10)Eng rivojlangan AKTga ega mamlakatlar qaysilar?
Isroilning asosiy yutugʻi IT - kelajak sohasi ekanligini aksariyat davlatlardan oldin, 25 yil ilgari proznoz qilib, bor kuchni uning rivojiga qaratganidir.
Bundan oʻn yetti yil ilgari Gruziyada “rangli inqilob” natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Saakashvilining nomi eslanganda uning Gruziyada amalga oshirgan islohotlari tilga olinadi.
Saakashvili mamlakatdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borgan, koʻplab vazirlik va tashkilotlarni tugatib, ixchamlashtirgan. Ungacha boʻlgan 20 turdagi soliqdan, bor yoʻgʻi yettitasini qoldirib, qolganini bekor qilgan.
Ayni paytda Gruziya Sobiq Ittifoqdan qolgan eski tizim bilan boshqariladigan qoloqlik botqogʻidan chiqib olib, shiddat bilan rivojlangan davlatlardan biri. Uni, shubhasiz, taʼlim va kompyuter texnologiyalariga boʻlgan eʼtibor shu darajaga olib chiqdi. Bugungi kunda Gruziya etakchi dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari va boshqa axborot texnologiyalari kompaniyalari uchun jozibador mamlakatga aylangan.
11)Bulutli texnologiyalarni rivojlantirish bosqichlarini ayting?
Bulutli dasturlar texnologiyasi - bu Internetga asoslangan platforma, bu resurslar serverdan mijozga tarmoqlar kanallari orqali ma'lumot yetkazadi. Shu sababli, texnologiya yorug'lik tezligida yangilanayotgan hozirgi dunyoda qaysi texnologiyaga o'tish kerakligini va texnologiyadan to'g'ri foydalanishni bilish juda muhimdir. Shunday qilib, bulutli texnologiyalarning mashhurligi va Internetning salbiy ta'siriga qaramay, u eng tezkor texnologiya bo'lib qoladi va u bugungi bozorning so'nggi tendentsiyasiga aylandi.
12)Raqamli iqtisodiyotning eng istiqbolli texnologiyalari va ularning xususiyatlari qanday?
Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi. Raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog‘liq 50 foizdan ortiq sohalarni keskin o‘zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari va raqamli platformalar biznes modellarni keskin o‘zgartirib, ularning samaradorligini vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |