9.AVTOMATIKA ELЕMЕNTLARI
9.1. Avtomatika elementlari va ularning asosiy ko`rsatkichlari
Avtomatika elementi deb tekshirilayotgan fizik kattalikni birlamchi o`zgartiruvchi moslamaga aytiladi. Avtomatika elementlari to`rt xil tarkibiy belgilanish sxemalaridan iborat bo`ladi: oddiy bir martali (birlamchi) to`g`ridan-tq`g`ri o`zgartirish; ketma-ketli to`gridan-to`gri o`zgartirish; differensial sxemali; kompensatsion sxemali.
Oddiy o`lchash o`zgartirgichlari bir dona elementdan ‘tashkil topgan bo`ladi. Ketma-ketli o`zgartgichlarda esa oldindagi o`zgartirgichning kirish ko`rsatkichi keyindagi o`zgartgichning chiqishi hisoblanadi. Odatda birlamchi o`zgartirgich sezgir element (SE), oxirgi (keyingi) o`zgartirgich esa chiqish elemeti deb yuritiladi. O`zgartirgichlarning ketma-ketligi ulanish usuli, bir martali o`zgartirishda chiqish signalidan foydalanish qulay bo`lgan sharoitda qo`llaniladi.
Differensial sxemali o`lchash o`zgartirgichlari nazorat qilinayotgan kattalikni uning etalon qiymatlari bilan solishtirish zarurati bo`lganda qo`llaniladi.
Kompensatsion sxemali o`zgartirgichlar usuli esa yuqori aniqlik bilan ishlashi, universalligi hamda o`zgartirish koeffitsiyentining tashqi ta’sirlarga deyarli bog’liq emasligi bilan ajralib turadi.
Avtomatika elementlari tizimning eng asosiy qismi bo`lib, quyidagi funksiyalardan birini bajaradi:
- nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni qulay ko`rinishdagi signalga o`zgartirish (birlamchi o`zgartgich - datchiklar);
- bir energiya ko`rinishidagi signalni boshqa energiya ko`rinishidagi signalga o`zgartirish (elektromexanik, termoelektrik, pnevmoelektrik, fotoelektrik va hokazo o`zgartgichlari);
-signal tabiatini o`zgartirmasdan uning kattaliklarini o`zgartirish (kuchaytirgichlar);
- signalning korinishini o`zgartirish (analog-raqam, raqam- analog o`zgartkichlari).
- signalning shaklini o`zgartirish (taqqoslash vositalari),
- mantiqiy operatsiyalarni bajarish (mantiqiy elementlar),
- signallarni taqsimlash (taqsimlagich va kommutatorlar),
- signallarni saqlash (xotira va saqlash elementlari),
- programmali signallarni hosil qilish (programmali elementlar),
- bevosita jarayonga ta’sir qiluvchi vositalar (ijrochi elementlar).
Avtomatika elementlarining funksiyalari har xil bo`lishiga qaramay, ularning parametrlari umumiy hisoblanadi va ularga qiyidagilar kiradi:
- statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari;
- uzatish koeffitsiyenti (sezgirlik, kuchaytirish va stabilizatsiya koeffitsiyentlari);
- xatolik (nostabillik);
- sezgirlik chegarasi.
Har bir avtomatika elementi uchun turgunlashgan rejimda kirish x va chiqish signallari u orasida u=f(x) bog’liqlik mavjud. Ushbu bog’liqlik elementning statik tavsifnomasi deyiladi. Ularni uch guruhga ajratiladi:
a) chiziqli, b) uzluksiz nochiziqli, v) nochiziqli uzlukli (1.1-rasm).
u u u
Do'stlaringiz bilan baham: |