Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Mahmud Qoshg*ariy va uning «Devonu lug’otit turk» asari



Download 3,81 Mb.
bet22/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

3.3. Mahmud Qoshg*ariy va uning «Devonu lug’otit turk» asari
Mashhur qomusiy olim, o’z davrining peshqadam ziyolilaridan biri Mahmud Qoshg’ariy qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida, XI asr boshlarida Bolasog’unda dunyoga keldi,
Hozirgi Qirg’iziston hududida joylashgan bu makon qoraxoniylarning poytaxt shaharlaridan biri edi. Ushbu davlat hududida Buxoro, Samarqand, Shosh, Qashqar singari madaniy markazga aylangan shaharlar mavjud bo’lib, Qashqardan Amudaryogacha cho’zilgan ulkan kengliklar qoraxoniylar davlati tarkibida edi. Manbalarda qayd etilishicha, Isfijob (Sayram), o’tror, Shosh, Bolasog’un, Xo’tan kabi shaharlar qoraxoniylarning poytaxt maqomidagi qarorgohlari edi. Mahmud Qoshg’ariy tug’ilgan davrda mamlakat nisbatan iqtisodiy- madaniy yuksalishga erishdi.
Olimning to’liq ismi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al-Qoshg’ariy bo’lib, uning bobosi Qoshqarda tug’ilgan, keyinchalik Bolasog’unga ko’chib kelgan. Shu sabab bo’Isa kerak, olim Qoshg’ariy nisbasini o’ziga qabul qilgan. Mahmud yoshligidan ilm olishga o’zgacha ixlos bilan qaraydi. U dastlab Qoshqarlik Husayn Xalifadan ta'lim oladi. Keyinchalik Samarqand, Buxoro, Nishopur, Marv va Bag’dodda tahsilni davom ettiradi. Turli ilmlarni o’iganadi, ayniqsa, arab filologiyasi hamda turkiy xalqlarning tili, turli qabila va urug’larning urf-odati, xalq og’zaki badiiy ijodiyoti bilan ko’proq shug’ullanadi. Mahmud Qoshg’ariy Yuqori Chindan boshlab Movarounnahr, Xorazm, Farg’ona, Biixoroga qadar cho’zilgan katta hududni kezib chiqadi hamda bu yerlarda istiqomat qiluvchi turkiy qavmga mansub qabila va urug’larning turmush tarzl, urf-odatlari, tili, kasb-kori, og’zaki va yozma badiiy ijodini zukkolik bilan sinchiklab o’iganadi. U turklar, turkmanlar, o’g*uzlar, chigillar, yag’molar, qirqizlar (qirg’izlar)ning shahar, qishloq hamda yaylovlarini kezib lug’atlar to’pladi, turli xil so(zlarniiig xususiyatlarini o’iganadi. Natijada turk-arab lug’atining ilk namunasi bo’lgan "Devoni lug’otit turk" ("Turkiy so’zlar to'plami")ni vujudga keltiradi.
"Devonu lug’otit turk"ning nusxalari XX asrboshlarida Istambulda topilib, ilm ahliga ma'Ium etildi. Uning Istambul kutubxonasida saqlanayotgan qo’lyozma nusxasi asar yaratilgandan ikki yuz yil o’tgach, Abu Bakr bin Abulfothat - Tasoviy Addimishqiy tomonidan ko’chirilgan. Kotibning ma'lumotiga ko’ra, u asl nusxa asosida kitobning yangi
nusxasini kitobat qilgan. 1939-1941 yillarda bu kitob Bosim Atalay tomonidan hozirgi turk tiliga ayrim izohlar bilan tarjima qilinib, uch jild hajmida nashr etildi. Sharqshunos olim S.Brokkelman "Devon"ni nemis tiliga (Leypsig, 1928) tarjima qiladi. Shuningdek, "Devonu lug’otit turk" juda ko’p tilshunos va adabiyotshunos olimlarning diqqatini o’ziga jalb etdi. Jumladan, A.K.Borovkov, A.N.Kononov, N.A.Baskakov, V.Reshetov, F.A.Abdurahmonov kabi olimlarning turkiy tilJar tarixiga oid tadqiqotlarida "Devonu lug’otit turk"ka ko’p murojaat qilinadi. o’zbekistonda bu nodir manbaning ilk tadqiqotchisi va noshiri professor A.Fitratdir. Yetuk adib va olim asar tarkibidagi barcha she'riy parchalami yiqqan, ularni so’zma-so'z tarjima qilib, alohida lug’at bilan nashr ettirgan edi. Shuningdek, bu shg’rfardan bir qismini o’zining «O*zbek adabiyoti namunalari» (Samarqand, 1926) nomli to’plamiga ham kiritgan. 1960-63 yillarda tilshunos olim S.Mutallibov tomonidan «Devonu lug’otit turk»ning o’zbek tiliga tarjima qilinib, ayrim izohlar bilan nashr etilishi, keyingi tadqiqotlar uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Akademik A.Qayumovning «Qadimiyat obidalari» (Toshkent,1973 yil) kitobida ham «Devon»dan tanlangan she'riy parchalar va maqollarning tarjimasi hamda qisqacha adabiy tahliliga o’rin beriladi.
Mahmud Qoshg’ariy turkiy tillar tarixini o’rganish uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi yana bir nodir asar «Javohir un-nahv fi lug’otit turk» («Turkiy tillarning nahv (sintaksis) durdonalari qoidalari»)ning ham muallifidir. Afsuski, bu asar bizgacha yetib kelmagan yoxud hozirgacha noma'lum qolib kelayotir. Shunday bo’lsa-da, u birinchi turkiy tillar grammatikasini ishlab chiqqan yirik va zabardast tilshunos olimdir.
«Oevonu lug’otit turk» uzoq davom etgan ilmiy izlanishlaming mahsuli bo’lib, muallif hijriy 464 yilning jumodul - awal oyi boshlarida kitobning birinchi tahririni yozishga kirishgan. Muallif malumotiga ko'ra, asar qayta-qayta tahrirdan o’tkazilgan. Uning to’rtinchi tahriri hijriy 466 yilningjumodul-avvaloyi 12-kuni nihoyasiga yetkazilgan. Shunday qilib, «Devonu lug’otit turk» milodiy hisob bilan 1074 yilda yozib tugatilgan. «Devon» muqaddima va lug’at qismidan tarkib topgandir. Muqaddimada «Devon»ning yaratilish sabablari, uni yozishda uzoq yillar olib borilgan ilmiy izlanishlar tafsilotlari, asarning qurilishi, «turkcha so’zIarning tuzilishi», «turk tabaqalari va qabilalari» kabi ko’lamli masalalar xususida teran ilmiy-nazariy xulosalar bayon etiladi. «Devonu lug’otit turk» davr
kitobnavislik an'analari ruhida arab tilida yozilgan. Uning negizini tashkil etuvchi lug’at qismida muallif olti mingdan ziyodroq turkiy so’zlarning lug’aviy ma'nosini arab tilida izohlaydi. Asarning kirish qismida Mahmud Qoshgariy Rum (Kichik Osiyo)dan Xitoygacha bo’lgan yerlaiga bajanak, qipchoq, o’g’uz, yamak, boshqird, basmil, qay, yaboqu, tatar, qirgiz, chigil, tuxsi, yag’mo, igroq, jaru, jamul, uyg’ur, tangut, tabg’ach kabi turkiy xalqlar istiqomat qilganligini e'tirof etishi bilan biiga zikri o’tgan qavmlar yashagan jug’rofiy hududlami ko’rsatuvchi doira shaklidagi xaritani ham taqdim etganki, mazkur kashfiyot muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Kitobning lug’at qismida so’zlarning joylashtirilishi tartibi arab tili grammatikasi qoidalari asosida beriladi. Unda fe'Uar aniq o’tgan zamon shaklida keltiriladi. Shuningdek, so’zlar ulardagi harflar soniga qarab ajratib chiqilgan. So’zlarning muzoafligi (alif, yoy, vov harflarining yo’qligQga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Garchi «Devonu lug’otit turk» muaUifi kamtarlik qilib, o’z asarini lug’at deb nomlagan bo’lsa-da, mazkur tadqiqot bugungi kun istilohlariga ko’ra faqatgina lug’at bo’lib qolmay, balki qadimiy taraqqiyot tarixiga ega bu tilning fonetik, morfologik, teksik xususiyatlarini mukammal izohlab beigan to’la ma'nodagi qiyossiz bir qomusdir. Asarda ko’pgina so’zlarning kelib chiqishi, jumladan, o’rta Osiyo hududidagi ayrim shaharlarning nomlari izohlanadi. Aytilganlar bilan bir qatorda nodir kitobda turkiy xalqlarning urf-odatlari, mavsum marosimlari, ular taqdiriga aloqador ba'zi tarixiy voqealar haqida ham noyob ma'lumotlar beriladi. Shu jihatdan quyidagi iqtibos fikrimizning yorqin dalili bo’la oladi:
«Qaz - Afrosiyob qizining nomi. Qavzin shahrini shu quigandir. Bu so’zning asli qaz (g’oz) o’ynaladigan joy demakdir. Chunki u shu yerda turar va shu yerda o’ynar edi. Shuning uchun ba'zi turklar Qavzinni turk shaharlaridan hisoblaganlar. Shuningdek, Qum shahri ham chegara hisoblanadi. Chunki Qum turkcha so^zdir. Afrosiyobning qizi bu yerda ov qilar va o’ynar edi. Ba'zilar turk shaharlari chegarasi Marvash-Shohijondan boshlanishini so’zlaydilar. Chunki Qazning otasi To’nga Alp Er-Afix)siyobdir. U Tahmurasdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgandir. Ba'zilar butun Movarounnahrni turklar o’lkalaridan deb hisoblaganlar.Uning bir oti Dizruyindir, U sariqligiga ko’ra, inis shahri demakdir. Bu Buxoroga yaqindir. Bu yerda Afrosiyobning qizi-Qazning eri Siyovush o’ldirilgandir. Majusiy-

otashparastlar har yili bir kun bu yeiga kelib Siyovush o’lgan joy atrofida yig’laydilar. Mollarso’yib, qurbonlik qiladilar. So’yilgan mol qonini uning mozori tepasiga to’Kadilar. Ularning odatlari shunday. Butun Movarounnahr Yankanddan Sharqqacha bo’lgan o’lkalarni turk shaharlaridan deb hisoblashning asosi shuki, Samarqand, Semizkand; Toshkand, Shosh; o’zkand, Tunkand nomlarining hammasi turkchadir. Kand turkcha shahar demakdir. Ular bu shaharlami qurdilar va shunday nom qo’ydilar. Hoziigacha ham shunday kelmoqda. Bu yerlarda forelar ko’paygach, sungular Ajam shaharlari kabi bo’lgan. Hozir Turk o’lkalarining chegarasi Abisgun dengizi bilan o’ralgan. Rum o’lkasidan va o’zkanddan Chingacha cho’zilgan. Uzunligi besh ming farsah, eni uch ming farsah, hammasi sakkiz ming farsahdir («Devonu lug’otit turk» 4-tom. 163-164-betlar).


«Devonu lug’otit turk» adabiy qimmati yuksak bo’lgan manbalardan biridir. Asarda uch yuzga yaqin she'riy parcha va juda ko’p maqol hamda hikmatli so’zlar mavjud bo’lib, muallif ulardan turkiy so’zlarning lug’aviy ma'nolarini arab tilida izohlash uchun foydalangan. Mahmud Qoshg’ariy «Devon»ning muqaddimasida bu kitobni maxsus alifbo tartibi bilan hikmatli so’zlar, saj'lar, maqollar, qo’shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezaganini qayd etadi. «Devon»dagi she'riy parchalarning aksariyati inson hayotining muayyan lavhalari tasviriga bag’ishlangan. Ularda mehnatsevarlik, qahramonlik, ezgulik, sevgi va sadoqat ulug’lanadi. She'riy parchalar orasida badiiy jihatdan yuksak qimmatga ega bo’lganlari ham uchraydiki, ular olim yashagan daviga qadar turkiy nazm ancha ravnaq topganligidan dalolat beradi. Chunonchi:

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish