Odati budur hamisba bu bevafo ma'shuqaning Kim aning vaslin tilasa, ul firoqinda tutar, Bu falak javri bekin Sayfi Saroyi bag’rini, Ul yuzi oy hajr o’tining ixtiroqinda tutar(l6~b.). Zamonadan cheksiz jafolar ko’rgan oshiqning o’tli fig’oni, hasratli nafasi tobora balandlashadi. U tengsizlik, haqsizlik, jabr-u zulmning kuchayganidan iztirobga tushadi, vafo o’rniga jafoning peshvoz chiqqanidan to’lg’anadi, ruhan eziladi.
Tortib zamona xo’blarining javrini mudom, Ko’rdungmi hech birinda bulardin vafo ko’nguI, Kuydum sening bila necha kez fursat o’tina,
Yillar chekib sening bUa javr-u jafo ko’ngul. Qozi evi ne yerda, ajab, mufti qaydadur, Bilg’ay edim sening birlan xush mojaro, ko’ngul (24-b.). Fursat, kechayotgan hodisalar, adolatsizlikning avjga chiqishi javobiya-g’azal qahramoni ko’zini ochib, jur'atining kuchayishiga, sabr kosasining limmo-lim to’lishiga olib keladi. Asta-sekin hurkovich, andishali, dadil gapirishdan hayiqadigan oshiq o’rnini jiddiy, rostgo’y, haqiqattalab, g’azabli shaxs egallay boradi. Ana shunday ijobiy g’oyaviy o’sish yo’lining davomi Sayfi Saroyining fors-tojik tilidagi merosida ham ko’rinadi. To’g’ri, shoirning bu tildagi she'rlari chandon ko’p emas. Hozircha ulardan namuna sifatida uchtagina she'riy asar ma'lum. Ehtimol, ular yana bordir. Bulardan qat'iy nazar, mavjud she'rlarning o’zi ham Sayfi Saroyining bu sohada yaxshigina salohiyati, o’tkir qalami, puxta bilimi bo’lganligidan darak beradi. Sayfi Saroyining fors-tojik tilidagi she'rlari ravon o’qiladi. Ularning badiiy bo’yoqdorligi ustida ham faqat yaxshi gaplarni aytish mumkin. Mazkur she'rlarning g’oyaviy yo’nalishi shoirning o’zbek tilidagi asarlariga to’la jo’rovoz bo’lishi bilan ahamiyatlidir. Sayfi Saroyining fors-tojik tilidagi she'rlaridan ham jafokash, fldoyi qahramonning dardli ovozi quloqqa chalinadi. Nochorlik, moddiy tanglikdan iztirobga tushgan bir shaxsning alamdiyda qiyofasi kishi ko’zi o’ngida gavdalanadi. Ro’zam zi g’ami firoqi tu shabgun ast, V-az javri /amona in dilam pur xun ast. Bifrist xayoli xesh imshab barman, To sho*b damam ki ba tu holam chun asyo (36-b.)-(Mazmuni:
Firoqing g’amidan kunduzim tundir, Zamona javridan bu dilim to’la xundir. Yor xayoli etdi bu kecha menga quvonchli, Onlarim boisi sen, sensiz holim nechundir). Shoir ruboiylaridan birida hayotdagi iqtisodiy nochorlik mavzui turli ishoralar orqali aks ettiriladi. Unda safar taraddudini ko’rayotgan nochor-u nokom bir shaxsning yo'1 ozuqasi yo’qligidan shikoyati, yurak nidosi, kuchli alami umumlashtirib beriladi. Shoir o’zga tilda ham ana shu katta ijtimoiy dardni g’oyat mahorat bilan gavdalantirishga, silliq ifodalashga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |