Shahr chu do’zax kibi zindon edi, Tashqari chun ravzai rizvon edi. Tashqari erdi bori noz-u naim, Shahr ichida erdi azobi alim... Tashqari erdi bari polizu bog’, Shahr ichida erdi base dard-u dog* (7-bet). Durbek qamal ichra qolgan shahar aholisining ayanchii holatini yuqoridagi parchada kuzatilganligi kabi qarshilantirish san'atidan mahorat bilan foydalanib badiiy ifoda etadi. Doston muallifi tasvirdagi o’sha voqealarning shaxsan guvohi bo’Igan. Asarda alohida ta'kid bilan qayd qilirtishicha, qamal uch oy davom etgan:
Ushbu qalob xalq uch oyi tamom, Yer edilar g’ussa-vu g’am subh-u shom. Banda alar birla giriftor edim, Borchasidin voqifi asror edim (8-bet). Adib mana shu qamal davrida taqdirdoshlari bilan biigalikda g’am sharobini ichib, goh Alloh kalomi, goh kitob o’qish bilan mashg’ul bo’Iadi. Shoirning yozishicha, turkiy til bilan Yusuf va Zulayho qissasini nazmda bayon etish uning ko’nglida tug’ilgan shirin niyati edi. Balx qamali davrida Durbek forsiy tilda nasrda bitilgan «Qicasi Yusuf» bilan tanishadi. Biroq shoir bu asar va uning muallifi haqida dostonda hech qanday ma'lumot bermaydi. «Yusuf va Zulayho» haqida yirik hajmli doston yozishga kirishgan shoir, shubhasizki, «Yusuf va Zulayho»ning zukko kitobxonlar orasida keng tarqalgan xalq kitobi nusxalari bilan ham tanish bo’lgan. Shuningdek, shoirning «Goh o’qir edim zi kalomi iloh» misrasi uning Qur'oni karimdagi «Yusuf» surasidan ham ijodiy ta'sirlanganligini dalilJaydi.
«Yusuf va Zulayho»-ishq-muhabbat mavzuida yozilgan doston bo’lishi bilan bir qatorda, unda shoirning axloqiy-ta'limiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari, adolatii hukmdor haqidagi o’y-xayollari hamda islom dinining dunyoviy shuhrat kasb etishi singari muhim ahamiyatga molik mulohazaiari badiiy in'ikosini topgan.
Dostonning qisqacha tafsiloti quyidagicha: Mag’ribda nomi keng tarqalgan, doimo zafar yo’ldoshi bo’lgan shoh Taymusning qizi Zulayho tushida Yusufni ko’rib, unga g’oyibona oshiq bo’ladi. Shoir
Taymus haqida fikr yuritarkan, «Kofir edi ul, vale odil o’zi, bo’lma edi ikki oning bir so'zi», - deya ta'riflaydi. Ushbu misralarning o’zidanoc dostonda muqaddas islom dini taig’ib qilinishi anglashiladi. Zulayhc tushida Yusuf bilan «suhbatlashadi». Yusuf o’zini mahbubaga quyidagicfa «tanishtiradi»:
Dedikim:-«Yusufdur otim, gul uzor, Men eruram Misr eiida shahriyor (34-bet). Zulayho uyg’ongach, o’zini yangi bir olamga kirib qolgandek his etadi. U ishqning asirasiga aylanadi. Zulayho butun umri davomida o’sha tush taassuroti bilan yashaydi. Shoir Zulayhoning Yusuf ishqida o’rtanishlarini juda ehtiros bilan badiiylashtiradi: Krdi aning og’zida Yusuf oti, o’rtadi boshdin - oyog’i ishq o’ti (35-bet). Mag’rib shohi Taymus olti oylik yo'1 bo’lgan Misr eliga xat yozib, elchi yuboradi. Zulayhoning kelajagi, baxti haqida qayg’urgan ota-ona uni Misrga kuzatib qo’yishadi. Zulayho Misrda katta tantana bilan kutib olinadi. Biroq u Misr Aziziga turmushga chiqadi va taqdiriga tan berishga majbur bo’ladi. Chunki u bilan kelgan enagasi qizdan ota-ona nomusini muhofaza qilishini qattiq talab qiladi. Iztiroblar alangasida qolgan Zulayhoning Yusufga bo’lgan muhabbati yanada haroratlana boradi. Sabr-toqat, chidam uning hamrohiga aylanadi. Biroq qiz muhabbatining tobora yolqinlanib borayotganiga ba'zan bardosh berolmay qolganligi ham dostonda badiiy ifodasini topgan. Bunday holat uning Yusuf bilan uchrashuvlarida namoyon bo’ladi.
Taqdir taqozosi bilan Yusuf ham Misiga kelib qoladi. Uning go’zalligi va donoligiga hasad va g’ayrlik bilan qaragan otalari Ya'qub taxtining merosxo’ri Yusuf bo’lishidan xavfsiragan og’a-inilari uni yo’qotish payiga tushadilar. Ular Yusuf uchun cxoh qazishga tushadilar va qarib qoJgan otalari Ya'qub hamda uning sevikli farzandi boshiga og’ir musibatlarni soladilar. Yahudo boshliq Yusufning akalari Ya'qubdan hiyla bilan o’z ukalarini olib ketib, «bo'ri edi» bahonasi bilan uni chohga tashlaydilar. Munofiqlik shu darajaga borib yetadiki, og’a-inilardan biri uni pichoqlashga Jtirishadi. Shoir dostonda bu hodisani quyidagi misralarda tasvirlaydi: