204
Bunday boksitlarni Bayer usuli bilan qayta ishlashda boshqa usullarga
nisbatan aniqroq, sodda va toza glinazem olish mumkin.
Bayer usuli yopiq texnologik jarayon bo’lib, birinchi operasiyadan
chiqqan
mahsulot keyingi operasiyaga xomashyo sifatida ishlatiladi. Umumiy ko’rinishda
bu jarayon quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi:
Al(OH)
3
+NaOH
NaAl(OH)
4
.
Reaksiyaning chapdan o’ngga ketishida glinazemni boksiddan NaOH
bilan
tanlab eritish ro’y beradi va natriy alyuminati (Na Al(OH)
4
) eritmasi hosil
bo’ladi.
Glinazemni ushbu usul bilan olish texnologik jarayoni bir necha
bosqichlardan iborat. Kondan olingan boksit birinchi
bosqichda dastlabki
tayyorgarlikdan o’tadi. Bu – maydalash, yanchish va ba’zi vaqtlarda quritish va
kuydirish bosqichlaridan o’tadi. Ba’zi vaqtlarda
boksit sifatini yaxshilash
maqsadida boyitiladi.
Undan so’ng boksitdan glinazemni alyuminat natriyga o’tkazish uchun
avtoklavlarda NaOH eritmasi bilan tanlab eritiladi. Boksitni tanlab eritishni,
uzluksiz jarayonida dastlabki ishqoriy aralashma bilan olib boriladi. Boshlang’ich
sikl uchun yangi tayyorlangan NaOH aralashmasi ishlatiladi (kaustik soda).
Boksitni tanlab eritish jarayonida tarkibida alyuminat natriy va erimaydigan
qizil shlam bo’lgan bo’tana hosil bo’ladi.
Pulpani oqava suv (avvalgi siklda qizil shlam yuvilishidan kelayotgan) bilan
suyultiriladi va qizil shlamdan alyuminat eritmasini
olish uchun quyultirishga
jo’natiladi.
Suv bilan yuvilgan qizil shlamni tashlama joyga jo’natiladi. Quyultirgichdan
kelayotgan alyuminat eritmasini qizil shlamdan to’liq ajratib olish uchun tindiriladi
(filtrlanada).
Tindirilgan alyuminat eritmasi keyinchalik o’tgan sikldan hosil bo’lgan
alyuminiy gidrooksid bilan aralashtiriladi va ohista aralashtiriladi – cho’kmaga
tushiriladi. Bu jarayon natijasida alyuminat eritmasi parchalanib, cho’kmada
alyuminiy gidrooksidining duri hosil bo’ladi. U bu tarzda olingan,
tarkibida
alyuminiy gidrooksidi va dastlabki ishqoriy eritma bo’lgan bo’tana quyultiriladi.
Taxminan 25-50% gacha quyultirilgan alyuminiy gidrooksidni filtrlashga va
yuvishga yuboriladi. Qolgan 50-75% alyuminiy gidrooksidini keyingi cho’kmaga
tushirish jarayoni uchun zatravka tayyorlashga jo’natiladi.
Yuvilgan alyuminiy gidrooksidni kalsinasiyalanadi (ya’ni yuqori haroratda
toblanadi), natijada
elektrolizga yuboriladigan, suvsizlantirilgan glinazem hosil
bo’ladi.
Konsentrasiyalangan dastlabki eritmadan odatda ozroq kristall holatdagi
soda hosil bo’ladi. Dastlabki eritma ishqoriy eritmani bug’latish yo’li bilan
konsentrasiyalanadi. Konsentrasiyalangan dastlabki eritma
ishqoriy eritma boksitni
yangi qismini tanlab eritish uchun avtoklavlarga kelib tushadi va Bayerning
jarayoni boshqatdan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: