Rahbari: polkovnik О. Mirjalolov



Download 1,71 Mb.
bet2/8
Sana13.06.2022
Hajmi1,71 Mb.
#660746
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ввввввввввввввввввв

Mavzuni dolzarbligi. O‘q otar qurollarni normal urish holatiga keltirish ishlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Ishning asosiy maqsadi. Dasturiy ta’minot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini barcha imkoniyatlaridan foydalanib, o‘q otar qurollarni normal urish holatiga keltirish usulalarini ishlab chiqishdan iborat.
Ishning vazifalari. O‘q otar qurollarni normal urish holatiga keltirish uchun umumiy holatini o’rgangan holatda algoritm ishlab chiqish va matematik hisob-kitoblar o’tkazish ishda asosiy vazifa qilib olindi.
Ishdagi yangiliklar. Axborot-kommunikatsiya va lazer qurilmalari yordamida o‘q otar qurollarni normal urish holatiga o‘q dori sarf qilmasdan keltirish va matematik hisoblash usullarini nazariy jihatdan o‘rganish.


I bob Qurolni normal otish holatiga keltirishning klassik usullari.
Dunyo mamlakatlarida qurolni normal otish holatiga keltirishning usullari
O‘t ochish natijalariga va bo‘linmalarning jangovar shayligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri – bu, o‘q otar qurollar, jangovar mashinalar aslahalari jangovar qobiliyatining tekshiriluvhi va optik mo‘ljalga olish moslamalarining to‘g‘riligini tekshirish sifatidir.
Bo‘linmalarda mavjud barcha qurol va aslahalar doimo normal jangovar holatga keltirilgan, mo‘ljalga olish moslamalarining tog‘riligi tekshirilgan bo‘lishi lozim.
Qurol-aslahalarning mo‘ljalga olish moslamalarini tog‘riligini tekshirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • qurol bo‘linmaga qabul qilinganida;

  • ta’mirdan o‘tganidan so‘ng, uning almashtirilgan qismlari nishonni urishini o‘zgartirishi mumkin bo‘lsa;

  • otishma davomida o‘qlar (granatalar) ning nishondan sezilarli og‘ishi aniqlansa;

  • qurol saqlanishga topshiriladigan bo‘lsa;

  • jangovar sharoitlarda esa – imkon tug‘ilishi bilan.

Bundan tashqari otishmadan oldin mo‘ljalga olish moslamalarini tekshirib olish tavsiya etiladi.
Qurol (aslaha) ning nishonga ur ishini tekshirishdan va mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich)ni to‘g‘riligini tekshirishdan oldin, ularni astoidil ko‘rikdan o‘tkazish, zarur bo‘lsa, ta’mirlash lozim.
Qurolni nishonga urishini tekshirishdan maqsad, o‘qlaar tegish nuqtalarining tarqoqligini, o‘qlar tegishining o‘rta nuqtasi holati, o‘rnatilgan normalarga mos kelishini aniqlashdir.
Ushbu normalar har bir qurol turi uchun tegishli qo‘llanmalarda, yo‘riqnomalarda va texnik yozuvlarida keltirilgan.
Qurolning nishonga urishini tekshirish va uni normal jangovar holatga keltirish ishlari vzvod (batareya, guruh) komandiri tomonidan otish maydonida (direktrissada, o‘t ochish tayyorgarligi shaharchasida) shamolsiz, ochiq va ravshan havoda, yopiq tirda yoki otish maydonining shamoldan to‘silgan joyida, normal yorug‘likda, mo‘ljalga olish moslamalari quyosh nurlaridan himoyalangan va tovlanmayotgan holatda tashkil qilinadi.
Boshliqlar, qism komandiri ham qurol (aslaha) – ning nishonga urishini, mo‘ljalga olish moslamalarini to‘g‘riligini tekshirish va normal jangovar holatga keltirish mobaynida o‘rnatilgan qoidalarga aniq rioya qilinayotganligini kuzatib bormoqlari lozim.
Qurolni nishonga urishini tekshirish va uni normal jangovar holatga keltirish, undan o‘t ochish, odatda ushbu qurol biriktirilgan harbiy xizmatchining o‘zi yoki bo‘linma komandiri saralab olgan mohir o‘qchilar (mo‘ljallovchi- operatorlar) tomonidan amalga oshiriladi, ayni paytda, qurol – aslahalarni ta’mirlash ustasi (texnigi) o‘zining tegishli asbob – uskunalari bilan hozir bo‘lmog‘i lozim.
O‘q otar qurollarni ishlab chiqaruvchi davlatlar asosan (AQSH, Germaniya, Fransiya, Angliya va boshqalar) avtomatni normal urish holatiga keltirish ya’ni (nil)ni ishlab chiqaruvchi fabrikalar tomonidan siljitilmaydigan qilib ishlab chiqariladi. Shuning uchun qandaydir avtomatning stvoli qayrilishiga olib keluvchi deformatsiya bo‘lsa qurol normal otish holatini yo‘qotadi. Ushbu kamchilikni Rossiyada ishlab chiqarilgan o‘q otar qurollarda yo‘qotilgan.

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish