Sianlash usullari va dastgohlari
Sianlash jarayoni oltin sanoatiga o’tgan asrning oxirlarida kirib keldi. U
vaqtlarda hali boyitish va gidrometallurgiya asbob uskunalari hali mavjud emas
edi. Mayin yanchishning narxi baland bo’lgani sababli va katta miqdorda
yanchilgan mahsulotni uzluksiz tanlab eritish, suvsizlantirish va filtrlash
jarayonlari ishlab chiqilmaganligi uchun, sianlash jarayonini sanoatga kirib
kelishining boshlang’ich davrida, dag’al yanchilgan rudani sianlash jarayoni
sizdirib o’tish tanlab eritish usulida amalga oshirilgan. Sizdirib o’tish usulida
sianlash jarayonini doirasimon yoki tug’ri to’rt burchakli idishlar – chanlarda olib
boriladi 7.7 – rasmda ko’rsatilgan.
1
2
3
4
2
5
162
7.7.-rasm.
Sizdirib o’tish usulida tanlab eritish dastgohi
1-
chan; 2 – chan tubining ustidagi panjara; 3 – metall tarkibli eritmalarni chiqaradigan
jumrak ; 4 –qoldiqlarni chiqarib tashlash uchun mo’ljallangan tuynuk; 5 - fundament
Doirasimon chanlarning diametri 12-14 metrgacha, balandligi 2-4 m
bo’ladi. To’g’ri to’rtburchakli channing o’lchamlari: uzunligi 25 m, kengligi 15m
gacha bo’lib, ularnig sig’imi 800 – 900 t. gacha boradi. CHan tarkibida oltin
mavjud ruda bilan to’ldirilgandan so’ng, unga qattiq moddani qoplagunga qadar
sianid eritmasi eritma beriladi. Ma’lum vaqtdan so’ng eritma channing pastki
qismida o’rnatilgan jumrak orqali chiqarib yuboriladi. Rudadan metall to’liq
eritmaga o’tmagan bo’lsa, chan yangi eritma bilan to’ldiriladi.
Tanlab eritish tamom bo’lgandan so’ng, qattiq faza toza suv bilan bir necha
marta chayiladi. Qoldiq channing tubidagi maxsus tuynuk orqali chandan chiqarib
yuboriladi. So’ngra yangi ruda bilan to’ldiriladi.
Bu usulda jarayonni olib borish uchun qayta ishlanadigan xom ashyoda,
tuproq, il (suspenziya holatdagi zarrachalarning yig’indisi), mayda zarralarning
mavjudligiga yo’l ko’yilmas edi. SHu sababdan, tanlab eritsh jarayonidan avval
yanchilgan ruda sinflarga bo’linardi. Sinflash jarayonining yirik mahsulotlari
sizdirib o’tish yo’li bilan qayta ishlanardi, illar esa chiqindixonaga tashlanardi.
Illarda asosan mayin oltin zarrachalari bo’lgani sababli ular yo’qolib ketardi va
oltinni ajratib olish darajasi past qiymatlarga ega bo’lar edi.
Gidrometallurgiya dastgohlarning takomillashishi bilan oltin ishlab
chiqarish sanoatida qayta ishlashda tarkibida mayin oltin bo’lgan rudalar qo’llana
boshlandi, bunda rudaning hammasi birgalikda tanlab eritiladi. Bu jarayonning
nomi “to’liq il jarayoni” deb nomlandi.
“To’liq il jarayoni” bo’yicha tarkibida oltin mavjud rudalarni qayta ishlash
sxemasi 7.8. - rasmda ko’rsatilgan.
Ruda
yanchis
Quyuqlashtirish
Suv
Bo‘tana
163
Do'stlaringiz bilan baham: |