Amaliy raqamli platformalar - bozorning mustaqil ishtirokchilarining katta qismi o'rtasida qiymatlarni algoritmik almashish imkoniyatini beradigan biznes modellar. Bunda bitimlar yagona axborot muhitida amalga oshiriladi. Bu guruhga Uber, AirBnB, Aliexpress, Booking.com, Avito, Boeing etkazibberuvchilar portali, Apple AppStore, AviaSales, Facebook, Alibaba, Yandex Taxi, Yandex Search, Predix Developer Network Appstore kiradi.
43)Ma’lumotlar bazalari va banklari haqida tushunchalar?
Ma'lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma'lumotlarni markazlashgan holda saqlash va jamoa bo`lib foydalanish uchun mo`ljallangan axborotli, tеmatik, dasturiy, tillar, tashkiliy va tеxnik vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. Ma'lumotlar bankiga quyidagi asosiy talablar qo`yiladi:
1.muammoli sohaning holatiga axborotning mos kеlishi; 2.ishlashning ishonchliligi; 3.tеzkorligi va unumdorligi;
4.foydalanishning oddiy va qulayliligi; 5.foydalanishning ommaviyligi; 6.axborotning ximoyalanganliligi;
7.kеngaytirish imkoniyatlarining mavjudligi.
Ma'lumotlar bazasi – ma'lumotlar bankining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma'lumotlar bazasi – zaruriy axborotni tеzkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog`liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega, katta miqdordagi ilovalar uchun foydalanish imkoniyatlari bilan tavsiflanuvchi o`zaro bog`liq ma'lumotlar yig`indisidir.
Ma'lumotlar bazasini qo`llash ushbu imkoniyatlarni bеradi: 1.so`rovlar majmuasini amalga oshirishni soddalashtirish; 2.saqlanilayotgan ma'lumotlarning ortiqchaligini kamaytirish;
3.axborot tеxnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish; 4.ma'lumotlar dolbzarligini ta'minlash;
5.amaliy dasturlarni o`zgartirmasdan ma'lumotlarni o`zgartirish; 6.ma'lumotlar tuzilmasini qat'iyligini saqlash.
44)Raqamli platformalar uchun qanday mezonlar mavjud?
Axborotni qayta ishlash uchun standart funktsiyalar va interfeyslardan foydalangan holda amaliy yechimlar yaratishga mo'ljallangan va dasturiy ta'minotga yoki apparat-dasturiy komplekslarga(mahsulotlarga) asoslangan va ma'lumotlarning uzluksiz texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi instrumental raqamli platformalar.
Bunday platformalarga misol sifatida Java, SAP HANA, Android OS, iOS, Intel x86, Bitrix, Amazon Web Services, Microsoft Azure, TensorFlow, Cloud Foundry; Axborotlashtirish bozorlari ishtirokchilarining ekotizimlari bilan bog'liq bo'lgan infratuzilmali raqamli platformalar, ular bo'yicha axborot xizmatlari va axborot manbalariga kirish uchun raqamli texnologiyalardan foydalaniladigan va ekotizimlarda qo'llaniladigan AT xizmatlari ko'rsatiladi. Ushbu turdagi platformalarga General Electric Predix, ESRI ArcGIS, ESIA, CoBrain-Analytica, ERA- GLONASS (sheriklik dasturi) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |