Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Shah tilar bIsa shohlik, qilmoq, . Sipahidin kerakmas ayrilmoq. . Shahni derlar sipoh birla shoh



Download 3,81 Mb.
bet129/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

Shah tilar bIsa shohlik, qilmoq, . Sipahidin kerakmas ayrilmoq. . Shahni derlar sipoh birla shoh,
Shoh emasdur yo'q ersa anda sipoh. s Shaha xayl lsa fath aning ishidur,
Bir kishi Rustam lsa, bir kishidur,
Shahli oyinin aylabon zanbr,
Aylamas besipah sukunu murur.
Uchsa yoluz krarga oq-u qaro,
Ne tafovut ulu yana bir aro.
Borsa shatranj shohining sipahi,
Krki, bormu hisob ichinda shahi.
Chunki Navdar adua bldi asir,
So4ydilar har ne kiyganin bir-bir (10,295-296). Ninoning kemalari ham dengizda tfonga uchraydi. Bu tabiiy falokat Nmonning kemalarini va sanoqsiz askarlarini dengiz tubiga olib ketadi. zining omon qolishiga ham ishonmagan Nmon Jobirga asir tushadi. Mehrning tadbiri bilan chohdan ozod blgan Suhayl Jobir oldiga peshvoz chiqib: "Sen agar zohir etting itlikni, Men sanga kiguzay yigitliki",-deya dushmanini halok etadi, Shu tariqa adolat tantana qilib sevishganlar visolga erishadilar. Navdar va Nmori mamlakatlari birlashtirilib uning taxti Suhaylga )>' '• fopshiriladi.
Oltinchi iqlimdan kelgan musofir cho'I-u biyobonda kp yurib tajriba orttirgan, dili pok, kngli ochiq, sabr-toqatli Muqbil, dengiz sayrida ustasi farang, biroq zining yolonchiligi, yaramas odatlari bilan kishilaiga ziyon yetkazuvchi Mudbir haqidagi qissani szlab beradi Baxtar nomli mamlakatdan Xovar yurtiga otlangan bu ikki ylovchi tabiati tamomila bir-biriga qarama-qarshi. Bu zidlik "Vodiyi hamim"("Qaynoq vodiy")dan tish jarayonida yorqin iiamoyon boladL Muqbil taqdiriga tan berib, sabr-toqat bilan Tangriga shukronalar qilib, toat-u ibodatni kanda qilmay manziJ toinon davom etsa, Mudbir taqdirga tan berish miga falakdan
shikoyatlar qiladi, Tangriga shak keltiradi. Ular dengiz safarida tfonga uchrab bir orolchaga borib qoladilar. Sandal daraxti ostidagi chashmaga chmilish jarayonida MuqbUga AUohning inoyatidan bahramand blish nasib etadi. U chashmada chmilganda, pariy misol bir qizni sevib qoladi. Mudbirning tani esa chashma suvi haroratining yuqoriligidan kuya boshlaydi. U yolonchilik qilmaslikka sz berib, buloqdan suv ichgan edi. Yana yolonchilik qilsa, yorilib lishini bilardi. Biroq Mudbir eski odatidan voz kecha olmaydi. Ikki ylovchi dengizda sandal daraxtlari ortilgan ulkan kemaga duch kelishadi. Kemadagi odamlar ochlikdan halok blishgan edi. Kema Xovar yurtiga yo'l oladi. Mamlakat podshohi oldida yolon gapiigan Mudbir yorilib ladi. Muqbil esa sha chashmada ktgani Xovar podshohining qiziga uylanadi. Hikoyatda kishilarni sabr-qanoatga undash oyalari ustuvorlik qiladi.
Yettinchi iqlimdan kelgan musofir shoh Bahromga bir tomondan, zi Xorazm lkasining mashhur sozandasi bla turib, taqdir taqozosi bilan bu yurtga kelib qolishining tafsilotlari, ikkinchi tomondan esa Diloromning sarguzashtlaridan bahs etuvchi qissani hikoya qiladi. She'riy qissadan ma'lum blishicha, Xorazmga Xitoy savdogari chang chalishda mashhur blgan kanizagi bilan kelganida, uning ovozasi butun lkaga tezda tarqaladi. Xojaning mol-u dunyosi behisob, osmondagi oyga xshash gzal, samodagi Zuhra misoli mashhur sozanda bIgan kanizagining ta'rifiga sz ojiz. U chang chalib musiqagajrblganida, eshituvchilar jon berishga ham tayyor edi. Xorazm shohi ham bu qizning ta'rifmi eshitib, uning kuyi va husn-u jamoliga mahliyo bladi. Kanizakni sevib qolgan shoh oraga sovchilar qyadi. Biroq qizning tarbiyachisi Xoja Haq uni davrning yagonasi va dunyodan toq tadigan qilib yaratganini ma'lum qiladi. Shoh esa qizning visoliga zrlikbilan erishishga harakat qiladi. Uni majburan haramiga olib keladi. Shunda qiz qliga changgini olib, shunday mungli bir kuy chaladikidiki, saroy a'yonlari va shoh uyquga ketadi. Bu hol bir necha bor takrorlanadi. Shoh oppoq kiyimli kanizak visoliga zrlik bilan erishish mumkin emasligini anglagach, Xojani ota, qizni esa singil sifatida qabul qiladi. Yettinchi iqlim ylidan kelgan musofir mashhur sozanda blib, kanizakning san'atini eshitgan xalq Xorazm mashshoiga blgan iltifotini zgartiradi. Xorazm xalqi bazmlarining dostonnavozi blgan mashhur sozandaning ishi kasodga uchraydi va u arz qilib Xoja hamda uning kanizagining oldiga boradi. Boshqa hunari yqligi, lozim topisbsa, shu kanizakka shogird tushishini aytadi. Shunday qilib, zaro

ahdJashuvlardan sng, Xorazm mashshoi kanizakdan musiqa sirlarini rgana boshdaydi. Kanizakning kuyida qandaydir dard, alam bor. U sozandadan tunlari afsona szlashni iltimos qilar, sz firoq, hajr haqida ketganida ksib-ksib yilardi. Xorazm sozandasi kanizakning knglidagi sirlarini bilishga harakat qiladi. Qiz esa, awalo, taftishni bas qilishni taklif qiladi. Agar knglida pinhon saqlangan siridan voqif blishni juda istasa, bu lkadan bosh olib ketishga sz berishini mashshoqdan talab qiladi. Shunday qilib, Diloromning Bahromga turmushga chiqqani, jarligi bois sahroda o*z sochlariga bolab tashlab ketilgani, uni krishga kelayotgan Xojasi kanizakni sahroda hushsiz va holsiz bir ahvolda uchratgani, hushiga kelgach, Bahromdan uzr srash uchun uning oldiga borishni qanchalik talab qilmasin, Xojasi Xorazmga olib kelganini szlab beradi.


Shoh Bahrom yettinchi iqlim yIidan olib kelingan musofirdan Diloromning hayot ekanligi haqidagi xabarni eshitgach, shohligini ham unutib, afsona szIovchini quchoqlab oladi. Hukmdor tong otishi bilan Xorazmga borishga ahd qiladi. Biroq arkoni davlatining maslahati bilan Xoja va Diloromga maktub bitib har ikkalasini saroyga chorlashni ma'qul kradi. Shunday qilib, sevishganlar qayta topishadi. Ular y yetti qasrda bazm uyushtirishadi lekin, y yetti darvesh hikoyasidan tegishli xulosa chiqarmagan shoh Bahrom yana ovga beriladi. U ovlagan jayronlarning terisi yer yuzini qoplaydi. Qonlari ariq bIib oqadi. Kk yuzini qoplagan bulutlardan tomayotgan yomir selga aylanadi. Ov maydoni yumshoq, usti tlar bilan qoplangan botqoqlik edi. Jonivorlarning behad kp oqizilgan qoni bilan aralashgan yomir suvlari botqoqlik yuzini ishol qiladi va shoh Bahrom hamda uning hamrohlarini yer yutadi. Alisher Navoiy doston sngida shoh Bahromni tushida krganligini quvchilariga szlaydi. Hukmdor shoirga nihoyatda yuksak ehtirom bilan munosabatda boladi. Husayn Boyqaroni ziga xshashligini aytib, uning davlatiga xayr-saodat tilaydi. Bu bilan ulug' shoir shoh Bahrom qissasidan barcha podshohlar xulosa chiqarishi lozimligini ta'kidlaydi.
"Sab'ai sayyor" dostoni uchun asos blgan hafta kunlari, ulaiga homiylik qiluvchi, qadimdan muqaddaslashtirilgan y yetti sayyoraga xos ranglar bilan qasrlarning bezatilishida ziga xos ramziy-majoziy ma'no "yuklangan". Taniqli adabiyotshunos S.Hasanovning "Navoiyning y yetti tuhfasi"(Toshkent, 1991) asarida bu masalaga alohida e'tibor beriladi. Jumladan, shanba kuni Zuhal (Kayvon, Saturn) sayyorasi bilan boliq blib, qasrning rangi Bahromning yurish-turishi-
barcha-barchasi shu rangda tasvirlanadi. Bu rang, awalo, sevgilisidan ayrilgan shoh Bahromning musibatli kunlarini anglatsa, dastlabki hikoya qahramonlari Axiy va Farruxlar uchun muruwat, yaxshilik va saodatli hayot ramzidir. Bu bilan shoir inson axloqi, yurish-turishi uning taqdirini belgilaydi, degan oyani ilgari suradi. Shuningdek, qora rang yoshlik va baxt ramzi deya ham talqin qilinadi. Bunday xulosaga kelishda Axiy va Farrux sarguzashtlarining dostondagi tasviri imkon beradi. Demak, shoir har bir rangning ziga xos ramziy-majoziy ma'no qirralariga alohida e'tibor qaratadi. Shoir qahramonlar ruhiy holatini yanada yorqinroq tasvirlashda, ranglarning ramziy-majoziy ma'no qirralaridan san'atkorona foydalanishda davom etarkan, bu uslubiga dostonning asosiy voqealar tizimining yakuniga qadar sodiq qoladi.
Yakshanba kuni Quyosh sayyorasi homiyligi bilan boliq bIib, shoir talqinida oltin rang tiniqlik, xursandchilik-olijanoblik ramzidir. Shuningdek, bu rangga xos bir oz zgaruvchanlik, tovlanish unga sharmandalik va nafrat uyotish ma'nolarining ramziy ifodasini ham beradi. Natijada dostondagi oltin rang Diloromidan ajralgan hukmdorning ishq dardiga chalinib xastalanganligini anglatish bilan bir qatorda, ilm-u hunar ahlining ba'zi nuqsonlaridan bahs etuvchi Zayd zahhobning qallobligi, firibgarligini ifodalaydi. Dushanba kuni Oy sayyorasi bilan bolanib, shoh Bahrotn yashil qasrda afsona tinglaydi. Yashil — tasawufiy ta'limotga kra, hayot ramzi sanaladi. Uchinchi iqlim musofiri tomonidan szIangan qissa qahramoni Sa'd ulug* piri Faylaqus gitlari asosida baxtli hayotga erishadi. Ayni choqda, bu rang samoviy mavjudotlar bilan bolanishni anglatadi. Shu bois Sa'd ikki musofir va uzlatda chekingan Faylaqusdan madad oladi. Shuningdek, bu hikoyat bilan shoir shoh Bahromni baxtli hayot uchun kurashga undaydi. Seshanba kuni Mirrix (Mars, Bahrom) sayyorasi homiyligida tadi. Shu bois shoh Bahrom shu sayyora rangi bilan boliq qizil qasrda kunni tkazadi. Bu rang qoliplovchi hikoyat qahramoni xastaligining avj nuqtasini ifodalaydi. Keyingi qasrlar bilan aloqador kk, sandal va oq rang hukmdor tanasidan kasallikning asta-sekin barham topa boshlaganini bildiradi. Shuningdek, ranglarning asta-sekin sna boshlashi Bahrom hayotining snggi damJari yaqinlashganidan darak beradi. Ulu shoir dostonida qizil rang ezgulik kuchlarining yovuz kuchlar ustidan qonli kurash bilan olib kelib, baxtga erishish ramzi sifatada qllanadi. Hikoyatdagi ezgulik kuchlari: Juna, Mas'ud, yovuzlik kuchlari blgan Jaypur, Malluni hayot uchun kurashda malub etadi. Chorshanba kuni Utorid (Merkuriy)

sayyorasi homiyligida tadi. Shoh Bahrom shu sayyora rangiga uyun bunyod etilgan moviy qasrda bazm uyushtiradi. Dostonda kk yoki moviy rang qandaydir bezovtalik va amgin holatni eslatadi. Bu shoh Bahrom ruhiy holatining beshinchi iqlimdan kelgan musofir qissasi qahramonlari zolim Jobir' qlida tutqunHkda qolgan sevishganlar Mehr va Suhayl iztiroblari bilan mushtarakligini bildiradi. Hikoyat davomida hukmdorlar juda kp lashkarlarining vafot etishi esa moviy rangning motam ramzi ekanligini dalillaydi. Mushtariy (Yupiter) sayyorasining homiyligida tadigan payshanba kuni shu samo yoritqichi rangi bilan aloqador sandal rangli qasrda shoh Bahrom uchun bazm uyushtiriladi. Sandal shifobaxshlik va xotirjamlik ramzi. Hovar mamlakati podshohi qizining sandal daraxtidan shifo topishida bunga ishora bor. Muqbilning har qanday holatda ham qanoat bilan xotirjam harakati uni baxtga eltadi. Mudbir esa fojiali lim topadi. Shoh Bahrom ruhiy kasallikdan asta-sekin tuzala boshlaydi, biroq uning axloqiy tuzalishi, aytilganlardan xulosa chiqarishi uning irodasiga boliq. Nihoyat, juma kuni sodir bIadigan voqealar Zuhra (Venera) sayyorasining hukmiga boliqligi bois uning rangi bilan aloqador kofuriy (oq) qasrda shoh Bahrom qissasi davom ettiriladi. Oq rang poklik va sofdillik ramzi blganligi bois Bahrom uzoq ayriliqdan sng, Diloromning vasliga qayta etishidan darak beradi. Shuningdek, bu rang keksalik, inson hayotining poyoniga etishidan nishona tarzida ham talqin qilinadi. Shu bois zini axloqiy jihatdan tuzatishga iroda topa olmagan Bahromning hayoti fojiali yakun topadi.


Krinadiki, ulu shoir "Sab'ai sayyor" dostonida shoh Bahrom va Diloromning ishqiy saiguzashtlaridan bahs etuvchi qoliplovchi qissa hamda inson ma'naviy kamolotiga xizmat qiluvchi y yetti hikoyatni yagona voqealar tizimiga ega blgan yaxlit doston holida yuksak san'atkorona mahorat bilan ijod etgan. "Xamsa" ichidagi xamsa deya nomlash mumkin bIgan bu doston XVTII asrda yozma va ozaki adabiyotimizda Bahrom va Gulandom turkumining paydo bolishi, XIX asrda qasharlik aribiy tomonidan «Shoh Bahrom va Dilorom», Umar Boqiy qalamiga mansub «Qissai haft manzari Bahrom» singati kplab asarlarning vujudga kelishiga zamin hozirladi.
9.6. "Saddi Iskandariy" - "Xamsa"ning xotimaviy dostoni. Asarning mavzu va oyalar olami, hikoyat va masallar tahlili
"Saddi Iskandariy" ("Iskandar devori")—AUsher Navoiyning adolatli va ma'rifatli hukmdor rahnamoligida markazlashgan davlat barpo etish,
xalq osoyishtaligi va yurt ma'murligini ta'minlash, zaro toj-taxt kurashlari, ixtilof-u nifoqlarga barham berish singari umumbashariy oyalarini zida badiiy ifoda etgan dostondir. Ulu shoir "Xamsa" tarkibidagi boshqa asarlarida bu masalaga alohida e'tiborberib, Anushervoni odil, Sulton Muhammad Xorazmshoh, Shohi oziy, Chin xoqoni, Xusrav Parvez, Bani Omir va Hay qabilasi boshliqlari, Ibn Salom, Bahrom singari katta-kichik hukmdorlar obrazini ijod etdi. Mazkur asarlarda sha hukmdorlarning yaxshi a'mollari yuksak san'atkorlik bilan vasf etilgan blsa, ularning tabiatidagi noqisliklar tanqid ostiga olindi. "Hayrat ul-abror" dostonida "Iskandarning y yetti iqlim mamolikini panjai tasarrufia kiyuroni va xoli ilik bila olamdin rixlat markabin surgoni" (14- maqolatdan sng keltirilgan hikoyat)ni ibrat namunasi qilib krsatgan buyuk mutafakkir "Saddi Iskandariy"da odil va ma'rifatli, ma'naviy yetuk shoh obrazini Iskandar timsolida mujassamlashtirdi. Bu bilan shoir "Xamsa" tarkibidagi boshqa dostonlarida ilgari surilgan ijtimoiy-siyosiy qarashlarini "Saddi Iskandariy" dostonida yanada takomillashtirib, zi orzu qilgan hukmdorning mukammal obrazini asar qahramoni misolida badiiy tasvirladi.
Iskandar tarixiy shaxs blib, u eramizdan oldingi IV asrda (356-323) yashagan buyuk jahongir Aleksandr Makedonskiyning Sharqdagi nomidir. Sharq xalqlari orasida bu ulu sarkarda Iskandar Zulqarnayn, Iskandari Rumiy, Iskandar Maqdon nomlari bilan atalgan. Aleksandr nomi shu szga talaffuz jihatidan uyun "Iskandar" szi bilan ifodalangan blsa, "Rumiy" va "Maqdon" uning vatanini anglatgan. "Zulqarnayn" Iskandarning ilohiylashtirish zaminida unga nisbatan berilgan sifat blib, ikki ^boxli degan ma'noni bildiradi. Manbalarda ma'lumot berilishicha, shoh juda qadim zamonlarda Yaqin Sharqda ilohiy qudratning timsoli sanalib, xudolar singari shoxli tarzda tasawur qilingan. Aleksandr Makedonskiyninng tarbiyasi bilan uning ustozi Aristotel (Arastu er. av. 384-322) shuullangan. Eramizdan awalgi 336-yildaotasi Filipp ldirilgach, Aleksandr Makedonskiy taxtgachiqadi. 26 yoshida Doro III ni yengib, Eronni egallaydi. Keyinchalik u Movarounnahr va Hindistonni zabt etadi. Dunaydan Hind daryosigacha blgan katta hududda ulkan mamlakat barpo etadi, nihoyat, eramizdan awalgi 323-yilda, 33 yoshida vafot etadi.
Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari haqida antik davr Earixchilaridan Arrian Flaviy va Plutarx asarlarida ma'lumot beriladi. Yunon tarixchisi Arrian Flaviy Iskandar haqidagi rivoyat-u afsonalarning vujudga

kelishi sababini uning jahongirlik yurishlarida ishtirok etgan askarlar faoliyati bilan bolaydi. Unga kra, Iskandar jangdan vataniga qaytayotgan askarlariga forslar va midiyonlarni, baqtriyaliklar va shakiarni, Kaspiy dengizga qadar chzilgan hududda yashovchi parfiyonlarni, xorazmiylarni va girkanlarni qanday bysundiigani haqida hikoya qilib berishni aytgan ekan. Hikoyachilar tarixiy ma'lumotlaiga nisbatan taxayyul va uydiimaga kproq beriMshlari natijasida bir qancha aisona va rivoyatlar vujudga kelgan. Keyinchalik XI-XII asrlarda Ovrupoda Iskandar haqidagi ritsarlik romanlari ijod etilgan.


Sharq yozma badiiy adabiyotida atoqli fors-tojik shoiri Abulqosim Firdavsiy ilk bor Iskandar haqida doston ijod etdi. Asaming bosh qahiamoni «Shohnoma» tarkibidagi bir qator sosoniy hukmdorlaiga baishlangan dostonlardagi yetakchi obrazlardan keskin farq qilmaydi. Shoir buyuk jahongirga baishlangan ushbu masnaviysida uning Doroga qarshi janggi, insonlarni ya'juj-ma'jujlardan xalos etish uchun ov qurishi singari lavhalar bilan Iskandami adolatli va najotkor hukmdor qiyofasida tasvirlasa-da, sarkardaning kplab jangovor yurishlarining sababi, mohiyati va oqibatini ochib bermaydi. 1203-1211-yillarda ulu ozar shoiri Nizomiy Ganjaviy «Panj ganj»i tarkibidan rin olgan «Iskandarnoma» dostonini ijod etib, xamsachilikda Iskandarning jahongirlik yurishlari va hukmronligiga baishlangan alohida doston yozish an'anasini boshlab berdi. 1300-1301-yiUarda Amir Xusrav Dehlaviy «Xamsa»sining snggi dostoni «Oyinai Iskandariy» ijod etildi. Msher Navoiy «Saddi Iskandariy» dostonini 1484-yilning sentabr—oktabr oylarida nihoyasiga yetkazdi. Bu ma'Iumot taniqli adabiyotshunos B.Valixo'jayevning «Mumtoz siymolai» (Toshkent, 2002, 179-bet) kitobida bir necha dalillarga tayanilgan holda qayd etiladi. sha yilning 28-dekabrida Abdurahmon Jomiy «Xiradnomai Iskandariy» dostonini yozib tugatdi.
Alisher Navoiy «Saddi Iskandariy» dostoni uchun Iskandar Zulqamaynning jahongirlik yurishlari tarixini asos qilib olsa-da, ulu shoir asarida tarixiy Iskandar-Aleksandr Makedonskiydan tubdan farq qiluvchi yangi bosh qahramon obrazini yaratdi. Buyuk mutafakkir z davriga qadar yozma va ozaki badiiy adabiyotning turli janrlarida sayqallashib, takomillashib boigan Iskandar obrazi va uning hukmronligi, jangovor yurishlarining badiiy lavhalaridan ijodiy foydalandi. Shuningdek, bu asar «Xamsa» tarkibidagi boshqa masnaviylarda ilgari surilgan yetakchi oyani takomillashtiruvchi, yaxlit janr hisoblangan «Xamsa»ning yakunlovchi dostoni blgani uchun uning tuzilishi navoiyona badiiy
tafakkur bilan alohida mohiyat kasb etdi. «Saddi Iskandariy»da nazariy-axloqiy doston sanalgan «Hayrat nl-abroi> va yaxlit voqealar tizimiga ega dostonlar «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun*, «Sab'ai sayyor» asarlariga xos tuzilishning zaro yaxlitlashuvi kzga tashlanadi, Dostonning asosiy voqealari Iskandarning tuilishi, Faylaqus uni valiahd deb e'lon qilishi, tarbiyalagan otasi (Faylaqus) vafotidan sng, Iskandaming taxtga chiqishi lavhalarini zida mujassamlashti^gan XV bobdan boshlanadi. Bu bob asar asosiy voqealari tizimining muqaddimasi sanaladi. Keyingi tartibda keluvchi har trt bob mazmunan bir-biri bilan uzviy bolangan blib, asarning alohida bir qismini tashkil etadi. Unda Iskandarning sarguzashtlariga oid biror bir lavhani tasvirlashdan oldin hukmdorning tri yo'1 tutganini nazariy jihatdan asoslash uchun awalgi uch bobda ma'lum bir masala xususidagi shoirning mulohazalari (maqolat, chunonchi, himmat, adolat avf xususida), uni tasdiqlovchi biror hikoya yoki masal va Arastuning ayni masalaga oid qarashlari keltiriladi. Asardagi har trt bobning dostonning bir qismini tashkil etishi Iskandar saiguzashtidan bahs etuvchi boblarning sngida keltirilgan lavhaga yakun yasovchi soqiy, muanniy va shoirning ziga murojaati rin olganligida ham kriladi.
Sakson tqqiz bobdan tashkil topgan dostonning muqaddimasi sanalgan (asosiy voqealar badiiy tafsilotining boshlanishi nuqtai nazaridan) XV bobda Alisher Navoiy talqinidagi Iskandar tarixiy Iskandar-Aleksandr Makedonskiydan tamomila farqli ekanligiga ishora qilinadi. Ma'lumki, tarixiy manbalarda Iskandar Zulqarnaynning nasl-nasabi xususida turlicha ma'lumotlar uchraydi. Ba'zilar uni Eron shohi Doro II ning li desa, boshqa asar mualliflari jahongirning shajarasini Misr fir'avnlariga borib taqalishini qayd etadi. Alisher Navoiy dostonidagi Iskandar esa asrab olingan farzand, uning nasl-nasabi ma'lum emas. Asarda tasvirlanishicha, shikordan qaytayotgan Rum-u Rus podshosi Faylaqus otining sarkashligi tufayli endigina tuilgan, yordam blmagani uchun madorsizlanib chalajon holiga kelgan chaqaloqni qliga oladi. Unga Iskandar nomini berib, il va valiahd deb e'lon qiladi. "Hayrat ul-abror"ning "Adab dabTdagi bobida rtaga qyilgan talablarning amaldagi ijrosini Iskandarning jismoniy-ma'naviy shakllanish jarayonida ham his qilish mumkin. Iskandaiga ta'lim va tarbiya berish uchun zamonasining eng zr donishmandlari jalb qilinadi. Naqumohis olinda dastur edi, Ki hikmatqa olamda mashhur edi (11,90).
Iskandar bilan Arastu hamsaboq edi. Uning ma'naviy-ma'rifiy shakllanish yillari ana shanday muhitda kechdi. U zamonasining yaktolari-allomai davronlaridan insonshunoslikni, Insonni qadrlash ilmini zfashtirdi. Tarafayn (ikki taraflama) sa'y-u harakatlar tufayli zamon Iskandari:

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish