Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   154
Bog'liq
engil atletika

Oxirgi kuch berish. 
Ma’lumki, yadroning uchib chiqish
tezligi sportchi kuchining unga ta’sir etib borish yo‘li (ma-
sofasi) ning uzunligiga to‘g‘ri, sportchi kuchining ta’sir etish
vaqti miqdoriga esa teskari mutanosibdir. Shuning uchun
sportchi eng uzun yo‘lda eng katta tezlanish bilan itqitishga
butun iroda kuchini jalb etishi kerak. Bunday shaylanish
musobaqada yuqori natija ko‘rsatish uchun zarurdir.
102-rasm.
 Itqitish jarayonida
yelka kamari nuqtalari bilan
yadro holatlarining o‘zgarishi.
Orqadan ko‘rinishi.
O‘ng qo‘l yelka bo‘g‘ini
O‘ng qo‘l tirsak bo‘g‘ini
Yelka bo‘g‘inlari
qoq o‘rtasidagi nuqta
Chap qo‘l yelka
bo‘g‘ini
Chap qo‘l tirsak
bo‘g‘ini


301
Yakunlovchi fazani bajarishda,
kuchni yadroga ko‘proq yo‘l bo‘ylab
ta’sir etishi uchun oxirgi kuch berishni
mumkin qadar erta boshlash zarurdir.
Shu sababli chap oyoqni tezroq yerga
qo‘yish kerak, chunki oxirgi kuch
berish faqat qo‘sh tayanch faza-
sidagina faol bajarilishi mumkin.
Yadroga mumkin qadar uzunroq
yo‘l davomida eng qulay burchak os-
tida, mushaklarning itqitish vaqtidagi
qayishqoqlik xususiyatlaridan foy-
dalanib, faol ta’sir qilish kerak. Yad-
roning itqitib yuborilishi go‘yo sap-
chishning davomidek bo‘lib chiqishi kerak. Chap oyoq yerga
tayanib turganda, o‘ng oyoqni yerga bosib, uloqtiruvchi tosini
sal olg‘a surib bura boshlaydi. Natijada gavda eshilib-buralib,
keyingi ishda qatnashadigan yirik mushak guruhlari cho‘-
ziladi-da, potensial energiya hosil bo‘ladi. Mushaklar cho‘-
zilgandan keyin, ularning qayishqoqligidan foydalanib, yadro
itqituvchi tezda yelka kamarini buradi va qo‘lini to‘g‘rilab
turib, yadroni kerakli burchak ostida itqitib yuboradi.
Bir uloqtiruvchining o‘zida, oxirgi kuch berish vaqtida,
oyoqlarning to‘g‘rilanish tezligi ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib,
birinchi navbatda ma’lum burchak ostida yengish kerak
bo‘lgan inersiya kuchiga hamda gavda va qo‘lning to‘g‘rilanish
kuchiga bog‘liqdir. Gavdani yadro bilan birga to‘g‘rilash va
burish uchun (ta’sir aks ta’sirga tengdir, degan qonunga
binoan) oyoqlarga bosim ortib, bu ularning to‘g‘rilanish tezligi
o‘zgarishiga ta’sir etadi.
Oxirgi kuch berishning oxirgi qismida oyoqlar, gavda va
qo‘l harakatlarining bir vaqtda bo‘lmasligiga oyoqlarning
shoshilinch ravishda to‘g‘rilanishi sabab bo‘ladi. Oyoqlar
ishining samarasiga ularning tez to‘g‘rilanishiga qarab emas,
103-rasm.
 Yadroni
itqitayotganda oyoqlar
izining joylashish
chizmasi.


302
balki avvalo ish quvvati va harakatning yo‘nalishiga qarab
baho berish kerak.
Yangi boshlaganlar yadroni itqitib yuborayotganda, tirsak
bo‘g‘imining to‘g‘rilanishi tirsak oldinga chiqishidan oldin
boshlanishiga e’tibor berishlari kerak. Bunday harakat qo‘l-
ning tezroq yozilishiga va yadroning barmoqlardan sirg‘anib
ketmasligiga yordam beradi. Yelka kamarini qo‘l bilan birga
burish qo‘lning tirsak bo‘g‘imini to‘g‘rilashdan oldin bosh-
langani sababli, ko‘pincha tirsakni oldinga chiqarib yuborib,
xato qilinadi.
Yadro uchib chiqishidan oldin, o‘ng oyoqda depsinish
tugagandan keyin, sakrab oyoqlar almashtiriladi. Oxirgi kuch
berishidan oldin yerga tarang qo‘yilgan chap oyoq harakatda
tana massasi bosimi ta’sirida sal bukiladi va shu zahoti tezda
to‘g‘rilana boshlaydi.
Yadroning uchib chiqish vaqtida o‘ng qo‘l va chap oyoq
yadroning uchish yo‘nalishidagi bitta tik tekislikda bo‘ladi.
Itqitish oxirida o‘ng yelka, odatda, chap yelkadan yuqori turadi,
lekin bu chap yelkani maxsus pasaytirish kerak degan so‘z
emas, albatta. Yadroni itqitib yuborayotganda, uni tezlantirb
yuborish uchun, uloqtiruvchi panjasi va barmoqlari bilan unga
oxirgi kuch berib yuborishi juda ham muhim (101-rasm).
Chap qo‘l harakati ham katta ahamiyatga ega. Sapchib,
o‘ng oyoq yerga qo‘yilgandan so‘ng, oxirgi kuchlanishdan
oldin chap qo‘l yon tomondan aylantirib, orqaga faol tortiladi.
Uloqtiruvchi bu bilan mushaklarni yaxshiroq taranglab, oxirgi
kuchlanishda gavdani to‘g‘rilashga va uning muvozanatini
saqlab qolishga yordam beradi.
Uloqtiruvchi boshining holati, uning oldinga qarashiga
mos bo‘ladi. Eng usta itqituvchilar sakrab, oyoqlar holatini
faol o‘zgartiradilar va o‘ng oyoqni segmentga tirab, tananing
oldinga harakatini to‘xtatadilar. Oyoqlar holatini faol va o‘z
vaqtida o‘zgartirish uchun tez va boshqa harakatlarga mos
depsinmoq kerak.


303
Yadro itqitish ma’romi, uloqtiruvchi harakatlarining sap-
chishdan boshlab, yadro uchib chiqishiga qadar tezlanishini
hisobga olgan holda, oyoqlar ishining ma’romi bilan aniq-
lanadi. Eng kuchli itqituvchilar ma’romini yadro itqitishning
ayrim fazalarining quyidagi vaqtincha nisbati bilan aniqlash
mumkin: 4–5, 2–3, 1,3–4.
O‘ng oyoq yerga tushgandan keyin, chap oyoqni yerga
qo‘yishgacha o‘tgan muhlatni bir deb olganda, itqituvchi
tayanch holatida ekanida – oyoqni faol silkinch fazasi davom
etgan vaqtini qabul qilganimiz birlikka nisbatini birinchi
raqamlar (4–5) ifodalaydi. 2–3 raqamlari o‘ng oyoqda
sapchish vaqtini – o‘ng oyoq tagi ko‘cha boshlagandan
sapchish oxirigacha ketgan vaqtini yana o‘sha raqam (1) ga
nisbatini bildiradi. Oxirgi raqamlar esa, oxirgi kuch berishning
eng faol qismini – chap oyoq yerga tushgan paytdan yadro
uchib chiqquncha ketgan qismini ifodalaydi. Yadro itqitish
ma’romi haqida har bir itqitish fazasining kinokadrlari
miqdoriga qarab aniqroq fikr yuritish mumkin.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish