4.3. Pahlavon Mahmud ruboiylarining axloqiy-ma'naviy ahamiyati
Pahlavon Mahmud purhikmat ruboiylari bilan o’zbek adabiyoti tarixida alohida mavqega ega bo’lgan atoqli shoirdir. Ma^lumotlaiga ko’ra, uning ota-onasi ko’hna Urganjdan Xivaga ko’chib ketayotganganlarida, 645 (1248) yilda karvon ko’hna shaharga yaqinlashganda Mahmud tavallud topgan. Shamsuddin Somiyning «Qomusul-a'lom», Lutf Alibek Ozarning «Otashkadai Ozariy», Kamoliddin Husayn Fanoiyning «Majolisun-ushshoq» singari mo’tabarmanbalarda Pahlavon Mahmud haqida nodir ma'lumotlar keltiriladi.
Shahar hunarmandlari orasidan yetishib chiqqan bu zukko shoir o’zining qator fazilatlari bilan xalqqa tanilgan va zamondoshlari orasida ko’plab rivoyatlarning tug’ilishiga sababchi bo’lgan. Pahlovon Mahmud asosan po’stindo’zlik, telpakdo’zIik kasbi bilan shug’ullangan bo’lsa-da, jismonan baquwat va kuragi yerga tegmagan pahlavonligi hamda badiiy jihatdan yuksak ahamiyat kasb etuvchi ruboiylari bilan ham shuhrat qozonadi. Shoirning asli ismi Mahmud bo’Iib, Xorazmning qator shaharlari, hatto Hindistonga borib kurash tushganda doimo g’alaba qozongani bois u «Pahlavon Mahmud» unvoni bilan shuhrat taratgan, Mazkur ulug’ inson haqidagi rivoyatlardan birida hikoya qilinishicha, Pahlavon Mahmud bir jangda Hindiston shohi Roy Rapon Cho’nani o’limdan qutqarib qoladi va buning evaziga qachonlardir Hindistonga asir tushgan xorazmliklarni ozod qildiradi (Mallayev N. o’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1976 yil, 171-bet). Shoirning «Puryoyvaliy» deb atalgan laqabi ham mavjud bo’lib, bu yuksak nom uning kurashda ko’rsatgan jasorati hamda ma'rifiy-ma'naviy olamini ulug’lovchi sharafli unvon sanaladi. Shuningdek, manbalarda e'tirof qilinishicha, kurash tutuvchilardan biror kishi zo’rxonaga tavof uchun kirmoqchi bo’lsa, uning awal Puryoyvaiiyning qadamiga bosh qo’yishi lozimligi ta'kidlanadi. Bu jihatdan ba'zan «puryoyvaliy» so’zi ma'jozan «aziz-u mukarram» ma'nosida ham qo’Hanilishi qayd etilgan (o’zbek adabiyoti tarixi. 1-tom, Toshkent, 1978 , 189-bet). Ko’rinadiki,
shoirning yuksak insoniy xislatlari, mazlumlarni hurlik quyoshidan bahramand bo’lishdek yuksak baxtga sazovor etishi borasidagi sa'y~u harakatlari tufayli u xalqning beqiyos muhabbatiga munosib ko’rilgan. Shoir «Qitoliy» taxallusi bilan ham ijod qilgan. «Qitoliy» so’zi «bir-biri bilan jang qilmoq, kurashmoq» ma'nolarini anglatib, ayni taxallus ham shoirning jismonan baquwatligi mashhur va dovrug’li pahlavonligiga ishoradir.
Pahlavon Mahmud 726 (1326) yilda, ba'zi manbalarda qayd etilishicha , 722 (1322) yilda Xivada vafot etgan. Uning shogirdlari shoirni po’stindo’zlik ishxonasi atrofida dafn etadilar. Keyinchalik Pahlavonning qabri ustida muhtasham bir maqbara barpo qilingan.
Pahlavon Mahmud qalamiga mansub bir necha ruboiylar uning adabiy merosidan namuna sifatida bizgacha yetib keigan noyob badiiyat durdonalaridir. Shoir ruboiylarining urnumiy soni aniq emas. Shuningdek, o’sha ruboiylardan tashkil topgan qadimgi qo’lyozma kitoblar (devonlar) ham hali fanga ma'lum bo’Iganicha yo’q. Mayjud qo’lyozmalar esa XIX asrda ko’chiriJgan bo’lib, ularning tarkibiga boshqa shoirlarning (jumladan Abu AH ibn Sinoning) ko’plab forsiy ruboiylari ham kirib qoJgan. Bular orasidan Pahlavon Mahmudga tegishli ijod namunalarini aniqlash bugungi adabiyotshunoslikning dolzarb vazifalaridan biridir. Pahlavon Mahmud ma'naviy merosini o’iganish borasida ba'zi ishlar ham amalga oshirildi. Jumladan, adabiyotshunos TJalolov 1962 yiida Pahlavon Mahmud ruboiylarini alohida kitob holida nashr ettirdi. Shuningdek, Y. Isoqovning «Pahlavon Mahmud haqida mulohazalar» («O'zbek tili va adabiyoti», 1971 yil, 2-son, 20-25-betlar) nomli maqolasi e'lon qilindi,
Pahlavon Mahmud fors-tojik tilida ijod qildi. Uning ruboiylarini Ulfat (Imomiddin Qosimov), Boqir (Omonnulla Valixonov), Muinzoda, Shoislom Shomuhammedov, To’xtasin Jalolov, Vasfiy, Matnazar Abdulhakim, Engash Ochilor kabi olim va ijodkoriar o’zbek tiliga tarjima qilishdi.
Pahlavon Mahmudning ruboiylardan tashqari, «Kanzul-haqoyiq» («Haqiqatlar qaymog’i») nomli masnaviy yozganligi manbalarda qayd etiladi. Kamoliddin Fanoiyning «Majolisun-ushshoq» tazkirasida mazkur asardan olti bayt keltirilgan. «KanzuI-haqoyiq» tasawuf masalalariga doir she'riy muhokama yuritishga bag’ishlangan falsafiy masnaviylar jumlasidan bo’lib, asarning ko’p o’rinlarida muallif o’zining ilohiy-
Ko’pchilik ijodkorlar yurt ozodligi uchun olib borilgan janglarda vafot etdi. Ba'zilari boshqa mamlakatlarga ko’chib ketishga majbur bo’ldi. Shunday bo’lsa-da, bu davrda o’zbek mumtoz adabiyoti ma'lum bir tarixiy taraqqiyot bosqichini o’tadi. Turli janrlarda ijod etila boshlandi. Ayniqsa, turkiy adabiyotga g’azal, qasida janrining kirib kelishi, «Qisasi Rabg'uziy»day yirik hajmli nasr namunasining ijod etilishi xalqimizning ma'naviy-ma'rifiy, adabiy-madaniy hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu o’rinda yana bir achchiq haqiqatni ro’yi rost e'tirof qilish mavridi keldi. XIII asr va XIV yuz yillik o’rtalariga qadar bo’lgan davr badiiy so’z san'ati tarixi oldida adabiyotshunoslikning katta qarzi ham bor. Biz ko’proq zikri o’tgan bosqich adabiyoti manzaralari xiyraligini mo’g’ul istilosi aybi sifatida sharhlab kelamiz. Mazkur omilning haq ekanligi shubha uyg’otmaydi, albatta. Ammo vatanni tark etib, o’zga yurtlarda uqubatda yashab, ona-tuproq sog’inchini qalb-qalbida asragan, hijron ohanglarini misralari bag’rida muhrlab qoldirgan qalamkashlar ma'naviy merosi ustida deyarli bosh qotirayotganimiz, Afg’oniston, Eron, Hindiston kabi davlatlarning xazinalarida saqlanayotgan nodir durdonalarni tadqiq qilayotganimiz yo’q. Keyingi 15-20 yil ichida shu davrga doir yangi nom yoxud asar haqida toza gap aytilmadi. Badriddin Chochiyday ulug’ ajdodimizning ruhi poki, noyob ma'naviy merosi bizdan madad kutayotir. Afsuski, ayni jabhada bu ulug’ alloma yagona emas. Ular bizdan shafqat, fidoyilik, mehr umidvoridir. Istiqlol bergan shart-sharoitdan oqilona istifoda etish, eslatilgan sohada kashfiyotlar qilish «barchamizniki bo’Igan shu aziz Vatanning* (LKarimov) bizning zimmamizga yuklagan ulkan mas'uliyatidir.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Mo’g’ullar istilosining o’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-madaniy hayotiga ko’rsatgan salbiy ta'siri haqida so’zIang.
2. Xalq ozodlik harakatining faol ishtirokchilari va rahbarlaridan kimlarni bilasiz? Ularaing ibratli faoliyati haqida gapirib bering.
3. Bu davrda yozilgan asarlar o’zbek tilining keyingi taraqqiyotiga qanday ta'sir ko’rsatdi?
4. XIII-XIV asr o’rtalarida boshqa mamlakatlarga borib ikki, uch va to’rt tilda ijod qilgan shoirlardan kimlarni bilasiz?
5. Nosuriddin Rabg’uziy va uning «Qisasi Rabg'uziy» asari haqida so’zlang.
6. «Qisasi Rabg’uziy»dagi qissalarning mushtarak va o’ziga x xususiyatlarini izohlang.
7. «Qisasi Rabg'uziy» tarkibidagi she'riyat namunalaridt parchalardan yod ayting va sharhlang.
8. Pahlavon Mahmud va uning ruboiylari haqida nimalarni bilasi;
9. Pahlavon Mahmud ruboiylaridan yod ayting va tahlil qiling.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar
Chingizxon. Muhammad Xorazmshoh. Jaloliddin Manguberc TemirMalik. Najmiddin Kubro ibrati. «Guldursun» rivoyati. Mahmu Tarobiy. Xusrav Dehlaviy. Badriddin Chochiy. Muhammad Avfi Jaloliddin Rumiy. Mulamma'-shir-u shakar. «Qisasi Rabg’uziyi Nosuriddin To’qbug’abek. «Qissasi Odam - safiy alayhissalom: Sulaymon qissasi. Sulaymon va qarinchqa. Luqmoni hakim. Sulaymo va Bilqis. Sulaymon uzugi. Sulaymon taxti. Pahlavon Mahmud. Puryoyvafr Qitoliy. «Kanzul haqoyiq»
Adabiyotlar
1. Axmedov B. Tarixdan saboqlar. Toshkent: «O'qituvchi», 1994.
2. Vohidov R., Mahmudov M. lymon—qalb gavhari. Toshken «Ma'naviyat», 1999.
3.Vohidov R. Qasoskorning nomi barhayot. (Mahmud Tarobi qo’zg’alonining 750 yilligi) Buxoro,1988.
4. MallayevN. o’zbekadabiyotitarixi.Toshkent: "o’qituvchi", \97t
5. Nosuriddin Burhoniddin Rabg’uziy. Qisasi Rabg’uziy. Birincl-kitob. Toshkent: «Yozuvchi», 1991 .
6. Nosuriddin Burhoniddin Rabg’uziy. Qisasi Rabg’uziy. Ikkincli kitob. Toshkent: «Yozuvchi», 1992 .
7. Ochilov E. Pahlavon Mahmud ruboiylarida futuwat g’oyalari «o’zbek tili va adabiyoti», 1999, 2-son, 21-28-betlar.
8. Safarova H. Hazrati Yusuf - go’zallik timsoli. Toshkent Islon universiteti nashriyoti-2003, 120 bet.
9. o’zbek adabiyoti tarixi.l-tom. Toshkent: «Fan», 1978, 168-186-betlar.
10. Haqqul I. Hadis haqiqati va talqin xilma-xilligi. «O'zbek tili v< adabiyoti*, 1996, 4-son, 23-25-betIar.
Do'stlaringiz bilan baham: |