Raqamli texnikaga kirish va avtomatika asoslari


- rasm. Elastik teskari bog‘lanish sxemalari



Download 7,38 Mb.
bet58/64
Sana10.06.2022
Hajmi7,38 Mb.
#652164
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64
Bog'liq
РТК АА дарслик 30.10. 21

11.4- rasm. Elastik teskari bog‘lanish sxemalari;
a, b, v - differensiallovchi; g, d – integrallovchi

Bu tizim taxogenerator - motorning aylanish chastotasini avtomatik rostlash tizimida chiqish bilan kirish orasida aloqa o‘rnatadi. Bunday aloqa teskari aloqa deb ataladi. “Teskari aloqa” terminining kelib


chiqishiga sabab shuki, bu aloqaning ta’siri rostlovchi ta’sir yo‘nalishiga teskari yo‘nalgan. Rostlovchi ta’sir tizimning elementlari orqali rostlash ob’ektiga to‘g‘ri yo‘nalishda yuboriladi. Agar tizimning kirishiga yuborilayotgan teskari aloqaning ta’siri o‘zining ishorasi jihatidan topshiruvchi ta’sirning ishorasiga mos kelmasa, u holda bunday aloqa manfiy teskari aloqa deb ataladi.
Agar tizimning kirishiga yuborilayotgan teskari aloqaning ta’siri ishorasi jihatidan topshiruvchi ta’sirning ishorasiga mos kelsa, u holda bunday aloqa musbat teskari aloqa deb ataladi.
ART ning ishiga barqaror rejimda ham, o‘tkinchi rejimda ham ta’sir ko‘rsatuvchi teskari aloqa bikr qattiq teskari aloqa deyiladi. Bu bog‘lanish ish rejimini tanlamaydi, balki tizimga har vaqt ta’sir etadi.
ART ning ishiga fakat o‘tkinchi jarayonda ta’sir ko‘rsatuvchi teskari bog‘lanish elastik teskari aloqa deb ataladi. Elastik teskari aloqalar ularning kirishiga uzatilgan ta’sirlarning ort-tirmasiga javob beradi (rejimni tanlaydi). Eng ko‘p ishlatiladigan elastik teskari aloqalarning sxemalari 11.4-rasmda keltirilgan. Ta’sirlarning hosilalariga javob beruvchi elastik bog‘lanishlar differensiallovchi, ta’sirlardan olingan integ-rallarga javob beruvchilari esa integrallovchi elastik aloqalar deyiladi.

11.5- rasm. Avtomatik rostlashni eng oddiy tizimining sxemasi:
1-rostlash ob’ekti; 2 - asosiy teskari bog‘lanish elementi, 3- taqqoslash elementi; 4- kuchaytirgich; 5- ijro mexanizmi; 6- mahalliy teskari bog‘lanish elementi (korrektlovchi element).
Agar avtomatik rostlash tizimida tizimning chiqishi uning kirishi bilan biriksa, u holda bunday teskari aloqa asosiy teskari aloka deb ataladi. Asosiy teskari alokalardan tashqari, mahalliy teskari aloqalar xam keng ko‘lamda qo‘llaniladi; bular xam bikr va elastik bo‘ladi va ayrim
elementlarning chiqishi bilan kirishini birlashtirib, ayrim elementlarning rostlanish xususiyatlarini yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Ko‘pincha, bunday aloqalar korrektlovchi deb ham ataladi, chunki ular alohida elementlarning yoki elementlar guruhining ishini to‘g‘rilaydi. Ko‘pchilik rostlash tizimlari uchun tipik bo‘lgan elementlar bilan jihozlangan avtomatik rostlash tizimining sxemasi 11.5-rasmda keltirilgan.
Ba’zi rostlash tizimlarida elementlarning bir qismi (masalan, bevosita rostlash tizimlarida kuchaytirgichlar yoki to‘g‘rilovchi elementlar) yo bo‘lmasligi, yohud bir elementning o‘zida konstruktiv birlashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish