5.4. Qutb Xorazmiyning «Xusrav va Shirin» dostoni — erkin-ijodiy tarjimaning nodir namunasi
Qutb Xorazmiy o’zbek mumtoz adabiyotida «Qutadg’u bilig» va «Hibat nl-haqoyiq»dan so’ng «Xusrav va Shirin» nornli yirik hajmli masnaviy yaratgan iste'dodli shoirdir.
Shoirningjboy ma'naviy-adabiy merasidan ana shu tarjima dostongina bizgacha yetib kelgan. Mazkur asar taniqli Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning «Panj ganj»idan o’rin olgan «Xusrav va Shirin» dostoni asosida vujudga kelg-^n bo’lib, unda Qutb Xorazmiyning ijtimoiy- siyosiy, axloqiy-ta'limiy, irfoniy-ilohiy qarashlari o*z ifodasini topgan. Shoir Nizomiy Ganjaviy dostonini o’zbek tiliga muvaffaqiyatli o’girish barobarida, unga jiddiy yangiliklar kiritib, erkin-ijodiy tarjimaning mumtoz namunasini meros qoldirdi.
Qutb Xorazmiyning hayoti va faoliyati haqida «Xusrav va Shirin» dostonidagi ayrim ishoralar orqali ma'lum tasawurlar hosil qilishimiz
mumkin. Dostondan anglashilishicha, shoir Xorazmda tug’ilgan. Shuning uchun aksariyat mumtoz manbalar va ilmiy tadqiqotlarda u Qutb Xorazmiytarzidae'tirofetiladi. Doston muqaddimasidagi ma'Iumotlarga ko*ra, shoir XIV asrning o’rtalarida yashab ijod etgan.
Qutb Xorazmiy «Xusrav va Shirin» dostonini Oltin o’ida poytaxti Sig’noq shahrida o’zbekxonning o’g’li Tanibek va uning xotini malika Xonmalikka bag’ishlab yozadi. Tarjima -dostonning yaratilish sanasi manbalanda turlicha talqin etiladi. Jumladan, Tanibekning qisqa muddatiik hukmronligi 1340 yilga to’g’ri kelganligi bois ilmiy adabiyotlarda dostonning aynan shu yili yozilganligi qayd etiladi. Sharqshunos A-Tohirjonov esa asar tarkibida kelgan bag’ishlovda Tanibek shahzoda tarzida tUga olinganligiga asodanib, ayni raqamni inkor etadi hamda «Xusrav va Shirin»ni 1330-1336 yillar orasida yozilgan, deb ta'kidlaydi (o’zbek adabiyoti tarixi. 1-tom, Toshkent, 1978, 202-bet). Shuningdek, «Tazkirayi Qayumiy»da shunday ma'lumot beriladi: «Muhammad o’zbekxon va uning o’g’illari Tanibek va kichik o’g’li Jonibek va padarkush Berdibeklar vaqtida Qutb Xorazmiy saroy doirasida edi.
o’z akasi Tanibekni o’ldirib, xon bo’lmish otasi Jonibekni o’ldirib, ular o’rniga Berdibekning o’ltirishi voqealariga Qutb Xorazmiy shohid edi. Muhammad o’zbekxon 1342 yilda vafot etmish edi. o’rniga xon bo’lmish Tanibekning xon bo’lishi ila va uning xotinining nomiga atab turkiycha dostonning yoza boshlagan edi» (Po’Iatjon Domullo Qayumov, «Tazkirayi Qayumiy», Toshkent, 1998, 42-bet).
Ko’rinadiki, dostonning yozilgan davrini aniqlashdagi chalkashliklaiga Tanibekning taxtga o’tirgan sanasidagi noaniqliklar (1340, 1342) sabab bo’lib kelmoqda. Shuningdek, dostonning muqaddimaviy kirish fasllari tarkibida «Shahzoda Tanibek madhi» deb nomlangan maxsus bobning borligi ham shubhalar uchun yo'l ochio bergan bo’Iishi mumkin.Qutb Xorazmiy dostonning «Kitob nazm qilmoqqa sabab bayon ayur» bobida quyidagi misralarni keltiradi: Necha yil bo’ldi jonim sukor erdi, Ko’ngulda ushbu andisha bor erdi. Netak shoh tobg’inga bir borgaman teb, Bu ko’nglum qazg’usini torg’aman teb. Ko’rub ko’nglum kim asru rag’batim bor, Buyurdi kim qatig’iom emdi ey, yor Ravon, ey Qutb, tarkin kech boMur bil, Ne bilg’aylar seni so’xlatmasang til.
Do'stlaringiz bilan baham: |