1. Umumiy holat
1.1. Stansiyalarda poezdlar harakatlanishini
tashkil etish
Temir yo’l liniyalari ajratuvchi punktlar yordamida peregonlarga bo’linadi. Ajratuvchi punktlarga stansiyalar, razyezdlar, o’tkazish punktlari va yo’l postlari, avtoblokirovka vaqtida esa yuqoridagilardan tashqari o’tish svetoforlari kiradi. Ajratuvchi punktlarning mavjudligi uchastkaga masofalar bilan chegaralangan holda (peregonlar yoki blokuchastkalar) bir nechta poezdlarni kiritish imkonini beradi, bu esa harakat xavfsizligini ta’minlaydi va o’tkazuvchanlik qobiliyatini oshiradi.
Stansiyalar deb, takomillashgan yo’l qurollari va boshqa uskunalarni o’z ichiga olgan (1-rasm), shu bilan birga, qabul qilish, yuk operatsiyalarini amalga oshirish, yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish, shuningdek, poezdlarni tashkil qilish va tarqatish, ularni texnik ko’zdan kechirish, lokomotivlarni almashtirish, harakatlanish sostavlarini tamirlash va hokazolarni amalga oshiruvchi ajratish punktlariga aytiladi.
1rasm
Stansiya bo’yicha va stansiya ishlarida poezdlar harakatlanishini samarali tashkil etish maqsadida stansiyalar uchastkalarga bo’linadi: strelkalangan (masalan, 1SP, 3SP, 2SP, 4SP), strelkalanmagan (NAP, CHBP), shuningdek, qabul qilishjo’natish yo’llari (1P, 2P, 3P). Barcha uchastkalar relsli zanjirlar bilan qurollanadi.
Barcha stansiyalar yo’l rivojlanishining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi:
strelkali o’tkazgichlar;
kirish svetoforlari;
chiqish svetoforlari;
manyovrli svetoforlar;
relsli zanjirlar.
Strelkali o’tkazgichlar poezdni u yoki bu yo’lga o’tkazish uchun xizmat qiladi. Agarda poezdga strelka bo’yicha to’g’ri yo’nalish o’rnatilgan bo’lsa, strelka musbat holatda, boshqa yo’nalishda o’rnatilgan bo’lsa, manfiy holatda deb hisoblanadi. 1rasmda 1, 3, 4 strelkalar musbat holatda, 2strelka esa manfiy holatda ekanligi ko’rsatilgan.
Kirish svetofori besh xonali ko’rsatkichga ega bo’lib, ular stansiyaga sostavni kirishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida malumot berishga mo’ljallangan.
Chiqish svetoforlari uch xonali ko’rsatkichga ega bo’lib, ular stansiyadan poezdni chiqishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida malumot byerishga mo’ljallangan.
Manyovrli svetoforlar ikki xonali signalga ega bo’lib, stansiya ichida manyovr qilayotgan lokomotiv harakatini yo’naltirishga mo’ljallangan.
Bizning mamlakatimiz va hamdo’stlik davlatlari temir yo’llarida poezdlarni raqamlash qabul qilingan bo’lib, u harakat yo’nalishini belgilash imkonini beradi. Masalan, janubdan shimolga va g’arbdan sharqqa harakat qilayotgan poezdlar raqamining oxirgi soni juft, boshqa yo’nalishda oxirgi soni toq bo’ladi.
Juft raqamli poezdlar keladigan tomondagi strelkalar juft tartib raqamini, toq raqamli poezdlar keladigan tomondagi strelkalar toq tartib raqamini oladi.
Bir raqamni boshqa raqam bilan ajratuvchi chegarasi yo’lovchilar binosining o’qi hisoblanadi.
Svetoforlar yo’l soni va poezdlar harakatining yo’nalishi bo’yicha raqamlanadi. Masalan, J2, T3 va hokazo.
Normal holatda stansiya svetoforlarida qizil chiroq yonib turishi kerak. Poezdlarni qabul qilishjo’natish jarayonlariga qarab stansiya svetoforlari, poezdlar harakati xavfsizligini taminlagan holda muayyan faktorlarga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |