Rasulova zilola durdimurotovna o‘quv jarayonini takomillashtirishda pedagogik tizim mazmun va mohiyati


Mehnat ta’limi darslarida muammoli vaziyatlardan foydalanish



Download 1,09 Mb.
bet8/37
Sana31.03.2022
Hajmi1,09 Mb.
#520987
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti

2.2. Mehnat ta’limi darslarida muammoli vaziyatlardan foydalanish.


«Muammoli vaziyat» metodi orqali mehnat ta’limi fanlarining nazariy va amaliy asoslarini o‘qitishda muammoli vaziyatlarni yaratish natijasida o’quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarni faol o‘zlashtirishga erishiladi. Mehnat ta’limi darslarida muammoli vaziyat fanlarining integratsiyasi, ya’ni didaktik sintezi va fanlararo aloqadorlik darajasi faoliyatida pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyat (topshiriq)lar yechimini topish orqali amalga oshirish lozim.
Muammoli vaziyat – bu bilim olish maqsadida maxsus yaratilgan aqliy faoliyat holatidir. Bunday vaziyat zaminida ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarning xotirada qolganligini tekshirish va yangi masalani echish uchun aqliy yoki amaliy ishlash usuli yotadi.
Biz o‘z tadqiqotlarimizda o’quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi o‘qitish texnologiyalaridan, muammoli vaziyatlarni tashkil etish metodidan foydalanishni lozim deb topdik.
Mehnat ta’limi darslarini muammoli vaziyat asosida o‘qitish o’quvchilarni har tomonlama rivojlantiradi, jumladan, ijodiy idrok etish qobiliyatini o‘stiradi. Muammoli ta’limning mehnat ta’limi darslaridagi ajralib turadigan xususiyati shundan iboratki, unda bilimlar o’quvchilarga tayyor holda bayon etilmaydi, balki ularga berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishlari uchun bir yoki bir necha muammo qo‘yiladi. Mustaqil izlanishlar jarayonida ilmiy-texnik bilimlarning talabalar tomonidan egallanishi yetarli darajada puxta va ongli bo‘lib, ularda zamonaviy dunyoqarashni tarkib toptirish uchun yaxshi baza yaratadi.
Muammo – o‘zida undagi hal qilish uchun mavjud bo‘lgan vositalar (bilish, uddalash, izlanish faoliyatining tajribasi) asosida qabul qilingan muammoli vaziyatni ifodalaydi. SHuning uchun ham, har qanday muammoda muammoli vaziyat mavjud bo‘ladi, ammo har qanday muammoli vaziyat muammo hisoblanmaydi.
Bilish vazifasi o‘zida mavjud sharoit yoki parametrlarda hal qilinadigan muammolarni ifodalaydi. Bunday vazifaning mazmuni, ya’ni paydo bo‘lishining asosida ma’lum bilan noma’lum o‘rtasidagi ziddiyat yotadiki, bu muammo sanaladi.
Muammoli vaziyatlar talabalarning bo‘lg‘usi kasbiy-pedagogik faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hayotiy, amaliy dalillar, jarayonlar asosida yaratiladi. Talabalar tomonidan muammolarning echimini topishda quyidagi ketma-ketlikka rioya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  1. Muammoli vaziyat tavsifini keltirish.

  2. Guruhni kichik guruhlarga bo‘lish.

  3. Guruh talabalari tomonidan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlash.

  4. Muammoli vaziyatni keltirib chiqaruvchi sabab va oqibatlar to‘g‘risida fikr-mulohazalarni ilgari surish.

  5. Muammoli vaziyatning maqbul echimini ishlab chiqish.

  6. Muammoli vaziyatlar echimining to‘g‘ri va aniq topilganligini isbotlash.

Talabalar pedagogik va texnik-texnologik vaziyatlarni «Mehnat ta’limi metodikasi» fanining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarida o‘zlashtirib, pedagogik amaliyotda esa xuddi shunday vaziyatlarga to‘qnashadilar. Ma’lum mashg‘ulotlarda talabalar amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tkazishga imkon beruvchi ta’lim muassasalarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlaydilar, ijodiy guruhlarda ijodkor o‘qituvchilar tajribalarining mohiyatini o‘rganadilar.
Amaliyotda ko‘p uchraydigan pedagogik, psixologik, texnik-texnologik muammoli vaziyatlar echimi haqida video tasmalarga yozib kelib, o‘quv xonalarida o‘qituvchi va o’quvchilardan iborat ekspertlar guruhi oldida asoslashga harakat qiladilar. O‘qituvchi va talabalar ilg‘or pedagogik tajribalarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha har bir talaba ishiga baho beradilar. Ushbu jarayonda bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilari ijodkor o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarini guruhlarda muhokama qiladilar va fikr almashadilar. Ilg‘or pedagogik tajribalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar, har bir munozara ishtirokchisi o‘zining fikr-mulohazalarini aniq dalil-isbotlar bilan himoya qiladi. Talabalar pedagogik amaliyot natijalari bo‘yicha o‘quvchilar jamoasi va duch keladigan pedagogik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadilar.
Talabalarda pedagogik, psixologik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatli topshiriqlarni echish orqali quyidagi malakalar shakllantiriladi:

  1. Pedagogik hodisalar, texnik ob’ektlar, texnologik jarayonlar o‘rtasidagi turli xususiyat va bog‘liqliklarni aniqlaydilar (tahlil va umumlashtirish ko‘rinishidagi harakatlarni amalga oshiradilar);

  2. Texnologik jarayonlarda uchraydigan vaziyatlarni o‘zaro solishtiradilar, taqqoslaydilar, bu hodisa, jarayon va ob’ektlarning umumiyligi, tipikligi va o‘ziga xos muhim xususiyatlarini ko‘rsatadilar.

O‘quv topshiriqlari asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Eng yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan iqtidorli talabalar ijodiy va izlanish xususiyatiga ega bo‘lgan murakkab topshiriqlarni bajaradilar. Kamroq tayyorgarlikka ega bo‘lgan talabalar, soddaroq topshiriqlarni bajaradilar, lekin shunga qaramasdan, topshiriqlar ustida ishlash ularga umumiy masalani hal etishda guruh bilan birga ishlashga imkon beradi. Murakkab topshiriqlarni bajarish ba’zi talabalarga pedagogik-psixologik va texnik-texnologik tushunchalarini ilmiy darajada darhol o‘zlashtirish imkonini beradi.
Pedagogik, psixologik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatli topshiriqlar asosida talaba bo‘lajak kasbiy faoliyat muammolarini hal etish usullarini egallaydi.
Pedagogik, psixologik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatli topshiriqlar didaktikada mustaqil ta’lim darajasini oshiruvchi boshqaruv, rag‘batlantirish, tashkil etish va nazorat vositalari sifatida qaraladi.
Ta’lim oluvchining o‘quv faoliyatiga nisbatan o‘qituvchi tomonidan muayyan talablarning qo‘yilishi ularning mazmunini boyitadi. Pedagogik, psixologik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatli topshiriqlarning berilish shakli esa, oldin o‘zlashtirilgan na’muna bo‘yicha xulosalar chiqarishni ko‘zda tutuvchi boshqaruv topshiriqlari va masalalarining bajarilishi sanaladi.
Bizning fikrimizcha, pedagogik, psixologik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatli topshiriqlar va masalalarda avtonom holda mustaqil bilim olishga o‘tish uchun katta imkoniyatlar mavjud hamda bu muammoli vaziyatli topshiriqlar mustaqil bilim olishni amalga oshirishga imkon beruvchi topshiriqlar to‘plamini yaratish uchun asos bo‘la oladi.
Pedagogik, psixologik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatli topshiriqlar ob’yektiv, aniq pedagogik va ishlab chiqarish muammolarini aks ettiradi. Ta’lim oluvchilar uchun tushunarli bo‘lgan o‘quv pedagogik va ishlab chiqarish jarayoni muammolari o‘quv topshirig‘i hisoblanadi.
Pedagogik, psixologik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatli topshiriqlar turli didaktik natijalarning qaror topishiga olib keladi. Pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatlarni yaratish, ta’lim jarayonini boshqarish, talabalarning o‘quv faoliyatlarini faollashtirishga imkon beradi. Ta’lim jarayonida echimi topilishi kutilayotgan masalalar esa bilimlarni chuqurroq egallab olish, kreativ malaka va ko‘nikmalarni rivojlanishiga yordam beruvchi didaktik vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Deyarli har bir o‘quv muammosi fikrlash faoliyatini faollashtirishga imkon beradi, biroq ularning har biri ham ilmiy darajada pedagogik va psixologik tushunchalarni mustaqil shakllantirishga olib kelmaydi. SHu bois pedagogik, texnik-texnologik muammoli vaziyatli topshiriqlarni ishlab chiqishda o‘quv muammolarining didaktik xususiyatlarini hisobga olish zarur. Topshiriq to‘g‘ri ifoda etilsa, ularni talaba tomonidan qabul qilinishi va o‘quv faoliyatiga nisbatan qo‘yiluvchi talablar to‘plami sifatida e’tirof etish mumkin.
Pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatli topshiriqlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  1. Shartlari ifoda etilgan, lekin echish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar berilmagan masalalar. Ular nazariy va amaliy masalalar tarzida ikki guruhga ajratiladi. Amaliy masalalar haqiqiy pedagogik va ishlab chiqarish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bunday masalalarni echishda faqatgina aqliy faoliyat, bilim, malaka va ko‘nikmalargina emas, balki sensor va harakatlar faolligiga erishish talab etiladi. Bu masalalar mustaqil bilim olish texnologiyalarining amaliyot bilan uzviylikni ta’minlashga yordam beradi.

  2. O‘zlashtirilmagan bilim, harakat va operatsiyalarga duch kelinmaydigan masalalar. Ular avval o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, ularni yangi vaziyatlarda qo‘llash, fikrlash malaka va ko‘nikmalarini egallash hamda mavjud bilimlarni mustahkamlash uchun mo‘ljallangan.

  3. Savollar – yangi bilimlarni qabul qilish va o‘zlashtirishga tayyorlikni aniqlovchi vosita. Savollarda quyidagi ikki jihat ko‘zga tashlanadi: mavjud bilimlarini tekshirish va mustaqil xulosaga kelishga yo‘naltirish. Savollar reproduktiv va produktiv tarzida ikki guruhga bo‘linadi. Reproduktiv savollar xotirani mustahkamlash, produktiv savollar esa fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Quyida pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatli topshiriqlarning funksional farqlarining tahlili keltirilgan:

  1. O‘rganilayotgan hodisa va jarayonni yanada chuqurroq tushunish va mavjud bilimlarni mustahkamlashga mo‘ljallangan. Pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatli topshiriqlar pedagoglarga bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini nazorat qilish imkonini beradi, ayni o‘rinda tashxis (diagnostika) qilish vazifasini ham bajaradi. SHu bois ulardan talabalarning o‘z-o‘zini diagnostika qilish maqsadida foydalanish mumkin. O‘qitish topshiriqlari o‘z navbatida miqdor va sifat topshiriqlarga bo‘linadi.

  2. Ijodiy topshiriqlar. Agarda o‘quv topshirig‘ini bajarish natijasida ob’ektiv yoki sub’ektiv yangilik mohiyatini yorituvchi tushuncha yuzaga kelsa, bunday topshiriqni ijodiy deb hisoblash mumkin. Ularni hal etishda mavjud bilimlar, fikrlash malakasi va ko‘nikmalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

  3. Izlanishga undovchi topshiriqlar. Ular avtonomlik xususiyatga ega maksimal mustaqillikka ega, avval o‘zlashtirilgan tushuncha va aqliy harakatlardan nostandart vaziyatlarda foydalana olish qobiliyatiga ega bo‘lishni taqozo etadi. Izlanish topshiriqlarini bajarishda yangi tushunchalar yuzaga kelmaydi, biroq ularni bajarishda mavjud bilimlarni yangi vaziyatlarda qo‘llash malakasiga ega bo‘lish talab etiladi.

Tadqiqotimiz davomida muammoli o‘qitish texnologiyasiga oid o‘tkazilgan izlanishlar va olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, muammoli o‘qitish texnologiyasi – bu rivojlantiruvchi o‘qitish texnologiyasi bo‘lib, faol bilim orttirish jarayonini rag‘batlantiradi va fikrlashning mantiqiy ketma-ketlik stilini shakllantiradi.
Mehnat ta’limi darslarini muammoli o‘qitish texnologiyalari orqali o’quv jarayoniga tizimli yondashuvni amalga oshirishda ta’lim maqsadini rejalashtirish, faoliyatni tashkil qilish, baholash va tahlil qilish ta’lim mazmuni samaradorligini oshiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan faol metodlar ta’lim jarayoniga qo‘llanganda ta’lim oluvchilarda o‘quv bilish faolligini oshiradi, mustaqil fikrlash dunyoqarashi rivojlanadi va kasbiy-pedagogik faoliyatda yuqori samaradorlikka erishadi.
Pedagogik tizim asosida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning uzviyligini ta’minlash, ta’lim samaradorligini oshirish, muammoli o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha metodika ishlab chiqildi hamda amalda qo‘llanildi.
Ta’lim oluvchilarning fikrlash qobiliyatini faollashtirishga qaratilgan quyidagi metodlardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rgandik.

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish