Aningtek umming ne soni bo’lsun. ,
Shakar erning naboti Xizra o’xshar,
Ayog’ing kirnki o’psa, mangu yoshar.
Jamoliogtek kishini yo*q jamoli,
Darig’o, bo’Imasa erdi zavoli.
Qiyoraat ko’rklusen, husnungga ne so*z,
Yiroq bo’lsun jamolingdin yovuz ko*z.
Bukun yo’qtur sen oytek ko’kta, asra,
Qulung bechora Xorazmiyni asra.
Masnaviy:
Kel, ey soqiy, keturgil bodai nob,
KuIa-o’yna-yu ichsunlar bu as'hob.
Kim, ush yeltek kechar ayyomi foniy,
Ajaldin becb kishining yo’q amoni.
Sabrdin yaxshi yo’qtur, pesha qilsam,
Bu yo’Ida sabr yo*q, andisha qilsam
(Muborak maktublar. 16-18-betlar)
Har bir maktubdan keyin keltirilgan soqiynomada shoirning hayotdan olingan yuksak zavq-u shavqi, nozik hayotsevarlik tuyg’ulari go’zal badiiy ifodasini topgan. Mazkur soqiynomalardagi misralarda badiiy ifodalangan mazmun teran ilohiy-irfoniy niohiyat kasb etadi va aksariyat parchalar oxirida aynan takrorlanuvchi «Sabrdin yaxshi» baytidagi axloqiy-ta'Hmiy aqidalarga quwat beradi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, Xorazmiyning mazkur asarini yaratishdan kuzatgan bosh muddaosi insoni komil qiyofasi manzaralarini rangin chizishdan iborat ekanligi yaqqol anglashilib turadi. Ayni mayl Xorazmiy «Muhabbatnoma»sida gavdalantirilgan yuksak insoniy fazilatlarning Davlat ta'lim standarti talab-tamoyiilariga mos kelishini alohida teTkidlash imkonini beradi. Baytlarda qayta-qayta murojaat qilinadigan may va ishq timsollari o’sha muddaoni yuzaga chiqarish yo’lida beminnat xizmat qiladi. Xorazmiyning tayanch murodi «bu o’tkinchi dunyoda do’stlar ishq mayidan bebahra qolmasinlar»dan iboratdir. «Muhabbatnoma»dan yuqorida ko’chirilgan birinchi nomaning o’ziyoq, shoir ijodiy jsalohiyatining nechog’H yuqori ekanJigi xususida yetarli tasawur paydo qilish imkoniyatini beradi. Shunday bo’lsa-da, parchadagi ba'zi baydarxia "lujassamlashgan ichki-botiniy ma'nolar haqida fikr yuritish
Xorazmiyning badiiy mahorati xususida muayyan xulosalarga kelish uchun yo'l ochadi. Awalo, shuni aytish joizki, nomalardagi dastlabki baytlarda shoir ilohiy va majoziy ishqni yonma-yon tutib tasvirlaydi. Shunday ohang quyidagi baytda ham kuzatiladi: Pari ruxsoriarning ko’rkaboyi, Yuzung-navro’z-u qoshing-bayram oyi.
Ma'shuqa-pari ruxsorlarning eng ko’rklisi. Uning yuzi - Navro’z. Navro’zning lug’aviy ma'nosi «yangi kun». «Kun» turkiy tilda quyoshning ma'nodoshi hisoblanadi. Demak, yorning yuzi quyosh, uning qoshi esa-bayram oyi. Bayram oyi deganda, Navro’z bayrami nazarda tutiladi. Ma'lumki, hamalning birinchi kuni yangi yilning boshi sifatida bayram qiiinadi va «Navro'z bayrami» deb ataladi. Shu kuni hamal oyi boshlanishi bilan samoda yangi oy ko’rinadi. Yangi oy-hiloldir. Hilol qoshni eslatadi. Shoir ma'shuqa yuzini Navro’zga qiyoslamaganda edi, uning qoshini bayram oyiga tashbeh qilolmagan bo’lardi. Bu jihatdan olib qaraganda, «Muhabbatnoma» muallifi o’xshatish vositasida so’z ta'sirchanligini oshirishga erishgan. Shuningdek, quyidagi baytda shoirning jinos san'atidan mahorat bilan foydalangani namoyon bo’ladi: Bo’yung sarv-u sanobartek, beling qil, Vafo qflg’on kishilarga vafo qil.
Ko’rinadiki, Xorazmiy ma'shuqaning tashqi qiyofasini tavsiflash bilan cheklanib qolmay, uning ruhiy-botiniy olamiga ham daxl qilish orqali o’zining axloqiy-ta'Iimiy qarashlarini ham badiiylashtirishga muassar bo’ladi. Bunda shoir «qil» so’zining ikki ma'noda qo’llanilishidan san'atkorona foydalangan. Shuningdek, keyingi misrada ish -harakat ma'nosidagi «vafo qil» birikmasi ham Xorazmiyning tub botiniy iddaosini yuzaga chiqarishga ko’maklashgan.
Asarda Faridun, Sulaymon, Masih, Yusuf, Hotami toy, Rustam, Ali, Muhammad Xo’jabek singari afsonaviy, ilohiy va tarixiy shaxslarning nomlari ham uchraydi. Xorazmiy «Muhabbatnoma»da bu an'anaviy ilohiy-irfoniy timsoUarga ko’proq talmeh sarfati imkoniyatlari nuqtai nazaridan murojaat qilib, she'rning badiiy nazokatini oshirishga harakat qilgan.
«Muhabbatnoma»dan o’rin olgan Muhammad Xo’jabek madhiga atalgan misralar ham alohida ahamiyatga molik. Tasvirga ko’ra, Muhammad Xo’jabeksiz Jonibek mulki jonsiz tanga o’xshaydi. Xorazmiyga iltifot ko’rsatib, uni «Muhabbatnoma»day go’zal asarni bunyod qilishga ruhlantirgan qo’ng’irot naslidan bo’lgan hukmdor (Muhammad
Xo’jabek) o(z el-yurti uchun Sulaymoti qadar ulkan xizmatlar qildi. Qarang, asarning mag’z-mag’zidan shaxsiyat emas, ijtimoiyyot, xalqchillik g’oyalari bosh qon tomiriday o’tib turadi. Mazkur parchadagi quyidagi bayt ham o’ziga xosligi bilan ajralib turadi: Quyoshtek davlating tobanda bo’lsun, Eshingingda yeti ko*k banda bo’lsun (14-bet),
Xorazmiy zamon hukmdoriga chin dildan tilak tilarkan, uning davlatini quyoshdek porloq bo’lishini jstaydi. Bunda «davlat> oltin, kumush singari moddiy boyliklar bilan bir qatorda, tabiiyki, mamlakat ma'nosida ham qo’llaniladi. Baytdagi o’xshatish va o’xshatilmish (davlat va moddiyat) o’rtasidagi o’zaro munosiblik ularning porloqligidadir. Shu bilan birga baytda quyoshning qiyomatgacha nur sochib turishiga ham ishora qilinadi va keyingi misradagi «yeti ko'k» birikmasini qo’llashda ijodkor uchun ana o’sha quyosh timsoli imkoniyat yaratib bergan.
«Muhabbatnoma» aruzning hazaji musaddasi mahzuf (mafoiylun, mafoiylun, faulun) vaznida bitilgan. Undagi o’ziga xos ohang, badiiy ifodaning nafis nazokati Xorazmiyning yuksak iste'dod sohibi ekanligini tasdiqlaydi. Shoir ushbu asari bilan turkiy tildagi noma janrining keyingi taraqqiyotiga zamin hozirladi. Shuningdek, «Muhabbatnoma» o’zbek tili tarixini o’rganish uchun ham muhim mumtoz manba sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |