Raxmatova xayrixon muhayyoxon hamidova ta`lim-tarbiya jarayonlarida o’quvchilarga milliy qadriyatlarni singdirish



Download 472,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana21.07.2022
Hajmi472,86 Kb.
#835220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qadriyqt uslubiy qo\'llqnma. Х.Рахматова

Raxmatova X., Hamidova M.
Ta`lim-tarbiya jarayonlarida o’quvchilarga milliy qadriyatlarni singdirish: 
uslubiy qo’llanma. -Namangan, 2018.- 104 b. 
 
 
 



KIRISH 
O`zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida mustaqqillik yillari 
davomida tub o`zgarishlar vujudga kelmoqda. Milliy qadriyatlarni 
tiklash, milliy ma'naviyatni yuksaltirish, ayniqsa, sharqona odob-axloq 
an'analariga e'tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. O`lkamizda 
buyuk rejalar va bunyodkorlik ishlari tarixiy an'ana va tajribalarga 
asoslanib aql-idrok va sabr-qanoat hamda sobitqadamlik bilan amalga 
oshirilmoqda. 
Shu o`rinda, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimovniig: “Shuni aytishimiz lozimki, xalqimiz ma'naviyatini 
yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujjassam 
bo`lgan mehr-oqibat, insonni ulug`lash, tinch va osoyishta hayot, 
do`stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal 
qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda” 
degan fikrlarini eslatishni o`rinli deb hisoblaymiz. 
Oliy, o`rta-maxus, kasb-hunar va umumiy o`rta ta'lim tizimida 
tahsil olayotgan yoshlarning ma'naviy dunyosini boyitish, ularni 
Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, qolaversa, o`zimizga xos bo`lgan 
milliy urf-odatlarni, marosimlar (rituallar)ni yoshlarga singdirish 
orqali ma'naviy jihatdan yetuk insonni tarbiyalash, ta'lim-tarbiya 
jarayonini takomillashtirish, milliy uyg`onish g`oyasini ro`yobga 
chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish shu kunning dolzarb 
masalalaridan biri desak, mubolag`a bo`lmaydi. 
Ushbu uslubiy qo’llanmada sharqona an'analar, urf-odat, 
marosimlar, shuningdek, ularning kelib chiqish tarixi va tarbiyaviy 
ishlardagi ahamiyati to`g`risida so`z yuritilgan. 



Rituallar eng qadimiy davrlardan boshlab shakllana boshlagan. 
Asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib, juda keng tus olgan va 
bebaho merosga aylangan rituallar ko`p. Rituallar din paydo 
bo`lgunga qadar paydo bo`lgan. 
Lekin rituallarning ma'lum qismi tarixning “sovuq shamollari”- 
bosqinchilar va turli tarixiy shaxslar - hukmdorlar tazyiqiga uchrab, 
ularni nohaq ravishda yo`qotishga urinishlar bo`lgan. Lekin ular ayrim 
qarama-qarshiliklarni yengib, ko`pgina fazilatlardan ajralsa-da, 
butunlay yo`qolib ketmagan, ba'zilari esa xalq hayotidan mustahkam 
o`rin olib, bizning zamonamizgacha yetib kelgan. 
Xullas, eng qadimiy davrlardan xalq ommasi ehtiyoji bilan 
shakllana borgan, ijtimoiy zarurat asosida rivojlangan, muayyan
vaqtlarda ta'qiqlangan, katta qarama-qarshiliklar, to`siqlarni yengib, 
boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan rituallar uzoq va boy 
tarixga ega. 
Ibtidoiy jamoa davridan boshlab paydo bo`lgan rituallar o`sha 
davr odamlari tomonidan o`z davrining nafasini, dunyoqarashini, 
mehnat faoliyatini, madaniyatini, turli odatlarini, marosimlarini, 
ijtimoiy munosabatlarini saqlab qolish va keyingi avlodga yetkazish 
maqsadida yoshlarga o`rgatilgan va ular bizgacha turli kuy, qo`shiq, 
hikoya, afsona, she'r va o`yinlar orqali yetib kelgan. 
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, ibtidoiy davrda ovchilar 
o`yinlari, harbiy o`yinlar, diniy va ilohiy o`yinlar, ayiq va turli boshqa 
hayvonlar ovi o`yinlari ko`plab qo`llanilgan. Bunday o`yinlarni 
amalga oshirishning o`ziga yarasha tartib-qoidalari ishlab chiqilgan. 
Takomillashuv natijasi bilan ulardan ortiqcha harakatlar olib 



tashlangan va oqibatda ushbu o`yinlarning o`ziga yarasha marosim 
(tartib, ritual)lari paydo bo`lgan. Keyinroq, ya'ni ibtidoiy davrda 
dehqonchilikka 
o`tilgach, 
ushbu 
faoliyatga 
bog`liq 
bo`lgan 
marosimlar paydo bo`la boshlagan. Jumladan, mehnat o`yinlari, 
yomg`ir chaqirish, bevaqt sovuq tushsa “Quyoshga sig`inish”, omad 
kelmaganda “qurbonlik qilish” va boshqa marosimlar. 
Sekin-astalik bilan yoshlarni sog`lom, baquvvat, vatanparvar 
bo`lishlari uchun “erkaklikka o`tish”, ya'ni turli sinovlardan, 
qiynoqlardan o`tish, o`zining hayotga tayyorligini, kuchini namoyish 
etish kabi marosimlar paydo bo`la boshlagan. Har bir marosim 
o`zining tarbiyaviy va ta'limiy ahamiyatiga ega bo`lgan. Ularning har 
biri odamlar tarbiyasi, bilimi, hayotiy tajribalarining ortishiga yordam 
bergan. Rituallar yillar davomida xalq orqali takkomillashib borgan va 
aniq hatti-harakatlar bilan belgilangan marosimlarga aylangan. 
Ritual (lotin so`zidan “marosim”) - xulq-atvorning tarixiy shakli 
bo`lib, o`zaro ijtimoiy va madaniy munosabatlarni, qadr-qimmatni 
anglatuvchi bir maromga keltirilgan harakatlar tizimidir. 
Bu tushuncha bilan birga, ritualga yaqin bo`lgan an'ana, odat, 
marosim tushunchalari haqida ham bir oz to`xtalib o`tamiz. 
An'ana - o`ziga xos ijtimoiy hodisa bo`lib, kishilarning ongida, 
hayotida 
o`z 
o`rnini 
topgan, 
avloddan-avlodga 
o`tadigan, 
takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umuman yoki ma'lum 
guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalar. 
Odat (“urf-odat”) - kishilarning turmushiga singib ketgan 
ma'lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko`pchilik 
tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari, ko`nikma. 



Masalan: 
-
kichiklarning kattalarga salom berishi; 
-
erta turib uy-hovlini tartibga keltirib qo`yish; 
-
mehmonlarga alohida hurmat ko`rsatish; 
-
bayram arafasida kasal, ojiz va qiynalganlardan xabar olish; 
-
yor-birodarlarnikiga hasharga borish kabilar o`zbek xalqining 
yaxshi odatlari hamon mavjud. 
Agar an'ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning hamma 
sohalariga xos bo`lib, hodisalarning juda keng doirasini qamrasa, odat 
ijtimoiy hayotning: 
-
kishilar turmushi; 
-
mehnati; 
-
xulq-atvori; 
-
muloqoti; 
-
oilaviy munosabat sohalarida ko`proq mavjud bo`ladi. 
Marosim - ko`pincha an'ana va urf-odatning tarkibiy qismi 
bo`lib, inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan 
rasmiy va ruhiy ko`tarinkilik, tantanavor vaziyatda o`tadigan, shu 
bilan birga o`zining umumiy qabul qilingan ramziy harakatlariga ega 
bo`lgan hayotiy tadbir. Masalan: 
-
ism qo`yish; 
-
nikohdan o`tish; 
-
dafn qilish; 
-
xotirlash; 
-
urug` qadash; 



- o`rimga kirish va boshqa shu kabilar marosimlar qatoridan 
o`rin 
olishi mumkin. 
Odat kundalik hayotning turli vaqtida uchrashi mumkin bo`lsa, 
marosim inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo`lganda vujudga 
keladi va uning asosiy burilish daqiqalari (masalan: tug`ilish, uylanish, 
o`lim kabilar)ni qayd etadi, rasmiylashtiradi. 
Marosimning avloddan-avlodga o`tadigan o`ziga xos ramziy va 
rasmiy harakatlari, qoidalari mavjud. 
Marosimda bo`layotgan voqeaga, «guvoh» sifatida odamlar 
chaqirilgan, ular dardga yoki quvonchga sherik bo`lishgan, kelajak 
uchun yaxshi niyatlar qilishgan. 
Har bir marrsimning o`ziga xos umumiy qabul qilingan tuzilishi 
(boshlanishi, o`rtasi, oxiri) bo`ladi. 
Ko`pincha an'ananing tarkibiy bo`lagi odat, odatning muhim bir 
qismi marosim bo`ladi. Shu sababli, inson hayotida bo`lib o`tadigan 
yoki bo`lib o`tayotgan muhim voqeaning turmushda burilish 
yasaydigan «nuqtalari»ni nishonlash jarayonida ham an'ana, ham odat, 
ham marosim sodir bo`lishi mumkin. 
Masalan, yoshlar voyaga yetganda, yigitlar uylanishi, qizlar 
turmushga chiqishlari kerak. Buni avloddan-avlodga o`tib keladigan 
an'ana desak bo`ladi. 
Bir-birini sevgan yigit-qizning oila qurishi uchun nikoh to`yi 
o`tkaziladi. Bu, o`z navbatida, insoniyat hayotiga singgan, muayyan 
qoidaga va ma'lum tartibga ega bo`lgan urf-odat (lekin, har bir 
millatda bu urf-odatlar har xil) hisoblanadi. 



Nikoh to`ylarining asosiy shartlaridan biri kuyov va kelinni 
nikohdan o`tishlaridir. Nikohning zamonaviy shakliga ko`ra - 
mashinada yurish, guvohlar bilan nikoh ro`yxatidan o`tish, uzuk 
taqish, nikohlovchi xodimlarning savollariga javob berish, hujjatlarga 
imzo chekishlar bajariladi. Nikoh - rasmiy va tantanali ravishda 
o`tadigan marosim. 
Yuqorida aks ettirilgan jarayonlar - kelin-kuyov, ularning 
qarindosh-urug`lari yoki do`stlari uchun bayramga aylanishi mumkin. 
To`y kechasining o`tkazilishi, barcha tanishlar va qarindoshlarning 
taklif etilishi bu bayramga yanada tantanali tus beradi. 
“An'ana”, “odat”, “marosim” tushunchalarining izohi bir-
birlariga bog`liq bo`lishi bilan bir qatorda, an'analarning tarkibiy 
qismi - marosim bo`lishi mumkin. 
Masalan: 
- ta'lim muassasasini bitirgan yosh mutaxasislarning ishlab- 
chiqarishga borib, ish boshlashi, odat tusiga kirib qolgan; 
-
har yili bu muhim voqeaga bag`ishlangan an'anaviy tadbirlar 
tashkil etish mumkin; 
-
bu odatning tarkibiy qismi - yoshlarni tantanali ravishda 
ishchilar safiga qabul qilish o`z-o`zidan marosimga aylanadi. 
Marosimlar: 
-
chigit qadash; 
-
ishchilar sinfiga qabul qilish; 
-
yangi korxona, firma, markazning ochilishi (taqdimot); 
-
diplomni topshirish; 
-
pasportni topshirish; 



-
dafn qilish va sh.k. 
“An'ana”, “marosim” kabi bayram bilan bog`liq atamalar 
“standart” tushuncha emas, ularning mazmuniga hayot rivojlanishi va 
turmush ehtiyojlari ta'sir etishi mumkin. 
Ijtimoiy hayot taraqqiy etish bilan uning talabiga javob 
bermaydigan an'analar va bayramlar, marosimlar asta-sekin unutila 
boshlanadi. 
Marosim inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo`lganda 
vujudga keladi. Marosimning avloddan-avlodga o`tadigan ramziy va 
rasmiy harakatlari, qoidalari mavjud. 
Bu harakatlar va qoidalarning ixchamligi, aniq bir maqsadga 
yo`naltirilganligi, xatti-harakatlarning bir maromga keltirilganligi 
yuqorida aytib o`tgan ritual tushunchasiga to`g`ri keladi. 
Rituallar haqida gap borarkan, dastlab ko`z oldimizga 
O’zbekiston Respublikasi ramzlariga bo`lgan hurmat haqidagi fikrlar 
keladi. 
Ma'lumki, O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i, 
madhiyasi, gerbi - bizning asosiy ramzlarimiz hisoblanadi. Respublika 
ramzlari bo`yicha ko`pgina hujjatlar qabul qilingan. Ushbu hujjatlarda 
davlat ramzlariga bo`lgan hurmat va munosabat, ulardan foydalanish, 
saqlash usullari haqida tavsiyadar berilgan. Lekin hayotimizda ba'zi 
rahbarlar va ta'lim-tarbiya bilan shug`ullanuvchi kishilar, bu 
hujjatlardan bexabar bo`lganliklari yoki e'tiborsizliklari tufayli davlat 
ramzlariga, jumladan, Davlat bayrog`ini ko`tarish va tushirishda, uni 
devorga o`rnatishda, Davlat madhiyasi ijro etilganda, unga hurmat 
yuzasidan o`rnidan turishda, ramzlarni jihozlash ishlariga bo`lgan 


10 
munosabatlarda ko`pgina siyosiy va qo`pol ma'naviy xatolarga yo`l 
qo`ymoqdalar. 
Bunday xatolarga yo`l qo`ymaslik uchun, rahbar va professor-
o`qituvchilar, albatta, Vazirlar Mahkamasining Davlat ramzlari 
to`g`risidagi hujjatlari bilan tanish bo`lishlari kerak va o`quvchi-
yoshlar o`rtasida doimiy ravishda Davlat ramzlariga bo`lgan hurmat 
va munosabat haqida suhbatlar, Davlat ramzlariga bag`ishlangan 
darslar yoki ritual darslarni tashkil etib turishlari lozim. 
Agarda biz pedagoglar o’quvchilar o’rtasida qancha ko’p 
tushuntirish ishlarini olib borsak ularda sharqona tarbiyaga xos faolligi 
oshib, quyidagi natijalarga erishishimiz mumkin; 
-mehr-oqibatli va milliy o’zlikni anglashga oid fikrlash doirasi 
kengayadi. 
-milliy g’urur va millatga sadoqat yuksak-ma’naviy burch 
ekanligini anglaydi; 
-ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat va g’amxo’rlik shaxs 
ma’naviyatini yuksak ifodasi ekanligini idrok etadi; 
- yashashga qiziqishi ortadi; 
- o’z ustida izlanib yangilikka intiladi; 
- vaqtdan unumli foydalanishga harakat qiladi; 
- o’zi va o’zgalar mehnatini, fikrini hurmat qilishga odatlanadi
- Vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadi; 
- zararli odatlardan himoyalanadi va sog’lom turmush tarzi 
asosida hayot kechiradi; 
- doimo faol harakatda bo’lib, tarbiyaviy harakarlarga rioya 
qiladi. 


11 
-
o’quvchilar bilan suhbatlar o’tkazish va ularning qiziqishini 
anglash; 
-
darslarni sababsiz qoldirish holatlarini o’rganish; 
-
bo’sh vaqtlarida nimalar bilan shug’ullanishini hisobga olish; 
-
sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil qilish va ularni o’quvchilar 
yoshini, qiziqishini hisobga olib tashkil qilish; 
-
sinf rahbarlari, fan o’qituvchilar, ota-onalar hamkorligida 
ishlashni yo’lga qo’yish;
-
imkon qadar o’tkaziladigan tadbirlarga hamma o’quvchilarni 
jalb etish, urf-odatdarimiz, maxalliy sharoitlar, bo’lgan voqealar
rivoyat, hikoyalar va boshqa qiziqarli materiallar orqali o’quvchilarni 
izlanishlariga imkon yaratish tadbirlarga jalb qilish; 
-
o’quvchilarni mustaqil fikrlari va izlanishlarini hurmat 
qilish va rag’batlantirish; 


12 

Download 472,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish