RATSIONAL KUTISH NAZARIYASI
REJA:
Motivatsiya
F. Gersberg motivatsiya nazariyasi
Kutish nazariyasi
X-Y nazariyasi motivatsiya regulyatorlari
Ruscha-o‘zbekcha lug‘atda motivatsiya tushunchasi biror ish yoki harakatning yuzaga
kelishiga sababchi bo‘lgan motivlar, dalillar, isbotlar, bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui ma’nosida talqin etiladi.3 Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan:
Motivlashtirish – bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollar. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli vositadir. Boshqacha qilib aytganda, motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar bilan maqsadga muvofiq yo‘naltirish. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo‘ladi. Inson tirik jon sifatida ovqat yeyish, uxlash, dam olib o‘z kuchini tiklash, o‘zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya’ni kiyimkechak, oziq-ovqat, turur joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga sotsial-ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo‘lish va sog‘lom hayot kechirib, uzoq umr ko‘rish kiradi. Aytilganehtiyojlar moddiy shaklga ega bo‘lmagan har xil xizmatlar ko‘rsatish orqali qondiriladi. Umuman: Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo‘zg‘atuvchi motivdir. Ehtiyoj qat’iyan tabaqalashgan bo‘ladi. Ya’ni u kishilarning odati, didi va ruhiyatiga, yoshi va jinsiga, oilaviyahvoli va millatiga, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog‘liq. Masalan, maktab o‘quvchisibilan olimning, yosh yigit bilan pensioner cholning, dehqon bilan shaxtyorning ehtiyoji bir xilemas. Hatto kishilarning jismoniy tuzilishi ham ehtiyojlarda farqlarni hosil qiladi.Aytaylik,gavdasi yirik, devqomat kishining ehtiyoji bilan jussasi kichik kishining ehtiyoji bir xil emas. Ko‘rinib turibdiki, motivatsiya jarayoni qandaydir (bilib yoki bilmay orzu qilinayotgan) ehtiyojgabo‘lgan yetishmovchilikdan yoki qoniqishning yetarli yoxud umuman yo‘qligidan boshlanadi.
So‘ngra shu qoniqishga erishish uchun maqsad sari harakat qilinadi.Ehtiyojning qondirilishdarajasi kishini kelajak sari intilishini belgilab beradi.Agar u muayyan narsadan qoniqish hosilqilsa, u holda keyingi motiv uni boshqa yuqoriroq ehtiyojga rag‘batlantiradi. Ehtiyoj cheksiz va turli-tumandir. Uni quyidagi belgilar bo‘yicha guruhlash mumkin. (1-jadval).
1-jadval
Ehtiyojlar va ularning turlari
Alohida shaxs va jamiyat nuqtai nazaridan ehtiyojlarni quyidagicha guruhlash mumkin (2-jadval).
2-jadval
Ehtiyojlar ro‘yxati
Jahon amaliyotida motivatsiya vositasida unumli mehnatga chorlashning turli nazariyalarimavjud. Bular jumlasiga:
• “X” (iks) va “Y” (igrik) nazariyasi;
• kutish nazariyasi;
• boisiy (gigienik) tozalanish nazariyasi;
• adolatlilik (haqqoniylik) nazariyasi;
• ehtiyojlar ustunligi nazariyasi.
Ehtiyojlar ustunligi nazariyasi negizida kishilar ehtiyojlarida kiziqishlari orqali ularningmehnatlarini motivlashtirish yotadi.
Bu yerda,1 - rahbar bo‘ysunuvchilarga ehtiyoj va qiziqishlarni chetlab ta’sir ko‘rsatadi (bu yerdaqarorlarning bajarilishi hech kimni qiziqtirmaydi);
2 - qo‘l ostidagilarga faqat rahbarning ehtiyoji va qiziqishini inobatga olingan holda ta’siro‘gkaziladi (bu yerda qarorlarning bajarilishi faqat rahbarning manfaatini ko‘zlaydi);3 - boshqarish o‘zaro ta’sir ostida amalga oshiriladi. Bu yerda qarorning bajarilishiga harikkala tomon manfaatdor;4 - ta’sir qilish faqat bo‘ysunuvchilarning ehtiyoji va qiziqishiga asoslanadi.
1, 2 va 4-yondoshuvlar rahbar bilan xodimlar o‘rtasida qarshi harakatga olib keladi.
Natijada, rahbar va jamoa, rahbar va ayrim xodimlar ehtiyojlari o‘rtasida nomuvofiqlikningpaydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli rahbar motivlashtirishni faqat ehtiyoj va qiziqishlaryordamida amalga oshirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |