Menki talab yo’lida qo’ydim qadam,
Bordur umidimki, chu tutsam qalam.
Yo’Idasa, bu yo*lda Nizomiy yo’Ium,
Qo’ldasa, Xusrav bila Jomiy qo’Ium,
Nukta sururida ravo bo’lmag’ay,
Buki Navoiyga navo bo’lmag’ay.
(Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent, 1960, 32-bet) Ko’rinadiki, Alisher Navoiy so'z mulkining ma'ruf dostonsarolaridan ma'naviy madad so’raydi, ular ruhi va asarlarining ma'naviy-ma'rifiy xayrixohligiga katta umid bog’laydi. o’zbek, tojik, ozarbayjon, hind shoirlari ijodida qur'oniy-irfbniy g’oyalar hamda xalq og’zaki ijodi ta'siri tobora teranlashib boradi. Markaziy Osiyo xalqlari yozma adabiyotida sayyor mavzularga murojaat etish ham o’zaro adabiy aloqalarning bir ko’rinishi sifatida namoyon bo’ladi. Bu hodisa davr ijodkorlari tomonidan yaratilgan asarlarda o’z ifodasini topishi bilan bir qatorda, keyingi davr shoirlari ijodida yanada takomillashtiriladi. Jumladan, o’zbek shoiri Durbekka nisbat beriladigan «Yusuf va Zulayho» asari mavzuiga Ozarbayjon shoiri Xatoiy, tojik shoiri Abdurahmon Jomiylar murojaat qilib, an'ana zaminida yangi ijodiy asar bunyod qildilar. Shuningdek, Xoja Imomuddin Lohuriy, tojik shoirlari Xotifiy va Hiloliy, Ozarbayjon shoirlari Fuzuliy va Haqiriy hamda yana bir qator qalamkashlar «Layli va Majnun» mavzuini qalamga olishdi. Bu sayyor mavzular xalqlar orasidagi do’stlik, adabiyotlar o’rtasidagi adabiy aloqalar rishtalarini yanada mustahkamladi.
XV asming zabardast shoirlari Nuriddin Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning do’stJik hamda ijodiy hamkorlik munosabatlari o’zbek, tojik adabiy aloqalarini yanada yuksak pog’onaga ko’tardi. Ayniqsa, Alisher Navoiyning ikki tilda ijod qilishi bu borada muhim ahamiyat kasb etdi. Alisher Navoiy ijod maktabining tojik, turkman, ozarbayjon va yana qator turkiy xalqlar adabiyoti rivojiga ko’rsatgan ijobiy ta'sirini akademiklar A.M.Mirzoyev, H.Orasli, B.A.Qoriyev singari yirik adabiyotshunoslar ilmiy o’iganib, adabiyotshunoslik fani uchun nihoyatda zarur bo’lgan qimmatli mulohazalarni bayon etdilar. A.M.Mirzoyev Alisher Navoiyning fors-tojik adabiyoti oldidagi xizmatlari haqidagi qarashlarini xulosalar ekan, yozadi: «Shu tariqa Alisher Navoiy nafaqat turkiy adabiyotning buyuk bir namoyandasi, adabiyot va san'at ahlining homiysi hamda XVasming ikkinchi yarmidagi Movarounnahr, Xuroson va Eron xalqlarining ilmiy- adabiy va san'ati taraqqiyotiga qudratli asoschi bo’libgina qolmay, balki Abdurahmon Jomiydan keyin, XV asr fors-tojik g’azalchiligining eng buyuk vakillaridan biri sifatida, bizning adabiyotimiz tarixidan ham munosib o’rin oladi» (Mirzoyev A. Foniy va Hofiz.-«Navoiy va adabiy ta'sir masalalari». Toshkent, 1968, 62-bet). Xuddi shuningdek, Ozarbayjon adabiyoti ravnaqida ham Alisher Navoiy ijodidan bahramand bo’lish alohida ahamiyat kasb etadi, deyish mumkin. Jumladan, shoir Muhatnmad Fuzuliy o’zining «Layli va Majnun» dostonida AlJsher Navoiy an'analarini davom ettiribgina qolmay, uni takomillashtirdi.
o’zbek shoirlarining nomachilik bobidagi yutuqiari ozarbayjon shoiri Xatoiyning «Dahnoma» asarini yozishga, Amiriy, Yaqiniy, Ahmadiy va boshqalarning munozaralari Fuzuliyni shu janrda bir necha asar yozishga ilhomlantirdi. Turii xalqlarning shoirlari bir-birlarining asarlariga nazira yozdilar, g’azallariga taxmis bitdilar, tazmin qildilar. Mavlono Lutfiy va Alisher Navoiy kabi shoirlar fors^tqjik tilida ham ijod qilgan bo’Isalar, tojik shoiri Binoiy o’zbek tilida asarlar yozdi (Mallayev N. o’zbek adabiyoti tarixi, Toshkent, 1976, 221-bet).
Bu davrda tarjima adabiyoti ham bir qator muvaffaqiyatlami qo’lga kiritdi. Ayniqsa, erkin tarjima borasida Qutb Xorazmiy tomonidan o’zbek tiliga o’giriJgan Nizomiy Ganjaviyning «Xusrav va Shirin» dostoni hamda Sayfi Saroyi tomonidan Shayx Sa'diy «Guliston»ini «Guliston bit-turkiy» nomi bilan tarjima qilishi yuksak ma'naviy ahamiyatga molik. Shuningdek, Ma'sud ibn Ahmad Sa'diy Sheroziyning «Bo'ston» asarini tuitiy tilga o’gjndi, «MalikuI-
kalom» Mavlono Lutfiy esa Sharofiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»si asosida turkiyda o’n ming misra hajmidagi qahramonlik dostonini yozadi.
XV asr o’rtalaridan XVII asrgacha bo’lgan davrda Sharq adabiyoti, jumladan, o’zbek mumtoz adabiyotida turli janrlarda badiiy jihatdan , mukammal asarlar vujudga keldi. Bu hodisa o(z navbatida adabiyotshunoslik fanining taraqqiy etishida keng imkoniyatlar yaratdi. Ayni davrda ham adabiyotshunoslik hamda adabiy tanqid o’ziga xos yo’nalishda, turli-tuman shakllarda namoyon bo’ladi. Taniqli shoirlarning asarlarini to’plash, kitobat qilish ana'anasi davom etadi. Jumladan, temuriy hukmdorlaridan Shohruh Mirzoning uchinchi o’g’li Boysunqur Mirzo rahbarligida fors-tojik shoiri Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma»sining bir necha qo’lyozmalarini chog’ishtirish asosida ishonchli mukammal matn vujudga keltiriladi. XV asrning ikkinchi yarmida Xusrav Dehlaviyning kichik she'riy asarlarini to’pIab, alohida devonlar holida tartib berilishi, ko’paytirilishi ham muhim adabiy hodisadir. Shuningdek, XIV-XV asrlar adabiyoti bo’yicha yangi tazkiralar tuzildi. Zamonasining iqtidorli olimi va shoiri Faxriy Hirotiy «Radoiful-ash'or» («Radifdosh she'rlar») bayozini yaratdi. Navoiy asarlari asosida «Badoyiul-lug'at» kitobi vujudga keldi.
Mazkur davrda adabiy-tanqidiy qarashlar faxriya, debocha, manoqib, turli she'riy parchalar, she'r va shoirlik haqidagi maxsus asarlar, tazkira va tarixiy kitoblar tarkibida rivoj topdi. Bu hodisa oldingi davrlaiBa qaraganda, adabiyotshunoslikning ancha ravnaq topganligi hamda adabiy-tanqidiy qarashlarni ifodalashda ariiqlikka e'tiboming birmuncha kuchayganligini ko’rsatadi. Chunonchi, aruz vazni, qofiya, muammo janri va adabiyotning boshqa dolzarb masalalari haqida bir necha asarlar vujudga keldi. Shayx Ahmad Taroziyning she'riy janrlar, san'atlar, qofiya, muammo hamda turkiy aruzga doir risolalarini o’zida mujassam etgan «Funun ul-balog'a» kitobi, Yahyo Shaybakning aruzga doir ikki risolasi, Sayfi Buxoriyning «Aruz» risolasi, Kamoliddin Husaynning muammo haqidagi risolasi, Abdurahmon Jomiyning muammo (muammoga doir uch risola) va qofiya hamda aruzga doir risolalari, Alisher Navoiyning «Mezonul-avzon», «MajoIis un-nafois» va «Risolai muammo* asarlari, Bobur Mirzoning («Muxtasat>) aruz risolasi, Hiloliyning «Risolai qofiya»si, Atoulloh Husayniyning «Badoyi' us-sanoyi'» asari kabilar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning rang-barang janrdagi
arlarida, Zayniddin Mahmud Vosifiyning «Badoyi' ul-vaqoe'», ahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»sida adabiyot tarixi nazariyasiga oid nodir ma'lumotlar, fikr-mulohazalar bildiriladi.
Abu Mansur as-Saolibiyning «Yatimat ad-dahr» asari tazkira janrining k namunasi bo’lsa, asli buxorolik bo’lib, keyinchalik Hindistonda muqim ashagan Muhammad Avfiy XIII asming birinchi choragida «Lubob ul-
b» («O'zaklarning o'zagi») tazkirasini yozgan edi. XV asr esa azkirachilik taraqqiyotida alohida bosqich bo’ldi. Bu davrda ilk turkiy tazkira layx Ahmad bin Xudoydot Taroziyning «FununuI-balog’a» («Yetuklik mlari») nomli asari (hijriy 840, milodiy 1436-1437 yillarda) dunyo uzini ko’rdi (Qarang: Hayitmetov A. Temuriylar davri o’zbek adabiyoti. oshkent, 1996,19-26-betIar). AslidaShayxAhmadTaroziyning«Fununul-log'a» asariga nisbatan qo’Hangan tazkira atamasi nisbiy mohiyat kasb .adi. Chunki muallif o’z davri ijodkorlari haqida maxsus ma'lumot berishni z oldida vazifa qilib qo’ygan emas. U she'riyjanr, san'atlar va aruz haqida azariy mulohazalarni bayon qilarkan, o’z nazariy mulohazalarini sdiqlash maqsadida turli zamonlarda yashagan turkiygo’y hamda rsiyzabon shoirlar she'rlaridan misollar tanlaydi. Ana shu tariqa «Funun -balog'a» she'riy guldasta-tazkirani eslatadi. Shuningdek, Davlatshoh amarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» va Alisher Navoiyning «Majolis n-nafois» hamda «Nasoyim ul-muhabbat» asarlari bu davrda yaratilgan zkiralarning eng mumtozlari sanaladi. Abdurahmon Jomiyning 3ahoriston» asari ham tazkirachilik taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. azkur asarning yettinchi ravzasi (bobi) tazkira tarzida yozilgan bo’lib, ida qirq shoir-u adiblar haqidagi ma'lumotlar jamg’arilgan. Bu dnomalar keyingi davr tazkirachilik taraqqiyotiga ijobiy turtki berdi.
5.3. Xorazmiyning «lMubabbatnoma»asari, uning badiiyati
Xorazmiy o’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandalaridan ridir, Bu iste'dodli ijodkorning hayoti va faoliyati, adabiy merosi iqidagi ma'lumotlar juda kamy etib kelgan.
Shoirning hozircha bizga ma'lum yagona asari «Muhabbatnoma»ning uqaddima va xotimasida uning shaxsi qisman bo’lsa-da, o’quvchiga nishtiriladi. Shuningdek, adabiyotshunos N.Mallayevning qayd ishicha, shoirning «Muhabbatnoma» asariga ilova qilingan she'riy ikoyat> ham mayjud bo’lib, unda ijodkorning Sharq mamlakatlariga yohatga chiqqanligi, jumladan, Rum va Tayfundan o’tib, bir do’sti
bilan Shomga safar qilganligi haqida ma'lumot beriladi (Mallayev N. o’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1976, 227-228-betlar).
Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asari juda ko’p sharqshunos olimlarning e'tiborini o’ziga qaratadi. Jumladan, A.M.Samoylovich, MEKo’prulizoda, A.M.Shcheibak kabi horijiy tadqiqotchilarbu borada qiziqarli ilmiy izlanishlar olib borishdi. Shuningdek, o’zbek adabiyotshunoslaridan S.Qosimov 1950 yilda Xoiazmiy ijodi bo’yicha nomzodlik disseitatsiyasini himoya qildi. Bidardan tashqari, N.Mallayevning «O'zbek adabiyoti tarixi»da va boshqa manbalarda shoir haqida ma'lumot beriladi.
Xorazmiy ijodkorning taxallusi bo’lib, uning nomi hamon ma'Ium emas. «Muhabbatnoma»da mazkur taxallus bir necha o’rinlarda keltiriladi. Chunonchi, asar xotimasidagi quyidagi baytlarda uning yozilgan yili ham o’z ifodasini topgan;
Do'stlaringiz bilan baham: |