Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari


OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/214
Sana05.07.2022
Hajmi7,25 Mb.
#742918
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   214
Bog'liq
To\'plam Xalqaro 2021 12

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL 
ETISHDA ELEKTRON DAIDAKTIK VOSITALARNI AHAMIYATI VA 
YARATISH METODIKASI HAQIDA 
Axmadaliyev Shaxobidin Sharipovich,
Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Informatika kaferdasi katta o‘qituvchi, 
mr.shahobiddin@gmail.com
 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
139 
Xasanov Hayrullo Mahmudovich 
Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Informatika kaferdasi o‘qituvchi, 
xayrullo-
xasanov@mail.ru
  
Botirov Muzaffar Mansurovich,
Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Informatika kaferdasi o‘qituvchi, 
qdpi_muzaffar@mail.ru
 
 
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning eng muhim maqsadi 
yurtimizda sog‘lom va barkamol, bilimli, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega 
bo‘lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan shu maqsadlarga erishish uchun 
mamlakatimizda keyingi yillarda keng miqyosdagi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
amalga oshirilmoqda. Buning zamirida aholining uzluksiz ta’lim olishini ta’minlash, 
ta’lim tizimining jamiyatdagi o‘zgarish va yangilanishlar, iqtisodiyotdagi yuqori 
malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj bilan uyg‘un va hamohang bo‘lishiga erishish 
konsepsiyasi mujassam edi. Shuning uchun ham biz bugungi kunda zamonaviy 
ta’limning vazifasi, maqsadi, o‘rni va rolini yaqqol tasavvur qila olishimiz kerak. 
Mustaqil holda o‘qish rasmiy o‘quv jarayonidan tashqarida kechishi mumkin
ya’ni muayyan ta’lim muassasasiga bormay turib, uyda o‘zi o‘quv materiallari asosida 
mustaqil individual holda o‘qish va o‘rganishi mumkin. Mustaqil ta’lim belgilangan 
o‘quv topshiriqlarini tahsil oluvchilarning mustaqil va ijodiy bajarishlari asosida 
o‘tadigan o‘quv faoliyatidir. Mustaqil ta’lim negizini mustaqil ishlar tashkil etadi. 
Biz mustaqil ta’limni pedagogik tamoyillarga asoslanib tashkil etishimiz kerak, 
deb o‘ylaymiz. Masalan, talabalarning ongliligi va faolligi egallab oladigan, ularda 
ijodiy tashabbuskorlik, o‘quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq rivojlanadigan 
bo‘lsin. 
Ba’zi tadqiqotchilar talabalarning bilim saviyasi ularning mustaqil ta’lim olish 
yoki o‘rganish faoliyatining hajmi va muntazamligiga bevosita bog‘liq, deb 
ta’kidlaydilar. Chunki hech bir inson mustaqil faoliyatsiz maqsadiga erisha olmaydi. 
Shuning uchun mustaqil faoliyatni bilim olish vositasi va uning natijasi sifatida qarash 
mumkin. O‘quvchilarning mustaqil bilim olishlari ularning tadqiqot ishlari izlanishlari 
natijasi ekanligini ko‘rsatish uchun bunday natijani tashkil etish va boshqarish lozim. 
Bu esa talabalarning bilim faoliyatini rivojlantiradi. 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
140 
Mustaqil ta’lim - talabalarning o‘quv maqsadlariga kafolatli erishishlari
shuningdek, fan dasturlari doirasidagi o‘quv materiallarini samarali o‘zlashtirishlari 
bo‘yicha mustaqil ishlarni bajarishlarini nazarda tutadi. O‘qituvchilar esa talabalarning 
mustaqil ta’lim olishga intilishlarini rag‘batlantirishlari va to‘g‘ri yo‘naltira olishlari 
lozim. Talaba yakka holda samaraliroq ishlaydimi yoki bir necha kishidan iborat guruh 
bilan birgalikda ishlashni yoqtiradimi, o‘z vaqtini kutubxonada o‘tkazadimi yoki unga 
Internet tarmog‘idagi mavjud elektron ta’lim resurslaridan foydalanish qulayroqmi, 
talaba mustaqil ishni qanday qilib yaxshiroq, samaraliroq va qulayroq tashkil etish 
kerakligini o‘zi ham, o‘qituvchi ham yaxshi bilishi kerak. Mustaqil ta’limning asosiy 
mohiyati ham shundaki, talabalarning bilim manbai faqatgina o‘qituvchi tomonidan 
mashg‘ulotlarda berilayotgan bilimlar bo‘lishi kerak emas. Mustaqil ta’lim sharoitida 
talaba o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan o‘quv materialini o‘zi anglashi va harakat qilishi, 
o‘qituvchi esa, o‘z navbatida, talabalarning tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini, o‘tilgan 
materiallarni yanada o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha, ma’lumotlar izlab topishga 
undashlari hamda yo‘naltirishlari lozim. Mustaqil ta’limda didaktik va pedagogik 
tamoyillarga asoslanish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi davrda talabani mustaqil bilim 
olishini samarali tashkil etish orqali talabani ijodiy faoliyat yuritish, shu bilan uning 
mustaqil izlanishiga undaydi. 
Mustaqil bilim olish pedagogik texnologiyaga nisbatan juda muhim talablarni 
qo‘yadi. Ta’lim muassasasidagi o‘qituvchi va talaba hamkorligidagi faoliyatning 
yakuniy natijasi oldindan aniq bo‘lgan o‘qitish jarayonidan farqli ravishda mustaqil 
bilim olishda talaba aniq bo‘lmagan hamda oldindan rejalashtirilmagan natijaga 
erishish kerak, ya’ni o‘rganayotgan o‘quv materiallari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va 
malakalarning aniq hajmini o‘zlashtirishi lozim. 
Talabalarni mustaqil ta’limini tashkil etishda elektron daidaktik vositalarni 
yaratish va ulardan foydalanish hozirgi kunda ancha samarali natijalarga olib 
kelmoqda. Jumladan, Delphi dasturlash tilini o‘rganish bo‘yicha quyidagi elektron 
qo‘llanmani yaratish va foydalanish jarayoniga to‘xtalib o‘taylik.
«Delphi» tili ob’yektga mo‘ljallangan vizual dasturlash tilidir. OMD (OOP – 
объектно – ориентированное программированые) - ob’yektlar yordamida ilovalarni 
yozish va loyixalash, tahlil qilish uslubiyotlari va vositalardir.


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish