7.2. - rasm.
a- konusli maydalash mashinasining ko’rinishi, b – jag’li
maydalagi mashinasining tuzulishi
Ikki bosqichli maydalashda ruda 20 mm , uch bosqichli maydalashda 6,0 mm
o’lchamgaa maydalanadi. Maydalash jarayonidjan chiqqan mahsulot oltn yuzasini
to’la ochish maqsadida yanchish jarayoniga yuboriladi. Yanchish ham maydalash
kabi bir, ikki yoki uch bosqida amalga oshirilishi mumkin. Bosqichlar soni ruda
tarkibidagi oltinni to’liq ochilishiga bog’liqdir. Yanchish jarayoni tegirmon deb
а
b
154
nomlanuvchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Rudani quruq yoki g’o’l g’olatda
(bo’tana shaklida) olib borish mumkin. Tegirmonlar yanchadigan usuliga qarab
ho’l holatda o’zi yanchar, sharli (soqqali), sterjenli va b. turlarga bo’linadi.
O’zbekiton Respublikasining oltin saralash fabrikalari va oltin ajratib olish
zavodlarida ko’pincha ikki bosqichli yanchish jarayoni qabul qilingan.
Yanchishning birinchi bosqichida odatda o’zi yanchar tegirmonlar, ikkinchi
bosqichida esa sharli tegirmonlar qo’llaniladi. Yanchish ho’l holatda olib boriladi.
Tegirmonlardan chiqadigan yanchilgan mahsulot bo’tana shalida bo’ladi (7.3.-
rasm).
Yanchish jarayoni yanchish darajasi bilan belgilanadi. Yanchish darajdjasini
aniqlovchi ko’rsatgich bu bo’tana tarkibidagi 0,074 mm sinfining miqdoridi.
Yanchilgan mahsulotda 0,074 mm sinfining miqdori oltin ishlab chiqarish
sanoatida 80-85 % kam bo’lmasiligi kerak. Bu ko’rsatgichda ruda tarkibida oltin
zarralari deyarli to’liq ochiladi.
Yanchish jarayonida belgilangan ko’rsatgichga qadar yanchilmay qolgan
rudani to’liq yanchish maqsadida, tegirmonlarda chiqadigan mahsulot sinflanadi va
yirik mahsulotlar qaytadan tegirmonlarga qaytariladi (7.4-rasm). Masalan
Respublikamizadigi oltin saralash fabrikalarida yanchish jarayonining birinchi
bosqichida tegirmon spiralli sinflagich, ikkinchi bosqichdagi tegirmonlar esa
gidrosiklon deb nomlanuvchi sinflagichlar bilan birga ishlaydi (7.3-rasm).
Tegirmon yonidagi spiralli sinflagichlar yirik o’lchamli 1-3mm rudani kaytarib
tegirmonga yuklaydi. Gidrosiklonda bo’tana “qum” va “sliv” (suyuk butana) deb
nomlanuvchi mahsulotlarga ajratiladi. Qum kaytatadan yanchiladi, sliv esa keyingi
jarayonlarga jo’natiladi.
Yanchilgan ruda bo’tana shaklida boyitishga yoki gidrometallurgik qayta
ishlash jarayonlariga yuboriladi.
Boyitish jarayonlarining aosiy maqsadi oltinga boy boyitmalar olishdir. Oltin
rudalarni boyitishning kuyidagi usullari sanoatda keng tarqalgan: flotasion boyitish
va gravitasion boyitish.
Boyitish jarayonlarining belgilovchi asosiy omillardan biri bu oltin
zarrachalarnig yirikligi va zichligidir. Flotasion boyitish usuli asosan mayda va
mayin oltin saqlovchi va sulfidli oltin saqlovchi rudalarni boyitishda qo’llaniladi.
Gravitasion usulda esa, oltin saqlovchi ruda tarkibidan yirik oltin ajratib
olinadi. Respublikamizning ltin ajratib olish zavodlarida (GMZ-1, GMZ-2, GMZ-
3, Mardjonbulok oltin saralash fabrikasi) gravitasion boyitishning kuyidagi usullari
qo’llaniladi:
- cho’ktirish (otsadka) mashinalarida yirik oltinni ajratib olish;
- chktirish mashnasida olingan boyitmani konsentrasion stolda qayta tozalash.
Cho’ktirish mashinalari odatda yanchish jarayoning birinchi bosqichida
tegiromon bilan birgalikda ishaltiladi. Yirik oltinni cho’ktirish usulida ajratib
olishing sxemasi 7.4.-rasmda ko’rsatilgan:
155
Sharli tegirmon
O‘zi yanchar tegirmon
Spiralli sinflagich bilan birga
ishlaydigan tegirmon bloki
Gidrosiklon bilan birga
ishlaydigan tegirmon bloki
156
Do'stlaringiz bilan baham: |