatlilik 
ham alohida qimmatga egadir. “Sabr qilsang, g’o’radan halvo bitadi” 


15 
degan naql ham bejiz aytilmaganligi hammaga ayondir. Qanoatli 
odam - odamlarning yaxshisidir, qanoatli odam boylarning boyidir
degan fikrlar ham alohida ahamiyatga molikdir. “Hayrat ul abror” 
asarida ko’rsatilishicha, “Qanoat insonni boy qiladi, haqiqiy boylik 
qanoat go’shadir, qanoat oltini hech qachon yo’qolmaydi, kulbada 
qanoat qilib o’tirgan darvesh ta’magir podshohdan afzaldir”. 
Xalqimizga xos asosiy fazilatlardan biri xayr-ehson qilish va sahovatli 
bo’lshidan iboratdir. Insonning eng go’zal fazilati bo’lgan sahiylikni 
hech qanday moneliksiz amalga oshirish davr talabi bo’lib qoldi. 
Sahiylikni bajarib kelgan inson savobli ishlarni ham ko’plab amalga 
oshiradi. “Savobli ishni har kim va har kuni qilishi kerak” degan hayot 
normasi ham o’z yashovchanligini ko’rsatib kelmoqda. Lekin sahiylik 
ko’rsatish ishlarini ham o’z me’yori borlig’ini unutmasligimiz zarur. 
Mahalla-ko`y, 
qo’ni-qo’shnilar o’rtasida qadimdan saqlanib 
kelayotgan an’analardan sahiylik normalarini o’rganib olishimiz shart. 
Alisher Navoiy bobomizning fikrlari bilan aytganda, “Kim sahiylik 
qilishga haqli ekan, nom chiqarish uchun gavharni, hovuchlab 
sochish, maqtanish uchun yetaklab gul berish aqlli ishdan uzoq”. 
Yurtboshimiz bu xususida quyidagi fikrlarni ilgari suradilar: 
“O’zbek xalqi azaldan jamoa tuyg’usiga moyil. Xalqimizga nisbatan 
aytilgan bu ibora zamirida chuqur ma’no yotadi. Jamoa tuyg’usi 
bo’lmagan xalqda sahiylik ham bo’lmaydi. Sahiylik bo’lmagan yerda 
o’rtadan mehr-oqibat ko’tariladi, Jamoa tuyg’usidan sahovatlilik kelib 
chiqadi. Jamoa tuyg’usiga moyillik xalqimizning birinchi fazilati 
desak, yanglishmagan bo’lamiz. Uning fe’l-atvori shunday, zuvalasi 
shunday qorilgan”. 


16 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ma’naviy iqlim sog’aydi, 
umuminsoniy 
qadriyatlarga 
intilish 
kayfiyati 
rivojlandi. 
Ma’naviyatimizni yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotgan 
musulmonchilik, xalqimiz soddagina qilib “o’zbekchilik” deb 
ataydigan mehru-oqibat, o’zaro yordam va hurmat, o’zgalarning 
dardiga hamdard bo’lish kabi oliyjanob fazilatlar qaror topib, 
qalbimizdan mustahkam joy olib kelayotgani ayni haqiqatdir. 
O’zbekchilik bu millatchilik degan ma’noni bildirmaydi. U odamni 
hurmat qilish, uning ishlarini qo’llab-quvvatlash, xizmatini e’tirof 
etishdir. 
Akademik shoir G’afur G’ulom Ikkinchi jahon urushi yillarida 
boshpanasiz qolgan oilalar, yetim-yesirlar, badarg’a qilingan 
kishilarga xalqimiz tomonidan ko’rsatilgan mehribonlikni ifodalab
ularga qarata “Istagan narsangni tayyorlaguvchi, Xalq bor -otang bor, 
qo’rqma jigarim”, - deb baralla kuylagan edi. 
O’z izzati va qadrini yaxshi bilgan inson hech qachon millat 
ajratmaydi. 
Yurtboshimizning 
fikrlari 
bilan 
aytganda, 
“O’zbeklarimizning 
boshqa 
xalqlarga 
munosabati 
ijobiydir. 
Yurtimizda yashayotgan boshqa xalq vakillariga odilona qarash, 
ularga mehribonlik qilish biz uchun ma’naviy burchga aylangan”. 
Mamlakatimiz fuqarolarni sharqona tarbiyaning asosiy yo’nalishlarini 
shakllantirish va rivojlantirish uchun munosib sharoit yaratishga o’z 
hissalarini qo’shishlari lozim. Yosh avlodni barkamol va fidoyi 
farzandlar bo’lib ulg’ayishlariga munosib hissa qo’shish, Vatan 
oldidaga mas’uliyatini oshirish uchun kurashishlari kerak. 
Mamlakatimiz xalqlarining birgalikdagi kurashlari oqibatidagina 


17 
jahon hamjamiyatida o’z o’rnimizni egallashimiz mumkin. 
“Yurtimizning barcha aholisi O’zbekistonni yagona va aziz yurtimiz 
deb bilishi, o’z taqdirini Vatan taqdiri bilan uzviy bog’lab 
kurashmog’i, mehnat qilmog’i darkor”, - deb ta’kidlagan edi 
yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev.- Sharqona tarbiyani shakllantirshning 
yo’llari mustaqillik yillarida aniq belgilab olindi va dadillik bilan 
rivojlantirilmoqda. Davlatimiz o’zining kelajagini belgilovchi ustuvor 
siyosatini ilm-ma’rifatga asoslangan holda olib bormoqda. Faqat 
ma’rifat yo’li bilan kelajak avlodni tarbiyalash mumkin. 
Xalqimiz qadim zamonlardan beri ilm-ma’rifatga intiluvchiligi, 
ma’naviyati bilan ajralib turadi. Bunday g’oya muqaddas “Avesto”dan 
tortib Qur’oni Karimning nozil bo’lishigacha davrda shakllangan va 
bu 
sohada 
aniq 
vazifalar 
belgilab 
olingan 
edi. 
Jabroil 
Alayhissalomning 
“O’qi, 
o’qi, 
o’qi” 
deya 
Muhammad 
payg’ambarimizga qilgan da’vatlari o’zining qanchalik kuch-qudratga 
ega ekanligini ko’rsatdi. Hazrat payg’ambarimiz ana shu davrdan 
boshlab ma’rifatparvarlik, ilmsevarlik faoliyatini avj oldirib yubordi. 
Uning quyidagi fikrlari hamma uchun dasturi amal bo’lib xizmat 
qiladi: “Ilmni egallang. Ilm sahroda — do’st, hayot yo’llarida — 
tayanch, yolg’izlikda - yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg’uli 
onlarda - madadkor, odamlar orasida zeb-ziynat, dushmanlarga qarshi 
kurashda – quroldir”. 
Ilm-fanning islomiy yo’nalishlar bilan rivojlanib kelganligi, 
minglab otaxon ajdodlarimiz shu yo’nalishdagi iste’dodlari bilan 
dunyoni zabt etganligini faxr bilan eslash quvonchlidir. Shu o’rinda 
yurtboshimizning ushbu qimmatli fikrlarini keltirib o’tish maqsadga 


18 
muvofiqdir: “Ilmu fanda ham haqiqiy olim bo’lish uchun kishiga 
Yaratganning o’zi nazar qilgan bo’lishi kerak”. 
Komil inson fazilatlaridan bo’lgan chuqur ilmiy dunyoqarashga 
ega bo’lish, unga erishmoq uchun ko’p o’qish va o’rganish, 
bilmaganlarini bilib olishi shart. Ilmning chegarasi yo’qligi haqidagi 
qimmatli g’oyalar mo’tabar donishmandlarimiz tomonidan yozib 
qoldirilgan. Masalan, ilmlarning hammasini egallab olgan Abu Ali ibn 
Sino “Jahonda qolmadi men bilmagan fan, na mushkul bo’lsa yechdim 
donish bilan”, deb yozish bilan birga, “Ilmim shu darajaga yetib 
bordiki, ilmsizligimni endi tushunib yetdim” deyish bilan 
mag’rurlanishdan o’zini saqlab qoldi. O’zining ilmiy dunyoqarashini 
oshirmoq yo’liga kirgan har bir yigit-qiz ilm olishda sabr-toqatli 
bo’lishi, ustozlarining berayotgan saboqlarini qunt bilan egallab olishi, 
o’z ustozlarini doimo hurmat qilishi shart. Alisher Navoiy 
bobomizning “Bilmaganni so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ramagan 
o’ziga zolim” degan nasihatini hech kim, hech qachon unutmasligi 
darkor. 

Download 472,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish