Qurolning jangovar holatga keltirish.
Nil to‘g‘rilagich universal qurilma bo‘lib qurolni mahkamlab normal otish holatiga keltirish uchun mo‘ljallangan. Nilni gorizontal o‘q bo‘yicha to‘g‘rilaydi. Nilni to‘g‘rilash uchun qulay va aniq ishlaydi. O‘g‘irligi-365 gramm. O‘lchami-117x93x20 mm(13-rasm).
13-rasm. Nilni to’g’rilash qurilmasi (mushkavod).
Ko‘rish qurilmasi ПС-51 (shakl ПС-51). 1) qurol-yarog‘ni qurol-yarog‘lardan doimiy va ko‘rinadigan maqsadlar uchun qisqartirilgan va haqiqiy masofalarga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan(14-rasm).
14-rasm. ПС-51 qurilmasi.
Bu qurilma bazasi, quyidagilardan iborat: qurilma yuqori qismi oboyma bilan, vint shaybasi bilan, tishli vtulka, prujina, qo‘l dastasi, qisgich shaybasi bilan, separator halqasi sharigi bilan gayka qo‘shish qurilmasi bilan.
Qurilmaning chetida joylashgan qurollar gorizontal tekislikda 360 ° ga, vertikal ravishda-o‘rtacha pozitsiyadan ±6° burchakka burilib, o‘ng va chap burchakka taxminan 12°ga tushadi.
Qurilmani ishga tayyorlash:
qurilmani erga yoki yog'och stendga mahkam o‘rnating, qurilmani mixlar bilan qotiring;
qurol-aslaha bilan qurol-yarog' qo‘yish, ular harakatlanuvchi qismlarning ishlashiga to‘sqinlik qilmasligi uchun, uni klip vintlarini klip bilan mahkamlang;
qurol tirgovichining tirgovichiga tirgovichning qo‘lini qurolning tepkisi orqasida ushlab turish uchun tirgovichni mahkamlang;
soat qo‘lini o‘z-o‘zidan aylantirib, uni stopperga qo‘ying( toj bahorini torting), zanjirning bir qismini trubaning kancasına qo‘ying va zanjirning uzunligi (simi) debriyaj yordamida sozlang, shunda qurol tirgovichiga bosganingizda, stopper toj dastasini bo‘shatadi;yong'oq-qo‘zichoq bilan qopqog'ini yoping;
qurilmaning ishonchliligini tekshiring, u uchun o‘quv kartridjlari bilan qurolni zaryad qilish-mi, to‘xtash joyida soat qo‘lini qo‘ying, qurolni maqsadga keltiring va tetiği bosing, mashinaning yuqori qismi avtomatik ravishda mashinaning tagida mustahkam o‘rnashishi kerak va uchi yo‘qolmasligi kerak, bu holatda mashina ishlashga tayyor.
Qurilmaning yuqori qismini taglik bilan zaif birlashtirganda, mashinani ushbu ketma-ketlikda sozlash kerak: toj dastasini ajratish; chashka qopqog'ini olib tashlash; shamol kamonini o‘rash; vilkasini va tornavida bilan vidalang-yuvish vositasi bilan soat sohasi farqli o‘laroq, yuvish mashinasining teshigiga qarab, vidalang; mashinaning barcha qismlarini to‘plang; uni mahkam o‘rnating va ustiga qurolni mahkamlang(15-rasm).
15-rasm. Qurolni ПС-51 qurilmasiga qotirish.
Normal jangovar holatni yakka tarzda o‘t ochib tekshirish uchun, o‘t ochilayotgan shaxs, nazorat-tekshirish nishonining (qora to‘g‘ri burchakning) quyi chetidagi markazga astoidil, bir xilda mo‘ljallab 4 ta o‘q uzishi lozim. O‘t ochish yakunlangach, jangovar holatni tekshirish tadbirini boshqarayotgan komandir, o‘qlarning jamlanib tushish holatini, shuningdek, o‘qlar tekkan joyining markaziy nuqtasini belgilaydi(16-ram). O‘t ochayotgan askar va serjantlarga nishonlar ko‘rsatilmaydi.
16-rasm. O‘t ochayotgan askar holati.
Qurolning jangovar holatini nazorat tekshirish nishonida ko‘rish keltirilgan.
Agar to‘rtta otilgan o‘q yoki uchtasi (biri chetga ketgan) 15 sm diametrdagi doira ichiga joylashsa o‘qlarining jamlanib tushish holatini normal deb hisoblanadi(17-rasm).
17-rasm. ЛК-1 chizg’ichi.
Agar o‘q izlarining jamlanmasi ushbu talabni qondirmasa, o‘t ochish takrorlanadi. Qoniqarsiz natija takrorlansa avtomat ta’mirlash ustaxonasiga yuboriladi. O‘qlarning jamlanib tushish holati normal deb tan olingan bo‘lsa, komandir, o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasini va uning nazorat nuqtasiga nisbatan holatini belgilaydi.
O‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasini to‘rtta otilgan o‘q bo‘yicha belgilash uchun quyidagi amallar bajariladi:
O‘zaro yaqin joylashgan ikki o‘q izini to‘g‘ri chiziq bilan biriktiring va oradagi masofani ikkiga bo‘ling;
Hosil bo‘lgan nuqtani uchinchi o‘q izi bilan bog‘lang va oradagi masofani uchta teng bo‘laklarga bo‘lib chiqing;
Dastlabki ikki o‘q iziga yaqin bo‘lgan bo‘linish nuqtasini to‘rtinchi o‘q izi bilan biriktiring va orada hosil bo‘lgan masofani to‘rtta teng bo‘laklarga bo‘lib chiqing.
Dastlabki uchta o‘q iziga yaqin joylashgan bo‘linish nuqtasi – o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasi deb, hisoblanadi(18-rasm).
18-rasm. O’rta urish nuqtasi.
O‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasini quyidagicha ham belgilash mumkin: o‘qlar izini juftlab biriktiring, so‘ngra ikkala to‘g‘ri chiziqlarning o‘rtalarini biriktiring va hosil bo‘lgan chiziqni ikkiga bo‘ling; bo‘linish nuqtasini o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasi deb hisoblang. Agar, diametri 15 sm bo‘lgan doira ichiga to‘rtta o‘q izi kirmagan bo‘lsa, o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasini, uchta jamlanib turgan o‘q izlari bo‘yicha, belgilashga ruhsat beriladi (to‘rtinchi o‘q izi markaziy nuqtaga nisbatan doiraning radiusidan 2.5 barobar narida joylashgan sharti bilan).
O‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasini uchta o‘q izi bo‘yicha belgilash uchun quyidagi amallar bajariladi:
o‘zaro yaqin joylashgan ikki o‘q izini to‘g‘ri chiziq bilan biriktiring va oradagi masofani ikkiga bo‘ling;
hosil bo‘lgan nuqtani uchinchi o‘q izi bilan bog\lang va oradagi masofani uchta teng bo‘laklarga bo‘lib chiqing;
Dastlabki ikki o‘q iziga yaqin joylashgan bo‘linish nuqtasi – o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasi deb hisoblanadi.
Avtomatning normal jangovar holatida, o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasi, nazorat nuqtasi bilan mos tushishi yoki har tomonga 5 sm dan oshmagan masofada joylashishi lozim, ya’ni u, nazorat tekshirish nishonining kichik doirasidan tashqariga chiqmasligi darkor.
Avtomatning normal jangovar holati, yakka tarzda o‘q uzilib, qoniqarsiz deb topilgan bo‘lsa, normal holatga keltiriladi.
Pulemyotning, yakka tarzda o‘q uzilib jangovar holati tekshirilganidan so‘ng uning jangovar holati avtomatik tarzda o‘t ochilib tekshiriladi. Buning uchun pulemyotchi (qora to‘g'ri burchakning) quyi chetidagi markazga astoidil, bir hilda mo‘ljallab, sakkizta o‘qni avtomatik tarzda, 2-3 bor navbatlar bilan har navbatdan so‘ng mo‘ljallanish yo‘nalishiga aniqlik kiritib otadi.
Pulemyotning jangovar holati, agar sakkizta uzilgan o‘qdan oltitasi, diametri 20 sm bo‘lgan doira ichiga joylashsa va ayni paytda, o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasi nazorat nuqtasi bilan mos tushsa yoki har tomonga 5 sm dan oshmagan masofada, ya’ni nazorat tekshirish nishoning kichik doirasi ichida bo‘lsa – normal deb hisoblanadi.
Avtomatik tarzda o‘t ochish mobaynida, o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasi quyidagi usulda belgilanadi:
yuqorida yoki pastdan o‘q izlarining yarmini sanab chiqib, gorizontal chiziq bilan bo‘lib qo‘ying;
huddi shu yo‘sinda o‘ng yoki chap tomondagi o‘q izlarini sanab chiqib, vertikal chiziq bialn bo‘lib qo‘ying.
Gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishgan nuqtasi – o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasi holatini belgilaydi.
Pulemyot o‘qlarining nishonga jamlanib tegishi nafaqat pulemyot holatiga, balki o‘t ochayotgan shaxsga ham bog‘liq. Shuning uchun qoniqarsiz natijaning ishonchsiz holatlarida, o‘qlarning nishonga jamlanib tegishini tekshirish uchun, katta tajribaga ega pulemyotchini jalb etib, takrorlamoq lozim.
Qurolni normal jangovar holatga keltirish
Agar yakka tarzda o‘t ochilish mnobaynida o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasi, nazorat nuqtasidan biron bir tomonga 5 sm dan oshgan masofada, ya’ni nazorat tekshirish nishonining kichik doirasi tashqarisida bo‘lsa, nil (nil) ning holati shunga monand quyidagicha o‘zgartiriladi: o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasi nazorat nuqtasidan pastda joylashsa – nil (nil) ni burab kiritish, yuqorida bo‘lsa – burab chiqarish; chap tomonda bo‘lsa nil (nil) asosini chapga, o‘ng tomonda bo‘lsa – o‘nga siljitish lozim.
Nil (nil) bir mm chetga siljitilsa, 100 metr masofaga avtomatdan o‘t ochish mobaynida, o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasi-26 sm ga, pulemyotdan o‘t ochish mobaynida esa – 18 sm ga kochadi. Nil (nil) ning bitta to‘la aylanasi, o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasini 100 metr masofada avtomatdan o‘t ochishda – 20 sm ga, pulemyotdan esa 14 sm ga ko‘chiriladi.
Nil (nil) ning to‘g‘ri ko‘chirilganligi, takror o‘t ochish bilan tekshiriladi.
Agar avtomatik tarzda o‘t ochilishi mobaynida, o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasi, nazorat nuqtasidan 5 sm narida joylashsa, pulemyot ko‘rikdan o‘tkazilib uning ko‘ratkichlari tekshirilgach, o‘t ochishni takrorlash lozim. Agar takror o‘t ochilganidan so‘ng ham o‘qlar tekkan joyning markaziy nuqtasi, nazorat nuqtasidan 5 sm narida joylashaversa, nil (nil) holatini o‘zgartirmoq lozim. Nil (nil) holati o‘zgartirilgandan so‘ng o‘t ochish takrorlanadi.
Agar pulemyotning jangovar holati, avtomatiok o‘t ochish bilan manyovr holatga kelmas, uni ustahonaga, ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash uchun yuborish darkor.
Avtomat normal jangovar holatga keltirilganidan so‘ng, nil (nil) asosidagi eski belgi yo‘q qilinib, uning o‘rniga yangisi kiritiladi.
Avtomatdan yakka tarzda pulemyotdan esa yakka va avtomatik tarzda o‘t ochish bilan normal jangovar holatga keltirishdagi so‘ngi natija avtomatning sifat holati varaqasiga (pulemyotning formulyariga) kiritiladi.
Yuqoridagi o‘q otar qurollarni o‘q dori sarf qilmasdan normal urish holatiga keltirishning klassik variantida bir qancha noqulayliklar mavjud. Ular quyidagilar:
o‘q otar qurollarni normal holatga keltirishda maxsus joy (dala poligoni) talab qilinishi;
yilning fasllariga bog‘liqligi (yozda issiq, qishda sovuq);
qo‘shimcha motoresurslar (dala poligonlariga qurollarni va shaxsiy tarkibni olib borish uchun texnika);
limitdan tashqari o‘q dori sarflash (har bir o‘q otar qurol uchun 4 dona);
tayyorgarlikdan o‘tgan harbiy xizmatchilar kerakligi (hisob kitoblarning qiyinligi);
qurolni nishonga urishini tekshirish va uni me’yoriy jangovar holatga keltirish jarayoni uchun vaqt sarfining ko‘pligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |