' v Bo*r ichma, aya bo'rchi bo'g*zi quli, 1 <: Bo*r ichsa ochildi chig’ayliq yo’li. % ' Qara bo’rchi bo’Idi, nangi bo’ldi el, ,' Begi bo’rchi bo’lsa, qachon turg’a el.
Mazmuni:
May ichsa, ey mayxo’r va bo’g’zin quli,
May ichsang ochilgay gadoylik yo’li.
Avom bo’lsa mayxo’r, molin yel olar,
Begi bo’lsa mayxo’r, qachon el qolar.
Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig» dostonini donolar so’zidan ilhomlanib, ulardan ijodiy foydalanib vujudga keltirganligini e'tirof etadi. Shunga ko’ra, aytish mumkinki, shoir turkiy og’zaki va yozma adabiyot an'analarini juda yaxshi o’zlashtirgan, ulardan ta'sirlanib o’z davri uchun nihoyatda muhim va bugungi kunda ham ma'naviy-ma'rifiy qadr-qimmatga ega bo’lgan "Qutadg’u bilig" dostonini yozdi. Asaming deyarli har bir sahifasida irsoli masal badiiy san'atiga murojaat qilinishi, xalq maqol, masal va hikmatlarining satrlar mag’zida keltirishi shoiming og’zaki badiiy ijod xazinasidan pishiq xabardorligidan dalolat beradi. Shuningdek, dostonda Alp Er To’nganing qator fazilatlari ta'riflanib, u haqda qiziqarli ma'lumotlar keltiriladiki, bu ijodkorning Mahmud Qoshg’ariyning "Devonu lug’otit turk" asari tarkibida kelgan parchalar bilan tanish bo’lganligi va undan ilhomlangani xususida dadil gapirish huquqini beradi. Ijodkorning dostonda juda ko’p badiiy san'atlardan mahorat bilan foydalanganligini kuzatish mumkin. Jumladan, quyidagi baytda bahor kelishini yuksak ehtiros bilan tasvirlash uchun shoir tashbehni ilmi nujumdan tanlab, nozik mahorat ko’rsatadi.
Yashiq yandi bo’lg’ay yana o’rnika ,
Baliq quyruqindin qo’zi burnika. Mazmuni:
Quyosh qaytdi, yana o’z o’rniga keladi,
Baliq quyrug’idan Qo’zi burniga ko*chadi
(Ya'ni quyosh hut burjidan hamal burjiga ko’chadi). Ko’rinadiki, shoir quyoshning hut burjini tark etib, hamal burjiga ko’chishi, ya'ni Bahor, Navro’z bayramining kirib kelishini tashxis san'ati vositasida yuksak ijodkorona mahorat bilan badiiy tasvirlaydi. Doston aruzning mutaqoribi musammani solim (sakkizlik solim niutaqoribi va nndan far'iv Chosilal hoMcan mutaaoribi musammani
mahzuf (tushirilgan sakkizlik mutaqorib) hamda mutaqoribi musammani maqsur (qisqartirilgan, qusurli sakkizlik mutaqorib) bahrida yozilgan, "Qutadg’u bilig"ning 71- va 72-boblari , ya'ni ikki qasida va bir to’rtligi mutaqoribi musammani solim bahrida, qolganlari esa mutaqoribi musammani mahzuf va mutaqoribi musammani maqsurda bitilgan. Bu vazn dostonning deyarli barcha baytlarining ohangdor va ta'sirchan chiqishini ta'min etgan.
Yusuf Xos Hojib arab va fors-tojik adabiyotidan ham pishiqqina xabardor bo’lgan ijodkordir. "Qutadg’u bilig"da buyuk fors-tojik shoiri Firdavsiyning "Shohnoma" asari qahramonlaridan Faridun, Nushiravon, Afrosiyob, Zahhok, Rustam kabilar nomlarining uchrashi, shoirning bu doston bilan yaqindan tanishligi va undan ijodiy ta'sirlanganligini dalillaydi. Yana har ikkala asarning ham mutaqorib bahrida bitilganligi fikrimizni yanada quwatlantiradi.
"Kutadg’u bilig" yuksak badiiy ahamiyatga ega bo’lgan yirik hajmli ilk turkiy doston bo’lishi bilan bir qatorda, qoraxoniylar davri tarixi, etnografiyasi, madaniyati, tili va adabiyotini o’rganish uchun ham qimmatli adabiy manba hisoblanadi.
3.5. Ahmad Yugnakiy va uning «Hibat ul-haqoyiq» dostoni
Ahmad Yugnakiy X-XII asrlar o’zbek adabiyotining yirik namoyandasi, iste'dodli shoir, donishmand murabbiydir. Adibning «Hibat ul-haqoyiq" dostoni uning ma'naviy merosidan bizgacha yetib kelgan yagona namunadir. Hajman ixcham bu doston o’sha davr turkiy adabiy tilining ham nihoyatda qimmatli, mo’tabar manbalaridan biri sarialadi.
Shoirning hayoti, ijtimoiy faoliyati va ijodi haqida juda oz ma'Iumotlarga egamiz. "Hibat ul-haqoyiq"dagi ayrim misralarbag’rida kelgan ishoralar hamda asarning turli nusxalarida kotiblar tomonidan yozilgan qaydlar shoir shaxsi va uning hozirgacha yagona asari haqida malum tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Ahmad Yugnakiy millatimiz iftixori, ulug’ mutafakkir shoir Amir Nizomiddin Alisher Navoiy nazariga tushgan turkigo’y ijodkorlardan biridir. Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat" nomli 770 tariqat ahli, adib-u avliyoulloh, shayx-u donishmandlar haqida ma'lumot beruvchi tazkirasida Ahmad Yugnakiy haqida fikr yuritilganligi uning qadimiy turk mashoyixlaridan ekanligini dalillaydi.
Ko’chirilgan parchadan anglashiladiki, doston muallifining vatani Yugnak, otasining ismi Mahmud, asarining nomi "Hibat ul-hakoyiq" bo’lib, bu asar Qoshg’ariy-turkiy tilda yozilgan. Yugnakning Faig’ona vodiysida joylashgani va bu yer shoirning vatani ekanligi "Tazkirai Qayumiy"da qayd etilgan. Biroq Yugnak, Yugnoq tarzida yuritiluvchi qishloq nomlari Turkiston va Samarqand atrofida ham mavjuddir. «Tazkirai Qayumiy» ning XX asrda yaratilganligi e'tiborga olinsa, unga tayanib qafiy xulosaga kelishning noimkonligi anglashiladi. Shunday gapni Yugnak va Yug’noq haqida ham aytish joizdir. Abulkarim as-Sam'oniyning «Nasabnoma» (Al-Ansob) kitobida «Yug’anak Samarqand qishloqlaridan»,- deya yoziladi (Qarang: Abulkarim as-Sam'oniy. Nasabnoma (Al~Ansob) (VIII-XII asrda yashagan o’zbekistonlik olimlar haqida ma'lumot). Buxoro-2003, 199-bet). Xullas, Ahmad Yugnakiy, uning shaxsi, yashagan joyi va davriga doir qit'iy bir gapni aytish keyingi tadqiqotlar zimmasidadir.
Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asarida Adib Ahmad haqida quyidagilar yoziladi: «Adib Ahmad ham turk elidan ermish. Derlarki, ko’zlari bitov ermishki, aslo zohir ermas ermish. Ammo bag’oyat ziyrak va zakiy va zohid va muttaqiy kishi ermish. Maskani Bag’doddin necha yig’och yo'1 erkan, Har kun Imom A'zam daisig’a hozir bo’lur erkandur va bir mas'ala o’rganib bu yo’lni yayog* borur erkandur. Va aning tili turk alfozi bila mavoiz va nasoihqa go’yo ermish. Xeyli elning muqtadosi ermish. Balki aksar turk ulusida hikmat va nuktalari shoe'dur» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15-jildlik. 15-jild, -ulom nomidagi ASN, Toshkent, 1968, 156-157-betlar)
Ko’chirganimiz iqtibos bir qator taxminiy xulosalaiga kelish asosini beradi. Yugnakda tug’ilgan shoir keyinchalik, tahsil uchun Bag’dodga boigan bo’lishi mumkin. Adibning yashagan davri haqidagi munozaralar uchun ham Alisher Navoiyniiig yuqoridagi ishoralari sabab bo’lgan. Agar shoir chindan ham VIII asrda yashagan, Imom A'zamdan saboq tinglagan bo’lsa, uning X-XII asrlar adabiyotiga mansubligi shubha ostida qoladi. Ayni masalaga oydinlik kiritish esa turkiy she'riyat tarixi ibtidosini VIII asrdan, adib Ahmad ijodidan boshlashni taqozo qiladiki, bu sharqshunos olima I. V. Stebleva qarashlariga uyg’undir. Shoirning ko’rish qobiliyatiga doir mulohazalar ham o’qigan har qanday odamni hayratga soladi. Hazrat Navoiy yozganlaridek: «haq subhanohu va taolo agarchi zohir ko’zin yopuq yaratqandur, ammo ko’ngli ko’zin bag’oyat
XII asrning oxiri-XIIl asr boshlarida yozilgan deb hisoblash mumkinligi ta'kidlanadi (o’zbek adabiyoti tarixi. 1-tom, Toshkent, 1977, 134-bet). Chindan ham, dostonning til xususiyatlari ko’p o’rinlarda «Qutadg’u bilig» bilan mushtaraklik kasb etadi.
Ahmad Yugnakiy zamonasining ulug’ mutafakkiri, Alisher Navoiy ta'kidlaganidek, «ziyrak va zakiy» insoni sifatida islom dini, tasawuf ta'limotini juda yaxshi o’zlashtiradi va «Hibat ul-haqoyiq»da insonni komillikka yetaklovchi xususiyatlar, uning ruhini nopokliklardan xalos etish kabi muhim masalalar xususida o’zining umrboqiy fikrlarini bayon etadi. Shubhasiz, shoir bunda Qur'oni karim, Hadisi sharif va tasawuf ta'limotiga tayanadi. Shoir ilm-ma'rifat orqali kishiga saodat yo’li ochilishini ta'kidlagani holda, ilmli, maMfatli bo’lish yuksak insoniy fazilatlardan ekanligini o’ziga xos timsol, tashbehlardan foydalanib badiiylashtiradi. Bunda shoirning tazod san'atidan ham mahorat bilan foydalanganligi ko’zga tashlanadi. Adib bilimli kishini qimmatbaho dinorga muqoyasa etarkan, johil kishini qimmatsiz yemishga o’xshatadi. Ayniqsa, shoirning ilm olishning inson hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etishi to’g’risidagi quyidagi obrazli fikrlari nihoyatda qadrlidir;
Do'stlaringiz bilan baham: |