Rasulova zilola durdimurotovna o‘quv jarayonini takomillashtirishda pedagogik tizim mazmun va mohiyati



Download 1,09 Mb.
bet7/37
Sana31.03.2022
Hajmi1,09 Mb.
#520987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti

I bob bo’yicha xulosa
Respublikamizning ta’lim sohasida isloh qilinayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarning markazida, o’quvchi shaxsining mustaqil tafakkurlay olishga o’rgatish masalasi turadi. Ko’p yillik qolipga o’rnashgan, eski tipdagi darslar tizimi o’quvchilarning erkin fikrlashiga to’siq bo’lib, faqatgina o’qituvchining ma’lumot berishiga asoslangan edi. Shu o’rinda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar o’quvchilarning darsga bo’lgan munosabati va ilm olishga bo’lgan havasini oshiruvchi muhim turtki bo’ladi desak xato bo’lmaydi.
Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda bitiruv malakaviy ishining I bobida mehnat ta’limi fani ta’lim-tarbiya jarayonlarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash, o’qitish jarayonini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish masalalari muhokama qilingan. Mazkur bob 2 bo’limdan iborat bo’lib, birinchi bo’lim umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi darslarini pedagogik tizim asosida tashkil etish va uning samaradorligi bayon qilingan. Ikkinchi bo’limda esa ta’lim jarayonini tashkil etish shartlari va ta’lim texnologiyasining funksional tuzilmasi o’z aksini topgan.


II.BOB. PEDAGOGIK TIZIM ASOSIDA O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI
2.1. O’quv jarayonida tizimli yondashuvning metodik asoslari
O‘zbekiston taraqqiyotida xalqning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.
Tadqiqotimizning birinchi bobida ta’kidlaganimizdek, tizimlar nazariyasi, pedagogik va ularga tegishli bo‘lgan tushunchalar ta’lim sohasida endigina paydo bo‘lmoqda. U ba’zi olimlar, ilm-fan namoyondalari tomonidan «Tizimli yondashuv» deb yuritilsa, ba’zi olimlar tomonidan esa «majmuali yondashuv» «bir tartibga keltirish», «tartibga solish» singari iboralar orqali ifoda etilmoqda. Ijtimoiy voqelikka oid qo‘llanilayotgan bunday murakkab ilmiy tushunchalar nisbatini qiyosiy solishtirsak, ko‘pchilik tomonidan «tizimli yondashuv» qabul qilinganligi ma’lum bo‘lmoqda.
O‘quv-tarbiya jarayonini, shu jarayon amalga oshiriladigan muhit elementlari o‘zaro bir-biri bilan ma’lum bir aloqa va munosabatda bo‘lgan bir qancha komponentlardan tashkil topgan murakkab tizim sifatida qarash mumkin.
Tizimli yondashuv ta’limning miqdoriy darajasigina emas, balki sifat darajasini ham namoyon etadi. SHuningdek, u ta’limga nisbatan kundan-kunga ortib borayotgan jamiyat talablarini va fandagi sifatli siljishlarni, hamma darajadagi ta’lim mazmuni va usullarini hisobga olgan holda ta’limni tashxis qilishga yordam beradi.
Pedagogik tadqiqotlarda tizimli yondashuvni ta’lim jarayoniga qo‘llanilishini N.A. Muslimov, tadqiqotlarida ko‘rishimiz mumkin [ 11].
Tizimli yondashuv asosida ta’lim oluvchilarda faoliyatni o‘zi tashkil etish va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim oluvchiga ta’lim berish va uni tarbiyalashga sinergetika tamoyillari nuqtai nazaridan yondashishda quyidagi g‘oya ilgari suriladi: ta’lim oluvchida shakllanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikma nafaqat o‘qituvchining maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyati asosida, balki o‘qituvchi yordamida uning o‘z faoliyatini o‘zi tizimli tashkil etishi orqali ham shakllanadi.
Pedagogik jarayonlarning yaxlit tizim sifatida bir-biriga bog‘liq hodisalarning sabab va oqibatlari tarzida rivojlanishini K.Zaripov o‘z tadqiqotlarida e’tirof etgan [8].
Pedagogik jarayonlarning mohiyatini chuqur anglash, ularni tizimli tadqiq qilish pedagogik jarayon va qonuniyatlarini alohida va yaxlitlikda o‘rganishni zaruriyatga aylantirdi. Pedagogik holat o‘z xususiyatiga ko‘ra katta miqdordagi turli hil ta’sir va nufuzlarga uchraydigan murakkab holat hisoblanadi. Bu holat va ta’sirlarning bir qismini boshqarish mumkin, ob’ektiv mavjud bo‘lgan boshqalari esa quyidagi tizimning boshqaruv markazi ta’siriga aloqador bo‘lmaydi, lekin shu bilan birga tizimli yondashuvni amalga oshirishda ularni inobatga olish lozim.
N.A. Muslimov o‘z tadqiqotlarida tizimning mohiyatini aniqlash uchun tizimsizlik holatlarini chuqur tahlil qilib, shunday g‘oyani ilgari surgan: «muhit barcha tizimlarning mujassamlashuvi – metatizimni ifodalaydi. U tadqiq qilinayotgan, ajratib olingan va ayni vaqtda atrofimizni o‘rab turgan olamning bizni qiziqtirayotgan qismidan tashqarida yotadi. Tizim – bu qandaydir yo‘l bilan muhitdan ajratib olingan ob’ektlar to‘plamidir. Muhit va tizim o‘rtasida cheksiz ko‘p o‘zaro aloqalar mavjud bo‘lib, ular vositasida muhit va tizimning o‘zaro ta’sirlashuvi amalga oshadi»
Tahlillar ko‘rsatadiki, pedagogik tadqiqotlarga «tizimli yondashuv» ta’lim jarayonining faqat sonli emas, balki sifat nuqtai nazardan o‘sishini aniqlashga imkon beradi. Jamiyatning ta’limga nisbatan o‘sib borayotgan talabini va fandagi sifat siljishlarni hamda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlaridagi ta’lim mazmuni va usullarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashxislash tizimli yondashuv asosida amalga oshirilganda samara beradi. Tizimli yondashuvni amalga oshirish uchun ta’lim maqsadlari hamda metodlarini shakllantirish, tizimning maqsadga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi elementlari (ta’limni tashkil etish shakli va vositalari) va ular orasidagi munosabatlarni aniqlash talab etiladi. Tizimli yondashuv ilmiy bilish hamda ijtimoiy amaliyot metodologiyasining yo‘nalishi bo‘lib, uning asosida ob’ektlarni tizim sifatida ko‘rib chiqish talab etiladi.

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish