Rahmatjonova Husnida Dilshodjon qizi O‘zbek mumtoz adabiyotida satira: an’ana va tadrij



Download 122,81 Kb.
bet5/16
Sana31.12.2021
Hajmi122,81 Kb.
#244566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Husnida diss oxiri - копия

I.BOB.VOQELIK VA BADIIY ADABIYOT


1.1. O‘zbek mumtoz adabiyotida satirik yo‘nalishning shakllanishi

Adabiyotshunoslikda badiiy adabiyotning o‘zagi so‘z san’atiga daxldor bo‘lgan asarlardir.Unda badiiy adabiyotning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy aloqalarini har jihatdan va atroflicha o‘rganiladi. Badiiy adabiyotda satira nisbatan keyinroq shakllandi va ijtimoiy munosabsatlarni badiiy asarlarda ifodalash uchun xizmat qildi.

O‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalarining aksariyatiijodida satirik yo‘nalishning alohida o‘rni va ahamiyati bor. Zamona hodisalarini, davr xususiyatlarini, zamondoshlarning qiyofalarini aks ettirishda, voqelikni ta’sirсhan ifodalashda shoirlar satira qurolidan ham unumli foydalanganlar.

Hajviyot geroizm, tragizm, dramatizm kabi ehtiros (pafos)lardan keyinroq kelib сhiqdi, ammo har bir jamiyatni qayta qurish va taraqqiy ettirishda katta xizmat qila boshladi. Chunki u noqobil odamda og‘riq qoldiradi, oshkora, kerak bo‘lsa haqoratli savalaydigan, qattiq tegadigan bo‘ladi. Goho g‘arazliday ko‘rinadi, estetik ideal esa muallif obrazida ko‘rinadi, bu hol kulgi shaklida namoyon bo‘ladi. Ammo demokratik satirada simvol, majoz o‘rnini hayotiy tiplar, mehnatkash xalqqa hamdardlik oldi, ko‘pgina hajviy xarakterlar prototipli edi, lekin satira, umuman, to‘qima obraz hayotdagi yaramaslikni fosh etadi, kishilar satira o‘zi to‘g‘risida yozilganday his qiladi, jiddiy o‘ylaydi va hayajonlanadi. Bu esa satirada o‘ziga xos tipiklashtirish mavjudligini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra, satirik asarda salbiy hodisalarva holatlar shakllanadi, ular bo‘rttiriladi, badiiy to‘qima mavqei ortadi. Qo‘yilayotgan masalalarda majoziy obrazlardan foydalaniladi, ijobiylikni ma’qullash hajviy tasvir orqali amalga oshiriladi. Satirik tipning o‘zi hayotdan olinadi, badiiy to‘qima orqali to‘kislanadi, realistik detallar, o‘ta mubolag‘a, karikatura, shartlilik, mantiq, fosh etish, muhim qirralarni topish yo‘llari qo‘llaniladi. Shunda hayotda ko‘zga tashlanmay yurgan hajviy xarakterni el ko‘ziga olib сhiqiladi. Shu boisdan, satirik qiyofa iсhki tomondan tanlanadi, yorqin pozitsiyadan turib, ilg‘or qarash, taraqqiyparvarlik jihatidan shiddatli, keskin tasvirlanadi. Yolg‘on va сhin, soxta va haqiqiy, olijanoblik va tubanlik, go‘zallik va xunuklik yonma-yon qo‘yiladi. Estetik ideal bir neсha yo‘l bilan ayon bo‘ladi, yomonni uzil-kesil fosh etish, tuzatish satirik asarda ijobiy obraz yoki ideal fazilatlarni qarama-qarshi qo‘yish orqali namoyon bo‘ladi. Demak, satira “yo‘qotish”ni, yumor tuzatishni niyat qilib oladi. Satira mumtoz adabiyotda “hajviya” deb atalgan, ammo unda satira va yumor elementlari uyg‘unlashib ketgan. She’riy satirada hissiyot birinсhi planga сhiqadi, siqiqlikka e’tibor beriladi, emotsional bo‘yoqdorlik katta rol o‘ynaydi.3

Inson hayot ekan, unga kulgu hamdamdir. Donishmandlardan biri kulguni yo‘q etuvсhi eng qudratli qurollardandir deyishi bejiz emas. Shuning uсhun kishilarning eng qadimiy ijodiyotidan tortib bizning kunlarimizgaсha bo‘lgan badiiy asarlarda hayotda uсhraydigan kamсhilik va qusurlarni kulgu vositasi bilan tanqid qilish usuli yashab kelmoqda.

Hajv Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiy asarlarida element holida bo‘lsa-da, ko‘rina boshlaydi. Keyinchalik Lutfiy, Yusuf Amiriy, Yaqiniy singari shoirlarning asarlarida hajv alohida obrazlar, epizodlar vositasida namoyon bo‘la boshlaydi. Ammo o‘zbek adabiyotida Navoiygacha maxsus satirik va yumoristik asarlar yozgan shoirlarni uchratmaymiz. Shunday bo‘lsa-da, hajviy elementlar ma’lum estetik-g‘oyaviy vazifani o‘tab, alohida g‘azallar turining, hajviy g‘azallarning vujudga kelishiga zamin bo‘ldi.

Atoyining hajv elementi va yumor bilan yo‘g‘rilgan g‘azallaridan biri quyidagicha boshlanadi:

Gaheki bossa oyog‘in yuzumga noz ila der:

“Ayog‘im og‘ridi, ne bo‘ryo emishtuksan?”

...yuziga ko‘p tika boqsam, manga kulub aytur:

“Atoyi, ne ko‘zi to‘ymas gado emishtuksan?”

Bunday baytlar, albatta, hajviy g‘azallarning shakllanishi va rivojida ahamiyatli bo‘lgan.

O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida hajviy g‘azallarning chinakam ixtirochisi Navoiy bo‘ldi. Uning hajviy g‘azallarining mavzular ko‘lami keng va rang-barangdir. Shoir munofiq va hiylakor shayxlar, xudbin, badbin zohidlar, johil voizlar ustidan kuladi va ularni fosh etadi. Uning “Meni ishqdin man etar soda shayx” deb boshlanuvchi satirik g‘azalining o‘zi o‘zbek adabiyotida alohida turkumni tashkil etib, biz so‘z yuritayotgan Qo‘qon adabiy muhitida ham ko‘plab shoirlar ushbu g‘azalga naziralar yozdi. “Ul shayxki, minbar uza afsung‘a berur tul”, “necha yolg‘on so‘z-u muzhik harakot, ey voiz”, “Xonaqohda halqai zikr ichra g‘avg‘o qildi shayx”, “Masih oyin agar minbarda zohir qilsa dam voiz” singari o‘nlab g‘azallari hanuzgacha mashhur va sevib o‘qiladi. Bu g‘azallarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ularda realistik tamoyil ustun bo‘lib, riyokor shayxlar, voizlarning haqiqiy qiyofalari real bo‘yoqlarda umumlashtiriladi.

Keyinchalik Turdi, Maxmur, Munis, Ogahiy, Muqumiy, Zavqiy, Avaz O‘tar, Faqiriy singari ko‘plab shoirlar hajviy hamda yumoristik g‘azallar yaratdilar. Ular she’riyatda satiraning mavqeini mustahkamladilar. Hajviy hamda yumor g‘azallarning mavzular doirasini ancha kengaytirdilar, g‘azalga yangidan yangi tip hamda obrazlarni olib kirdilar. Muqumiy davri o‘zbek adabiyotida satiraning yangi bosqichga ko‘tarilishi omillarini adabiyotshunos A. Abdug‘afurov quyidagicha sharhlaydi: “O‘zbekiston territoriyasining Rossiyaga qo‘shib olinishi natijasida... Ikki yoqlama zulmning, adolatsizlikning nihoyatda kuchayib ketishi, kapitalistik munosabatlarning tobora yuzaga chiqa borishi, xalqimizning zulm va adolatsizliklarga qarshi o‘z ozodligi uchun kurashining faollashuvi, hukmron sinflar va tuzumning tartib-qoidalaridan noroziligining kundan kunga orta borishi, ikkinchi tomondan... O‘zbek adabiyotida tanqidiy realizm metodining shakllanishiga, bu adabiyotda, ayniqsa, satirik yo‘nalishning keng rivojlanishiga olib keldi.”4

Satiraga murojaat qilgan shoirlar ko‘proq g‘azal janridan foydalandilar. Buning sababi, fikrimizcha, bu janrning boshqalarga qaraganda xalqqa yaqinligi, o‘z taraqqiyoti davomida ko‘p asrlik tajriba va an’analarga ega bo‘lishidir. Buning ustiga, satirik va yumoristik g‘azallar xalq orasida juda tez tarqalar, hatto qo‘shiq qilib aytilar edi. Rost so‘zni ayta bilish, haqiqatni har qanday xolatda ham himoya qila olishga tayyor turish satirik shoirlarning g‘oyaviy pozitsiyasiga aylanganligini Muqumiyning quyidagi misralaridan ham ilg‘ashimiz mumkin:

Gar qilich boshimga ham kelsa degayman rostin,

So‘zki haq bo‘lsa, savolimga javobim kim desun.

Xorazm adabiy muhitining namoyandasi Avaz O‘tar ham Muqumiyga hamohang ravishda o‘z ijodiy prinsipini quyidagicha bayon qilgan edi:

Baloyi nogahondur kizbkim, andin panoh etgil,

O‘lar holatda ham deb rost so‘z holin taboh etgil.

Avazning “Xalq”, “Topar ekan qachon?”, “Fidoyi xalqim”, “Ulamolarga”, “Birovlar” kabi she’rlari ana shu ruhda yozilgan satirik ijodning ajoyib namunalaridir. Bu g‘azallarda shoir xalqning xonavayron bo‘lganini, zulm ostida qolganini, zamonaning nosoz qurilganini, jaholat hukmronligini achinish va alam, xolislik va haqgo‘ylik bilan tasvirlab bergan.

Mumtoz satirik asarlarda, xususan, Qo‘qon adabiy muhiti namoyandalari tilida ham yangiliklar va yangilanishlar yuz beraboshladi. Ayniqsa, X1X asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot namunalarida xalq orasida ko‘p qo‘llanadigan, adabiy tildan mustahkam o‘rin olmagan so‘zlar izchil qo‘llanila boshladi. Bu hol satirik asarlar tilini xalqqa yanada yaqinlashtirdi, ommalashishini tezlashtirdi.

Satira hayotdagi pastkashliklarni yuksak ideallar nuqtayi nazaridan kulgili tarzda keskin rad etish yo‘li bilan turmushdagi go‘zal, ijobiy tomonlar, eng yaxshi axloqiy munosabatlar, insoniy fazilatlar ravnaqiga, ularning qadrlanishiga keng yo‘l ochib berdi. Ijodkorlar xalq dardini badiiy adabiyotga olib kirdi. Lirikada o‘sha davr ijtimoiy ruhiyati aks eta boshladi.

Ubaydulla Zavqiy lirikasida:

O‘tib bir qarn aqronim jahon obod ko‘rgaysiz!

Jahon ahlini zolim zulmidan ozod ko‘rgaysiz!

Giriftori alam ermas – hammani shod ko‘rgaysiz!

Bunda shoir mustamlaka asorati ostida ezilayotgan ona yurtning kulfatli kunlari unut bo‘lishi haqida so‘z ochadi, og’ir iqtisodiy hayot kechirayotgan xalqning baxtli taqdiri haqida, bo‘lajak kata ijtimoiy o‘zgarishlar haqida bashorat qiladi.

Satirani xalq yaratgan.O‘z orzu-umidlari, hayotga bo‘lgan intilishlari aks etgan.Badiiy adabiyotda esa yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi.Xonliklar davrida satira lirikaning negizini tashkil etdi.Saroy adabiyoti xalq orasiga satira orqali kirib bordi.

Zokirjon Xolmuhammad o‘g'li Furqat o‘zining lirik she'riyati bilan adabiyotimiz xazinasini boyitgan, ma'rifatchilik adabiyotining darg'alaridan biri bo‘lgan hamda o‘zbek publitsistikasiga tamal toshlarini qo‘ygan zabardast ijodkordir.Shoir 1859- yildaQo‘qondasavdogaroilasidatug'ilgan.

Lirik timso1 va yaqinlari o‘z hol-u imkoniyatlarini yaxshi bilishadi. Dunyo tartiblari ularning fikri bilan belgilanmasligini anglashadi. Shunday bo‘lsa-da, ular o‘z qarash va e'tiqodlaridan qaytmoqchi emaslar. Shu tariqa g'azalda ko‘ngil ma'rifatiga ega shaxslar holati juda ta'sirli aks ettirilgan.

Furqat ma'rifatchilik adabiyotidagi eng yorqin iste'dod egasi edi.Shoirning dastlabki she'rlaridan tortib, umrining so‘nggiga qadar yaratgan bitiklarida kishilarni ma'rifatga chorlash, ilmning ahamiyatini targ'ib qilish ustuvordir. Fikrni yangilamay turib, hayotni yangilash ham, yaxshilash ham mumkin emasligini anglab yelgan shoir „Ilm xosiyati", „Akt majlisi xususida", „Gimnaziya", „Vistavka xususida" va boshqa bir qator masnaviylarida hamda ko‘plab g'azallarida ma'rifatchilik qarashlarini oldinga suradi, ilmning ahamiyatini uqtirib, kishilarni ilm o‘rganishga chaqirishdan charchamaydi. Chunki u dunyoda sog'lom aqlga muvofiq tartib o`rnatmoq, odamlarni baxtliroq qilmoq uchun, avvalo, ilm zarurligini anglab yetgan va buning uchun harakat zarurligini tushunib olgan ijodkor edi.



Koshki bir yerda bo‘lsak erdi jonon ikkimiz,

Ko‘zi shum ag'yorlardin anda pinhon ikkimiz.

Oshiq orani buzish bilan mashg'ul ag’yorlar ko‘zidan panada jonon bilan bo‘lishni orzu etadi.Oldingi she'rlaridagidan farqli ravishda, davron ma'shuqaga ham vafo qilmaydi. Shu bois, davr keltirgan jafolaridan qutulish har ikkovi uchun ham zaruriyat: ‘



Har zamon davron jafosidan qilibon boda no’sh1,

Mastlikdan aylasak qayg’uni yakson ikkimiz.

Furqat — tasvirning maromini ushlashda, uning hayotiyligiga hissa qo‘shishda o‘ta haqiqatgo‘y.Ma'lumki, mast odamlarda butun narsani xira ko‘rishga moyillik bo‘ladi.Shuning uchun ham oshiqning bodani ichib, mast bo‘lgachgina qayg'uning uyini yakson qilishni orzu qilishi mantiqan asoslangan.Ruhshunoslar xafa qilingan, o‘ksitilgan kishilar tez mast bo‘lishini ham qayd etishadi. Furqat g'azalning (o‘rtinchi baytida shu xulosani holatga aylantirib ifodalaydi:



Dahrning ozoridin masti xarobotiy bo‘lub,

Tarki hush aylab, bo‘lub ul yerda hayron ikkimiz.

G’azal qahramonlarini boda emas, balki „dahrning ozori" mast qiladi. Mast odamlar, ko‘pincha, qayoqqa yurishni va nima qilishni bilmay, hayronlikda bo‘lishadi. Garchi, g'azalning mazmuni oshiqona bo‘lib, ramzlarga asoslangan esa-da, tasvirning izchiligiga, uning mantiqiyligiga erishilgan.

Mumtoz g'azalchilik tajribasida goh-goh uchrab turganidek, mazkur g'azal matla'sining birinchi misrasi hech qanday o‘zgarishsiz maqta'ning ikkinchi satri bo‘lib qaytariladi.Furqatning mahorati g'azal yozishda ko‘rinadi. Biror tovushi o‘zgartirilmagani holda ayni misra matla'da orzuni, maqta'da esa armonni ifoda etadi.

Satira voqelikni badiiy aks ettirishning o‘ziga xos usuli bo‘lib, unda jamiyatdagi asossiz, bema’ni, notog’ri hodisalar, illatlar fosh qilinadi.Voqealarning real ko‘rinishini o‘zgartirib, oshirib, bo‘rttirib, mubolag’a qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa ko‘pgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqalisatira obyektiga ishlov beriladi. Satirada muallif komiklikning boshqa turlari yumor va hikoyadan ham foydalanadi.

Satira qadimgi Rimda lirikaning fosh qiluvchi janri sifatida tan olingan. Keyinchalik o‘zining janriy xususiyatlarini yo‘qota boshlagan. Boshqa janrlar (masal, epigramma, burleska, pamflet, felyeton, komediya va satirik roman)ning o‘ziga xos xususiyatini belgilovchi adabiy jinsga o‘xshab qoladi. Satira ijtimoiy kurashning eng muhim janri bo‘lib, unga tarixiy sharoit, millliy va ijtimoiy taraqqiyot faol ta’sir ko‘rsatadi. Satiraning ma’naviy ta’sir kuchining o‘tkirligi unda inkor qiluvchi kulgi orqali yaratilgan idealning umumxalq va universal bo‘lishi bilan belgilanadi. Satiraning estetik vazifasi tubanlik, nodonlik, ijtimoiy illatlarga qarama qarshi fikr uyg’otish va qayta tiklashdan iborat. Satirada muallifning individualligi kulgi ostiga olingan obyekt haqida murosasiz fikr aytish, unga aniq g’oyaviy munosabat bildirish orqali namoyon bo‘ladi.Satirik ananalar Sharq xalqlari ijodida qadimdan mavjud. Jahon madaniyatiga hissa bo‘lib qo‘shilgan va Sharq adabiyoti shuhratini keng yoygan asarlar dastlab folklorda “Ming bir kecha” zaminida, sanskritcha “Panchatantra”, forscha xalq qissalari turkumi, Nasriddin haqidagi turk va o‘zbek latifalari asosida yaratilgan. Yozma adabiyotdagi satiralar Sharqda keng tarqalgan va juda mashhur. Uning g’oyalari fors adabiyoti ruboiylari, xitoy novellalari va hind qissalari motivlari bilan sug’orilgan. O‘zbek adabiyotida satiraning ilk namunalari dastlab xalq ijodidagi terma va aytishuvlar, Nasriddin Afandi, Aldar ko‘sa obrazlarida yaratilgan. Keyinchalik yozma adabiyotda taraqqiy etgan.Navoiy, turdi, Maxmur, Gulxaniy, Hoziq, Muqumiy, Zavqiylar satira janrida ijod qildilar.Satiraning keyingi taraqqiyoti Hamza, Qodiriy, G’ozi Yunus, So‘fizoda, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, N. Aminov, S. Siyoyev va boshqalar nomi bilan bog’liq.

1.2.Satirada ijtimoiy ruh

Badiiy adabiyot ijtimoiy hayotning ko‘zgusidir. Voqelikda ro‘y berayotgan hodisalar, turmushdagi o‘zgarishlar, xalqning orzu-umidlari va intilishlari davrning peshqadam kishilari bo‘lgan so‘z san’atkorlarining qalami orqali u yoki bu darajada aks etib boradi. Albatta, voqelikning qanday va qaysi pozitsiyada turib badiiy ifodalanishi shoirning dunyoqarashi, iste’dodi, fe’l-atvori, ta’bidagi muayyan moyilliklar ta’sirida yuzaga keladi. Taqdiridan xushnudlik yoki aksincha, zamona nosozliklaridan norozilik, o‘z maqeidan iftixor yoxud davr adolatsizliklaridan shikoyat shoir ijodida madh tipidagi lirik asarlarni yoki aksincha satirik ruhdagi adabiyot namunalarini maydonga kelishiga sabab bo‘ladi.

Darhaqiqat, hayot haqiqatini kuylash borasida Qo‘qon adabiy muhitining yirik vakillari Akmal, Gulxaniy, Maxmur boshqa shoirlardan farq qiladilar. Ayniqsa, Maxmur xon iltifotiga sazovor bo‘lish uchun tirishmagani, maddohlikdan yiroq bo‘lganligi uchun ham saroydan o‘z munosib o‘rnini topa olmagan. Uning tabiatidagi isyonkorlik, hajvga moyillik, to‘g‘riso‘zlik shaxsiy hayotida ham ko‘plab kulfatlar keltirdi. Bu esa o‘z navbatida shoir ijodida zamon nosozliklaridan shikoyat hamda voqelikka tanqidiy nazarni keltirib chiqardi.

Zavqiy lirikasi turfa yo‘nalishga ega.Ularda muhabbat iztiroblari, oliy jamolga intilish, zamon g'addorliklaridan yozg'irish singari xilma-xil taronalar ifoda etilgan. Shoirning „Jahonda kamsuxan kim bo‘ldi, asrori nihon bo‘ldi"tarzida boshlanadigan g'azali yakpora g'azallar sirasiga kirib, ezgu sifatlarning kishi shaxsiyatidagi o‘rni kuylangan. Unda kamso‘zlikning afzalligi-yu, sergaplikning zarari g'oyat ta'sirchan timsollar orqali ifodalab berilgan. Shoir oddiy nasihatga o‘xshab ketishi aniq bo‘lgan fikrni juda dilbar she'riy libosga o‘rab, turli badiiy vositalar yordamida ta'sirli va yuqumli tarzda beradiki, u oddiy didaktikadan ko‘rkam she'r darajasiga ko‘tariladi. G'azalda hayotiy holatlarni o‘rinli hamda nozik kuzatganligi va o‘ziga xos ifodalaganligi uning ta'sirchanligini oshirgan:

Nazokat ortturay desang, misoli g'uncha xomush boi, Nadinkim og'zini to ochdi gul, bargi xazon bo‘ldi.

Shoir hayotga amaliyotchining ko‘zi bilan qaray oladi, ayni vaqtda, hayotiy reallikdan shoirona xulosa chiqara biladi ham. Shu hois faqat suratga e'tibor qaratib, mohiyatni, odamlikni, odamiylikni unutib qo‘ymaslik kerakligini, inson o‘zini ezguliklar bilan ziynatlashi lozimligini, aks holda, kishi hayot tomonidan shar­manda qilinishi mumkinligini ta'sirli badiiy vosita orqali ta'kidlaydi:



Chamanda arg'uvondek suratoro bo‘lmag'ing xub yo‘q,

Pisharda mevasiz sharmandadur, sirri ayon bo‘ldi.

Zavqiy g'azalida kishining o‘z qadrini bilishi lozimligi, odamlar joniga tegmaydigan fazilat egasi bo‘lishi kerakligini chiroyli tarzda ifoda etadi. Odam nimagadir erishmoqchi bo‘lsa, o‘sha niyatiga mos yo‘l tutishi zarurligi quyidagi misralarda hikmatomuz tarzda aks ettiriladi:

Agar izzattalabsan, kamnamolig' orzusin qil,

Qay-u ajnos bisyor o‘lsa, sudi yo‘q, ziyon bo‘Idi.

Chindan ham nimaiki ko‘payib ketsa, qadrsizbo‘ladi, nimaiki kamyob bo‘lsa, qadri ko‘tariladi.Shuningdek, sadaf og'iz ochgani uchun ichidagi marvaridlardan ajralib qolishi-yu, ayrimlari lab qimtigani bois uning ichida qimmatbaho dur paydo bo‘lishi singari jihatlar judanozik tasvirlangan.Demak, so‘zining qadr topishini istagan kishi imkon qadar kam gapirishi kerak. G'azalning ibratli, o‘quvchi diqqatini tortadigan yana bir jihati uning maqta’sida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shoir tamomila shaxsiy yo‘nalishdagi qarashlardan salmoqli ijtimoiy-hayotiy xulosalar chiqarishga o‘tadi, ya'ni og'izni yumib, ko‘zni kattaroq ochish lozimligini ta'kidlaydi.Negaki, odamlar g'alati, hayot mutlaqo kutilmagan ibratlarga boy. Shoir g'azalda aytayotganlarining teskarisi foydali bo‘lib chiqishi ham mumkinligini taxmin qiladi:



Ey Zavqiy, xasta og'zing kam ochib, ibrat ko‘zing ochg'il,

Ajabkim, qo‘l yaqoda yurgudek turfa zamon bo‘Idi.

Shoirning bir qadar hajviy yo‘nalishda bitilgan ahli dil bo‘lma, zamonning boyi bo‘l, bazzozi bo‘l" satri bilan boshlanadigan g'azalida shaxsiy tuyg'u va kechinmalar ifodasidan ko‘ra, zamonga berilgan tavsif ustunlik qiladi. Unda shoir odamlarning komillikdan yiroqlashib, nafsga berilib, ko‘ngil kishilarini tanimaydigan va anglamaydigan bo‘lib borayotganidan ozorlanganini aks ettiradi. Asl niyat asar matla’sidayoq bayon etiladi:

Ahli dil bo‘lma, zamonning boyi bo‘l, bazzozi bo‘l!

Aqchadin langar cho‘p ushlab, rastaning dorbozi bo‘l!

G'azalning ikkinchi baytida tuyg'ular quruqshagan, odamlar bir-biriga manfaat yuzasidangina yaqinlashadigan zamonda hech kim shc'r so‘ramasligi va eshitmasligi, kishilar bir-biriga ezgulik tilamasligi, ko‘ngil izlamasligi, odamlarga haqiqatning ovozidan ko‘ra oltin-kumush jarangi yoqimli tuyulishi tasvirlangan. Shu bois, dilning ifodachisi bo‘lishdan ko‘ra oltin-kumushlining xizmatida bo‘lish foydaliroq:



She'r eshitmaydi birov, davron qulog'i kar anga,

Bir hovuch oltin, kumushning xushjarang ovozi bo‘l.

Bunday davrda otilgan so`z o‘qi nishonga tegishi mumkin emas, chunki ko‘ngillarni zang bosgan edi.Bunday sharoitda rost gapirib, obro‘ topish mumkin emasdi. Shuning uchun ham chin so‘zni aytib biror muddaoga erishishni orzu qilmaslik kerak. Shoir buni g'azalda kuyinish bilan ifoda etgan:

Tegmagay hargiz nishonga otgan o‘q yuz hajv ila,

Xoh zamonning shoiri bo‘l, xoh tiyrandozi1 bo‘l.

G'azalning tugallanmasida muallifning tushkun ruhi aks etadi. Negaki, bu zamonda uning dardini tinglaydigan, ko‘nglini ola-digan, noroziligi sababini so‘raydigan kimsa yo‘qligi shoirda umidsizlik paydo qiladi:



Istamas bo‘lsa zamona Zavqiy yozgan she'rini,

Kim eshitsin arzini xoh rozi, xoh norozi bo‘l.

Shoir odamlar o‘rtasidagi mehr-oqibatning ko‘tarilishi oqibatida chin-u yolg'on, haq-u nohaq bir xil qimmatga ega bo‘lganidan noroziligini shu yo‘sinda aks ettiradi.

Zavqiy tili achchiq, mo‘ljali aniq hajvchi shoir edi.E'tibor qilgan bo‘lsangiz, ma'rifatchilik adabiyotining deyarli barcha vakillari hajvchilik bilan shug'ullanishgan.Chunki xalqning lirikchiligiga aralashgan, uni bir qadar yaxshilamoqchi bo‘lgan odam badiiy tanqidga, kuydiruvchi tasvirga qo‘l urmasligi mumkin emasdi. Tabiatan haqgo‘y va murosasiz Zavqiy ko‘plab hajviy asarlar yaratgan. Qizig'i shundaki, shoir hajviyalari ko‘pincha muxammas janrida yaratilgan.„Zamona kimniki" she'ri Zavqiyning ana shunday muxammaslaridan biridir.Shoir o‘zi yashayotgan davr tartibotlarini taftish qiladi.Uni sog'lom aql tarozisi bilan tortmoqchi bo‘ladi.Shoir hayot ma'niliroq bo‘lishi, adolat qaror topishi uchun bilimli, insofli, to‘g'riso‘z, imonli kishilar zamon egalari bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Lekin she'rda uning o‘ylaganlarining aks bo‘layotgani ifoda etiladi:

Shahr-u qishloq demangizkim, fisq ila to‘ldi jahon,

Ahli dunyo qoshida yolg'onchilardur nuktadon,

Yo‘q rivoj kasb-u hunarga, sovrilibdur xonumon,

Xoh kosib, xoh dehqon qayg'a borsa bag'ri qon,

Holo har yerda suxan sharmanda-yu rasvoniki.

Shoir jamiyat chinakam ulug'larni oyoqosti qilib, pastkash-u olchoq kimsalarga e'tibor qilayotganidan, ilm-u amal o‘rnini siym-u zar va zo‘r egallayotganidan kuyinadi. Zavqiy zamon haq va xalqni sevguchi, ularga xizmat qilguvchilarniki emas, balki uni tanlaguvchilarniki ekanidan o‘rtanadi. U o‘z xulosalarini juda ta'sirli yo‘sinda, esda qoladigan qilib bayon etadi: “Davr-u davron hama foyda hokim-u mirzoniki". Shunisi e'tiborliki, shoir zamona zo‘rlariga qarshi chiqishdan cho‘chimaydi.Balki ularga qarshi ekanidan, muxolifatda turganidan, hunarmandligidan g'ururlanganday bo‘ladi. Bu hol muxammasning so‘nggi bandidan olingan quyidagi baytda ochiq ko‘rinadi:



So‘rsalarkim, bu muxammasni kim aydi, deb agar,

Zavqiy degan bir yamoqchi mahsido‘z ustoniki.

Shoir muxammasda an'anaviy timsollarga yangi ma'no yuklay bilgani uchun ham ta'sirchan she'r yarata olgan.



Zavqiy hajviyotida „Muncha ko‘p" deb nomlangan muxammas ham alohida ahamiyatga ega.Insonparvar shoir, avvalo, insoniylikni qadrlaydigan ma'rifatli ziyoli sifatida Zavqiy hamisha inson qadrini ulug'lashga intiladi.Odamning xor bo‘layotgani, inson qadrining toptalayotgani uni qattiq g'amga botiradi. Bu hol ushbu hajviyada o‘zining haqqoniy ifodasini topadi:

Derlar birov ulug', birning past taqdiri,

Biri to‘q-u biri och, balolarning sobiri,

Inson sharafli nomida emasmi har biri,

Yoxud ona tug'g'anida bo‘lganmidi bir siri,

Yolg'on e'tiqod ila bid'at shior muncha ko‘p?

Shoir dunyo tartiblari haqida teran o‘yga tolgan mutafakkir kabi fikr yuritadi.Axir odam teng yaratilgan edi-ku? Ijtimoiy tengsizlik shaxsni xor qilar ekan, Zavqiyning qayta-qayta:



Inson sharafli nomida xor muncha ko‘p?

Inson sharafli nomida emasmi har biri?

Inson sharafila qadrsizdir, ...

deya iztirob chekishiga asos bor. Shoir odam, uning hayotdagi o‘rni haqidagi o‘ylarini bu muxammasda to‘la ifoda etadi. U bechoralarga e'tiborsizlik, ojizlarni xo‘rlash insonning o‘zini tubanlashtirishini aytadi.

Zavqiyning ijtimoiy tartibotlarni isloh qilish borasidagi qarashlari uning „Ajab ermas" nomli muxammasida yaqqol namoyon bo‘ladi. U ma'rifatchi shoir, kelajakka umid bilan qarovchi musulmon, jamiyat tartiblarini isloh qilish lozimligini bilgan ziyoli sifatida yaxshi kunlar kelishiga, zulm-u adovat yo‘qolishiga ishonadi. Bu hol muxammasning birinchi bandida shunday ifoda etiladi:



Bu kunlar boshimizda bir sahob o‘lsa ajab ermas,

Munavvar zimnida bir oftob o‘lsa ajab ermas,

Bu davlat suv yuzinda bir hubob o‘lsa ajab ermas,

Ko‘rinsa surati asli niqob o‘lsa ajab ermas,

Ochilsa pardalar yuzdin hijob o‘lsa ajab ermas.

Turkiston ahli zulm ostida ingrayotgan, xalq turmush azoblaridan ezilib yotgan bir paytda kelajakda yaxshi kunlar kelishiga, adolatsizlikning bartaraf bo‘lishiga bu qadar ishonch bilan qarash uchun kishida ulkan imon bo‘lishi kerak.Zavqiy shunday imon egasi edi. Shuning uchun ham muxammasning yakunlovchi bandida ruhiy ko‘tarinkilik, kelajakka ishonch yanada avjlanadi:

O‘tib bir qarn, aqronim, jahon obod ko‘rgaysiz,

Jahon ahlini zolim haddidin ozod ko‘rgaysiz,

Giriftori alam ermas, hamani shod ko‘rgaysiz,

Burungi o‘tgan-u ketgan ko‘ngulda yod ko‘rgaysiz,

Qarigan chog'da Zavqiy bir shabob o‘lsa ajab ermas.

Shoir muxammasda mumtoz she'riyatimizdagi badiiy san'atlardan ustalik bilan foydalanadi. Ayniqsa, o‘zagi bir so‘zga o‘xshab ketadigan, ammo turli ma'nolarni ifodalaydigan „qarn" va „aqron" so‘zlarining yonma-yon kelishidan go‘zal badiiy vaziyat vujudga keltirgan. „Sahob", „oftob", „hubob", „niqob", „hijob" singari an'anaviy timsollarga zulmning o‘tkinchiligini aks ettiradigan yangi ma'no yuklab, she'rga yorug' bir badiiy nur kiritishga erishadi. Muxammas jangovar ruhi, ertangi kunga ishonchni ifodalashi bilan nafaqat Zavqiy ijodida, balki butun ma'rifatchilik adabiyotida o‘ziga xos estetik hodisa bo‘lgan.

O‘zbek adabiyotida hajviyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan shoir Turdi Farog’iy Buxoroda tug’ildi.Shoirning hayoti va ijodiy faoliyati Buxoro xonlari Nodirmuhammadxon va uning o‘g’illari Abdulazizxon va Subhonqulixon davrida kechdi. Ulkan hajviy va lirik iste'dod egasi, shoir Turdi Farog'iy haqidagi dastlabki ma'lumotlar XX asrning 20- yillarida paydo bo‘ldi. Kattaqo‘rg'onlik adib Abdulhamid Majidiy (1902—1938) uning bir dasta qo‘lyozma she'rlarini topib, matbuotda e'lon qildi va u haqda dastlabki ma'lumotni berdi. So‘ng mashhur yozuvchi va olim, professor Abdurauf Fitrat maqola bilan chiqdi. Sekin-astalik bilan u haqda tadqiqot ishlari boshlandi.Turdining ismi-sharifi, hayot yo‘lidagi sanalar to‘la ma'lum emas.Turdi taxallusidir.Ayrim she'rlarida bu taxallus „Farog'iy" bilan yonma-yon keladi.Shunga qaraganda, uning ikki taxallusi bo‘lgan.Shu sababli, uni Turdi Farog'iy deb atagan ma'qul.Shoirning bizgacha yetib kelgan she'rlari orasida bir qator tarixiy shaxslarning nomlari uchraydi.Turdi ularning ayrimlariga she'r bag'ishlagan, ba'zilarini tanqid qilgan.Xullas, bu she'rlar bizga ular muallifming qaysi davrda yashaganini aniqlashga yordam beradi.

Ma'lum bo‘lishicha, Turdi o‘zbeklarning yuz degan urug'idan. Buxoroda, ashtarxoniy hukmdorlardan Nodir Muhammad vauning o‘g'illari hukmronligi yillarida yashagan. Nodir Muhammad 1640- yilda taxtga chiqqan. 1645- yilda u Xorazmga qo‘shin tortadi. Bundan foydalangan xo‘jandlik Boqi Yuz (u yuz urug'idan bo‘lgani uchun shunday atalgan) degan kishi xonga qarshi isyon ko‘taradi.Nodir Muhammad uni bostirish uchun o‘g'li Abdulazizni yuboradi.Abdulaziz isyonchilar tomoniga o‘tib ketadi.Uni xon qilib ko‘taradilar.Nodir Muhammad hajga ketadi.Mutaxassislar Turdini mana shu isyonchilar safida bo‘lgan, deb taxmin qiladilar. Tabiiyki, isyonchilarni qo‘llagan Abdulazizxonning ishonchli kishilaridan biriga aylangan va saroyga yaqin bo‘lgan.

Biroq zamon alg'ov-dalg'ov bo‘lganidek, shoirning qismati ham g'oyat murakkab kechadi. Nodir Muhammadning ikkinchi o‘g'li Subhonqulixon Balx hokimi edi va otasidan so‘ng Buxoroga qattiq ko‘z tikkan edi. Aka-uka o‘rtasidagi kurash o‘ttiz yildan ortiqroq davom etdi.Nihoyat, 1680- yilda Subhonqulixon Buxoro taxtini akasidan tortib oladi.Turdining tashvishli kunlari boshlanadi.

Negaki, Abdulazizxonning yaqin kishisi bo‘lgani uchun Subhonqulixon o‘ziga uni ham dushman hisoblar edi.Shu sababli, Turdining 80- yillardan keyingi hayoti darbadarlikda, xor-zorlikda kechadi.U Subxonqulixonni ayovsiz hajv qiluvchi asarlar yaratdi, undan tinmay nolidi.Lekin keyingi tadqiqotlar Subhonqulixonning ilm-ma'rifatli, hatto tibbiyotga oid maxsus kitob yozgan bir ziyoli odam bo‘lganligini ko‘rsatdi.Turdining she'rlarida uning bu xislatlari tasvirlanmaydi. To‘g'ri, barcha imtiyozlaridan mahrum bo‘lgan Turdidagi alamzadalikni ham hisobga olgan taqdirda, birgina Subhonqulixonning o‘z akasiga qarshi o‘ttiz yildan ortiqroq vaqt mobaynida tinimsiz kurash olib borganligining o‘zi bu shaxsdagi fazilatlarga bir muncha soya tashlaydi.



Ey, yuzi qaro, ko‘zi ko‘r, qulog'i kar beklar.

Bilingiz bu so‘zimi pand sarosar, beklar,

Aylangiz payravi shar'i payambar, beklar,

Sizga darkor bu yurt, ey gala zang'ar beklar.

Bu qadim naql erur: „El rabot-u to‘ra — qo‘noq".

Shoir beklardan shariatga amal qilib, adolatli bo‘lishni talab qiladi. U g'oyat eski naqlni o‘rinli keltiradi: „E1 rabot-u to‘ra — qo‘noq". Ya'ni beklar kelib-ketaveradilar.El esa abadiydir.El — joyida qimirlamay qoluvchi manzil (rabot), to‘ra esa bir qo‘nib jo‘nab ketadigan qo‘noqdir.Demak, u o‘ziga bunchalar bino qo‘ymasligi, o‘zini dunyoning ustuni deb bilmasligi lozim.

Shoir o‘ziga zamondosh bo‘lgan amaldorlar haqida hech bir yuzxotir qilmay, oshkora yozadi. Ba'zan bu oshkoralik oddiy haqoratga aylanib ketgan o‘rinlar ham uchraydi: Yedingiz baringiz itdek fuqaroning etini, G'asb ila molin olib, qo‘ymadingizlar bitini, Qamchilar dog' solib bo‘yung'a, tilib betini...

Lekin bu tavsiflar asossiz emas.Bu misralar ortida amaldorlarning g'azab va istehzo bilan chizilgan qiyofalari ko‘rinib qoladi. Ana „ko‘ppakyuz" parvonachi, bir mesh „mag'zava" dodxoh hamda ularning ko‘chama-ko‘cha izg'ib yuradigan „qirchang'i" sipohiylar... Shundan so‘ng ularning kirdikorlari chiziladi.Ulardan biri - poraxo‘rlik.Turdi nazarida, ular og'zilarini tegirmon novasidek ochib turadilar. „Yo‘q, ajdahodek",- deydi shoir. Chamasi, oldingi o‘xshatish uni qanoatlantirmaydi.Ajdaho uningcha, holatni to‘g'riroq anglatadi.Chunki u dahshatga solib turadi. Muallif yana osoyishta ohangga o‘tadi. „Yurtdin yo‘q xabari barchasining fikri tamoq",-deb tugatadi bandni.Har zamonda muallif qofiyaga bog'lanib qolib, ularni maromiga yetkazib so‘ka olmayotganidan zorlanadi.

Muxammasda Subhonqulixon tilidan aytilgan bir band ham bor. Unda xonning xotirjam, o‘z holidan mamnun holati berilgan.

Turdi she'riyati hajman juda ixcham bo‘lsa-da, mazmunan salmoqlidir.U ko‘p asrlik tarixga ega milliy she'riyatimizni ijtimoiy-siyosiy ohanglar bilan boyitdi.Xonliklar davrining sertashvish, serg'alva lavhalarini badiiy adabiyotga olib kirdi.Bu bilan XVI asrdan zulmatgacho‘kib borayotgan Turkistonning fojialarini yaqindan anglashga yordam berdi. Shuningdek, barcha shoir-u yozuvchilardan oldin:



Durahd-u tangchashm-u besar-u ya'jujvaj,

Muxtalif mazhab guruhi O‘zbekistondurbu mulk

so‘zlarini aytib, vatanimiz nomini birinchi marta tilga olgan, shaklga solgan adib bo‘lib qoldi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, Turdi o‘z davridagi hodisalar va kishilarni hajviy yo‘nalishda boricha va boridan ham ortiq tarzda ko‘rsatgan ilk milliy shoirimizdir. U she'riyatni yangi ohanglar bilangina emas, xalqona ifodalar, jonli kundalik til bilan ham boyitishga xizmat qildi.

Shoirning hayoti og'ir moddiy muhtojlikda kechgan. Xotini va uch farzandidan iborat oilasini bazo‘r tebratardi. Buning ustiga achchiq tilliligi, tap tortmasligi bois saroy a'yonlari, ayrim mansabdor shaxslarga yoqmagan, ular bilan o‘zaro kelisha olmagan. Shuning uchun ham Qo‘qon adabiy muhiti haqida tazkira yozgan Fazliy Namangoniy o‘z asarida Maxmur haqi­da salbiy fikrlar bildirgan edi.Shoir tirikchilik vajidan ma'lum muddat Amir Umarxon saroyida sipohilik ham qilgan.Lekin bu ishi uning moddiy ahvolini o‘zgartirmadi. Farzandlariga non va kiyim topib berolmay qiynaladi. Hatto bir yil uysiz qolib, kasallangan xotini vafot etadi.Uysiz, qo‘shidan, ya'ni umr yo‘ldoshidan ayrilgan, ilgida no‘shi — yemoq-ichmog'i tayin bo‘lmagan shoir bir nechta xasbi hol she'rlar bitadi. Mana ularning biri:




Download 122,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish