4)Raqamli iqtisodiyot platformasi nima?
Bu tijoratning tobora ko'proq raqamli platforma biznes modellariga o'tish tendentsiyasidir. Platformalar iste'molchilar, tadbirkorlar, biznes va keng jamoatchilikka ulanish, resurslarni almashish yoki mahsulotlarni sotish imkonini beruvchi xizmatlarni joylashtirishi mumkin bo'lgan asosiy kompyuter tizimlaridir. Bu atama biznes-tahlilchilar tomonidan raqamli innovatsiyalarning raqobatbardosh tabiatini tavsiflash uchun foydalaniladi. Platforma iqtisodiyotida platformalarning bir nechta asosiy turlari mavjud: Innovatsion platformalar- Ular mijozlarga individual foydalanishga moslashtirilishi mumkin boʻlgan texnologiya asoslarini taqdim etadi. Innovatsion platforma kompaniyalariga misollar: Microsoft, Oracle va Salesforce. Integratsiya platformasi- Bu bitim va innovatsion platforma birikmasi, Apple App Store yoki Google Play kabi onlayn ilovalar bozorlari. Ko'p hollarda platforma iqtisodiyotining yuksalishi eski biznes modellarini almashtirdi.
5)Buyumlar internet(Internet of Things-IoT)ning mohiyati va ishlatilishi?
Buyumlar interneti (inglizcha: internet of things, IoT) – bu bir-biri bilan yoki tashqi muhit bilan oʻzaro taʼsir qilish uchun oʻrnatilgan vositalar va texnologiyalar bilan jihozlangan jismoniy obyektlar (“narsalar”) oʻrtasida maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi tushunchasi. Taxminlarga koʻra, bunday tarmoqlarni tashkil etish iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni qayta qurish, baʼzi harakatlar va operatsiyalarda inson ishtirokiga boʻlgan ehtiyojni yoʻq qilishga qodir. 2004-yilda “Scientific American” jurnali “buyumlar interneti”ga bagʻishlangan konsepsiyaning maishiy foydalanishdagi imkoniyatlarini koʻrsatadigan keng maqola chop etdi: maqolada maishiy texnika (budilnik, konditsioner), uy tizimlari qanday ishlashini koʻrsatadigan illyustratsiya berilgan.
6)Raqamli texnologiyaning O’zbekistondagi holati?
O`zbekiston Respublikasida an`anaviy iqtisodiyotdan raqamli iqtisodiyotga o`tish uchun ancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bularga misol:raqamli iqtisodiyot, axborotkommunikatsiya texnologiyalari, aqilli texnologiyalar, raqamli texnologiyalar, global iqtisodiyot, raqamli va mobil texnologiyalar. So'nggi yillarda iqtisodiyotni rivojlantirishda ilg'or texnologiyalar va innovatsiyalaming ahamiyati oshib bormoqda. Eng yangi texnologiyalar ishlab chiqarish va biznes jarayonlarining samaradorligini oshirishi mumkin. Eng yangi texnologiyalar inson faoliyatining barcha yangi sohalari va sohalariga kirib borishi bilan an'anaviy yondashuvlar va ish uslublari o'zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |