Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha



Download 15,56 Mb.
bet768/774
Sana23.01.2022
Hajmi15,56 Mb.
#402815
1   ...   764   765   766   767   768   769   770   771   ...   774
Bog'liq
PF-6079 05.10.2020

Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI





Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Mas’ullar

1.

Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimining quyidagilarni hisobga olgan holda takomillashtirilishini ta’minlash:

davlat xizmatlarini onlayn xizmatlar indeksi talablaridan kelib chiqqan holda elektron ko‘rinishga o‘tkazish va optimallashtirish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatish ma’muriy tartibotlari va bosqichlarini soddalashtirish hamda optimallashtirish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish, ma’lumotlarni raqamlashtirish;

ayrim davlat xizmatlari bazasida kompozit xizmatlarni joriy etish.


1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokida ishchi guruhni shakllantirish.

2020-yil noyabr

Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishchi guruh tomonidan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2020-yil dekabr

3. Takliflar asosida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2021-yil yanvar-mart

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga o‘rnatilgan tartibda kiritish.

2021-yil aprel

2.

2021-yil davomida elektron shaklga o‘tkazilishi hamda optimallashtirilishi zarur bo‘lgan ustuvor davlat xizmatlari ro‘yxatini shakllantirish.

1. Elektron shaklga o‘tkazilishi hamda optimallashtirilishi zarur bo‘lgan ustuvor davlat xizmatlari ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil dekabr

Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos), Adliya vazirligi (R. Davletov)

2. Ro‘yxat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2020-yil dekabr

3. Ro‘yxat loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil yanvar

3.

Quyidagi davlat xizmatlarining ma’muriy tartibotlarini qayta ko‘rib chiqish va yuqori darajadagi tahlilga asosan elektron shaklda ma’lumotlarni olish jarayonini to‘liq avtomatlashtirish:

farzand tug‘ilishini ro‘yxatga olish;

maktabgacha ta’lim muassasalariga navbatga turish;

oliy o‘quv yurtlariga hujjatlar topshirish;

nogironlik nafaqasini olish;

soliq deklaratsiyasini topshirish.



1. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini tahlil qilish.

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini to‘liq avtomatlashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

3. Chora-tadbirlar loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2021-yil yanvar

4.

Ochiq budjet portali “Open Budget” negizida fuqarolarning mahalliy budjet xarajatlari parametrlarini shakllantirish va ijrosini kuzatib borishdagi ishtirokini ta’minlash imkoniyatini yaratish.

1. Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil noyabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos), mahalliy davlat hokimiyati organlari

2. Chora-tadbirlar rejasi bilan tasdiqlangan ishlarni amalga oshirish.

belgilangan muddatlarda

5.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalini (regulation.gov.uz) quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirish:

aholi tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha ish rejasini shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritish;



idora rahbarlari va xodimlari bilan loyihalarni muhokama qilish bo‘yicha tadbirlar kalendarini yaratish .

1. Axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil fevral

6.

Davlat organlari faoliyatini yoritish uchun ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni takomillashtirish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2020-yil noyabr

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini o‘rnatilgan tartibda kiritish.

2020-yil dekabr

7.

Internet tarmog‘ida jamoat transportlari haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish, shu jumladan jamoat transportlari harakatini kuzatish imkonini beradigan maxsus mobil ilovani yaratish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Transport vazirligi (I.Maxkamov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Mobil ilovani ishlab chiqish, sinov tarzida ishga tushirish, kamchiliklarni bartaraf etish va joriy etish.

2021-yil aprel

3. Mobil ilovani ommalashtirish maqsadida mobil ilovalar platformalarida joylashtirish.

2021-yil may

8.

O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida fuqarolarning davlat ma’lumotlari va axborotlaridan foydalanish yuzasidan huquqlari to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2021-yil yanvar

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

9.

Tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portaliga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish bo‘yicha ma’lumotlarni (qonunchilik, olish shartlari, zaruriy hujjatlar va b.) joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylash�irish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil oktyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)



2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

10.

Tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida keksa yoshdagi fuqarolarda ko‘p uchraydigan kasalliklar to‘g‘risida, ularning statistikasi va kasal bo‘lish xavfini oldini olish yuzasidan ma’lumotlarni joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Sog‘liqn� saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

11.

Tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida bolalarni tarbiyalash va parvarish qilish, maktabgacha ta’lim berish, shu jumladan bolalarni sog‘lom rivojlantirish yuzasidan eslatmalar va yo‘riqnomalarni, xususiy va davlat tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan sog‘liqni saqlash xizmatlari hamda maktabgacha ta’lim muassasalariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ma’lumotlarni joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

12.

Tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida ta’lim sohasidagi davlat siyosati hamda soha uchun budjetdan ajratilayotgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.Shin), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

13.

Tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari, rejalashtirilgan o‘chirishlar hamda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Energetika vazirligi (A. Sultanov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (U. Mustafoyev), “Milliy elektr tarmoqlari” AJ (D. Isakulov), “Hududgazta’minot” AJ (B. Eshmuratov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

14.

Tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida atrof muhitni muhofaza qilish va ekologiya siyosatini tartibga solish hamda amalga oshirish yuzasidan ma’lumotlarni joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Ekologiya qo‘mitasi (N. Oblomurodov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

15.

Tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida:

nuqsonligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olishida boshqa bolalar bilan teng huquqliligi yuzasidan ma’lumotlarni;

imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning huquqlari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari, imkoniyati cheklangan bolalar uchun jihozlangan maktablar to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish.


1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

16.

Tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida talabalar uchun davlat grantlari va boshqa ta’lim uchun ajratilgan moliyaviy manbalar, shuningdek, moliyalashtirish manbalari, ushbu mablag‘larni olish yuzasidan yo‘riqnomalar, zaruriy hujjatlar hamda ko‘riladigan choralar bo‘yicha ma’lumotlarni joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

17.

Tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida:

sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik, davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar va ularning taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;



keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, shu jumladan uy-joy, tibbiy yordam va boshqa masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

18.

Tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida aholining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (T. Xudaybergenov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

19.

Aholi bandligi va mehnat munosabatlari sohasidagi qonunchilik, siyosat va fuqarolar huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali va rasmiy veb-saytga joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

20.

Atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, chiqindilarni kamaytirish, qayta ishlash va qayta ishlatish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Ekologiya qo‘mitasi (N. Oblomurodov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

21.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali va rasmiy veb-saytlarda shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish siyosati haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan hold� tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Davlat personallashtirish markazi (N. Turaxodjayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

22.

Kambag‘allikni qisqartirish va aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida va rasmiy veb-saytlarda joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Kuchkarov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos), Oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash v�zirligi (R. Mamatov)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

23.

Ochiq ma’lumotlar portaliga davlat sektorida ishchi kuchining gender taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

24.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali va rasmiy veb-saytga ayollarning reproduktiv salomatlik, axborot va ta’lim hamda reproduktiv salomatlik xizmatlaridan foydalanish huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

25.

Davlat xaridlari natijalari haqidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlarda, Davlat xaridlari portali va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos), O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi (Z. Badriddinov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

26.

Yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘l harakati qoidalariga o‘zgarishlar, yo‘l-transport hodisalari (muntazam statistika), voqea sodir bo‘lganda birinchi harakatlar va ko‘p so‘raladigan savollar haqida ma’lumotlarni rasmiy veb-saytda va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

27.

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etishni nazarda tutuvchi mobil ilovani yaratish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Mobil ilovani ishlab chiqish, sinov tarzida ishga tushirish, kamchiliklarni bartaraf etish va joriy etish.

2020-yil dekabr

3. Mobil ilovani ommalashtirish maqsadida mobil ilovalar platformalarida (do‘konlarida) joylashtirish.

2021-yil fevral

28.

Ko‘rsatilgan xizmatning sifati va soddaligini, rasmiy veb-saytlarda va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida zarur ma’lumotlarning mavjudligini baholay oladigan foydalanuvchilar bilan qayta aloqa mexanizmlarini o‘rnatish.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga xizmatlarni joriy etishdan avval fokus guruh ishtirokchilari bilan sinovdan o‘tkazish orqali taklif va mulohazalar olish tizimini yo‘lga qo‘yish.



Tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash.

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos), manfaatdor vazirlik va idoralar

29.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini quyidagilarni hisobga olgan holda takomillashtirish:

foydalanuvchilar uchun interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish;

ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lov jarayonlarini yanada soddalashtirish;

xalqaro tashkilotlarning tavsiyalariga muvofiq boshqa ma’lumotlarni joylashtirish.



axborot xavfsizligini ta’minlash.

Tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos), manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Elektron davlat xaridlari portallarini (“dxarid.uzex.uz” va “exarid.uzex.uz”) yanada takomillashtirish.

1. Elektron davlat xaridlari portallarini takomillashtirish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020 yil dekabr

O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasi (Z. Badriddinov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Axborot tizimini takomillashtirish.

2021-yil may

31.

Ta’lim, bandlik, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va adolat bilan bog‘liq davlat masalalarida aholi va tadbirkorlik subyektlarining onlayn tarzda ishtirok etishi uchun imkoniyatlar yaratish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Ekologiya qo‘mitasi (N. Oblomurodov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy sud (B. Isakov)

2. Chora-tadbirlar rejasi bilan tasdiqlangan tadbirl�rni amalga oshirilishini ta’minlash.

belgilangan muddatlarda

32.

Ta’lim, bandlik, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va adolat to‘g‘risidagi ochiq hukumat ma’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi rasmiy veb-saytlari va ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Ekologiya qo‘mitasi (N. Oblomurodov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy sud (B. Isakov), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

33.

Chet elda doimiy yoki vaqtincha istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun elektron davlat xizmatlarini yaratish.

1. Elektron davlat xizmatlarini joriy etish yuzasidan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2021-yil yanvar

Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos), Adliya vazirligi (R. Davletov)

2. Chora-tadbirlar rejasi bilan tasdiqlangan ishlarni amalga oshirish.

belgilangan muddatlarda

34.

Imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim olishning barcha darajalarida ishtirok etishga yordam berayotgan yoshlar uchun onlayn vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega platforma ishlab chiqish.

1. Platformani yaratish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev)

2. Platformani ishlab chiqish bo‘yicha tender (tanlov) savdolarini o‘tkazish.

2021-yil yanvar

3. Platformani ishlab chiqish va ishga tushirish.

2021-yil mart

35.

O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali va rasmiy veb-saytida yoshlarni ishga joylashtirish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish.

1. Ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar va ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirish muddatlari, shakllari, davriyligini o‘zaro kelishgan holda tasdiqlash.

2020-yil noyabr

Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

2. Ma’lumotlarni belgilangan muddat va talablarga asosan joylashtirib borilishini ta’minlash.

doimiy ravishda

36.

Bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasi portalini (ish.mehnat.uz) quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirish:

bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasi portali faoliyati to‘g‘risidagi nizomini ishlab chiqish;

bo‘sh ish o‘rinlarini “kuzatish”ni ta’minlash orqali bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etish mexanizmini takomillashtirish;

qayta aloqa mexanizmini takomillashtirish;

yagona aloqa markazini joriy etish;

vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda e’lon qilib borishlarini ta’minlash.



1. Bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasi portalini takomillashtirish yuzasidan jamoatchilik so‘rovini o‘tkazish va tahlil qilish.

2020-yil noyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Natijalarga asosan portalni takomillashtirish yuzasidan texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

3. Portalni texnik hujjatlarga muvofiq takomillashtirilishini ta’minlash.

2021-yil fevral

37.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida quyidagi imkoniyatlarni joriy etish:

avtotransport vositalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza yuborish, ro‘yxatga olinganlik haqida ma’lumot olish, davlat raqami va texnik pasportini o‘zgartirishni so‘rash,avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma berish;

haydovchilik guvohnomasini olish, almashtirish, imtihondan o‘tish uchun elektron navbatga turish va onlayn to‘lovni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etish;

identifikatsiya kartasini (ID-karta) olish uchun murojaat qilish;

fuqarolikka qabul qilish, tiklash, chiqish va uni yo‘qotish xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish;

ichki ishlar organlariga, shu jumladan o‘g‘irlik, mol-mulkni yo‘qotish, vandalizm, tahdidli chaqiriqlar va tazyiqlar holatlarida ariza berish.



1. Vazirlar Mahkamasining Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar yuzasidan qaror loyihasini tayyorlash va tasdiqlash uchun kiritish.

2021-yil fevral

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (N. Turaxodjayev), Davlat xizmatlari agentligi (U. Muhammadiyev), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Tasdiqlangan reglamentga muvofiq tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish va xizmatni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy qilish.

belgilangan muddatlarda

38.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat stipendiyalari (grantlari), shuningdek, boshqa imtiyoz va preferensiyalar olish uchun ariza berish imkoniyatini joriy etish.

1. Xizmatni ko‘rsatish reglamentini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

2021-yil yanvar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Tasdiqlangan reglamentga muvofiq tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish va xizmatni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy qilish.

2021-yil fevral

39.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida aholi tomonidan ijtimoiy yordam olish uchun murojaat yo‘llash imkoniyatini joriy etish.

1. Axborot tizimining o‘zaro hamkorligini ta’minlash bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil yanvar

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Axborot tizimini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilish.

2021-yil mart

40.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida umumta’lim maktablariga qabul qilish uchun ariza berish, yashash joyi yaqinidagi maktablarni qidirish, hujjatlarni topshirish, shuningdek, yashash joyini o‘zgartirganda maktabni o‘zgartirish imkoniyatini taqdim etish.

1. Loyihaoldi o‘rganishni va ma’lumotlar tahlilini amalga oshirish.

2021-yil yanvar

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Axborot texnologiyalari vazirligi (O. Pekos)

2. Mavjud axborot tizimida xalq ta’limi muassasalari bazasini shakllantirish va o‘quv sinflari sig‘imini nazorat qilish imkoniyatini yaratish.

2021-yil iyun

3. Xizmatni ko‘rsatish reglamentini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

2021-yil iyul

4. Axborot tizimini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilish.

2021-yil sentyabr

41.

Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatilishida yanada qulayliklar yaratish maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” AJning pochta aloqasi obyektlarida aholiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash.

1. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining olis tumanlaridagi pochta aloqasi obyektlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatilishini sinov tarzida yo‘lga qo‘yish.

2020-yil dekabr

Axborot texnologiyalari vazirligi (J. Egamberdiyev)

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar olis tumanlaridagi pochta aloqasi obyektlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatilishini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish.

2021-yil iyul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoniga

26-ILOVA



Download 15,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   764   765   766   767   768   769   770   771   ...   774




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish