e)HIIsohalarnikuzatishusuli. Ko‘plab yaqin galaktikalarda qaynoq yulduzlar (O, B) atrofida ionlashgan vodorod (HII) sohalarini kuzatish va ulaming burchak kattaligni o‘lchash mumkin. M33 da 369 ta bunday sohalar kuzatilgan. HII sohaning kengligi yulduzning spektral sinfiga bog‘liq. Bunday bog‘lanish bizning Galaktikadagi shunday yulduzlami tekshirishdan aniqlangan (masalan, O sinfga mansub yulduz atrofidagi HII soha kengligi 60 parsek). Agar HII soha ichidagi yulduzning spektral sinfi va H II sohani burchakiy kengligi o‘lchangan bo‘lsa, masofani hisoblash qiyin emas. Bunday usul bilan o‘lchangan masofa boshqa usullar bilan o‘lchangan masofalarga tengligi isbotlangan.
Uzoq galaktikalar masofasini o ‘lchashning eng samarali va aniq usuli
ular spektrida chiziqlaming qizilga siljishini o‘lchashga asoslangan. Bu usulga keyinroq to ‘xtalamiz.
165
5.4.Galaktikalarningfazodataqsimlanishi
1934-yilgacha E. Xabbl Maunt-Vilson observatoriyasining 2.5 metrli teleskopida osmonning 1283 ta bir xil kattalikka (l°x 1°) ega may- donchalaridagi yorug'ligi 20m kattalikkacha bo‘lgan galaktikalarni sanab chiqdi. Natijada osmonning ixtiyoriy yo'nalishda joylashgan bir kvadrat gradus maydonchasida o'rtacha 131 ta galaktika kuzatish mumkinligi topildi. Demak, galaktikalar osmon sferasi bo'ylab bir xil taqsimlangan.
Osmon sferasi 41253 kvadrat gradus yuzaga ega va yorug‘ligi 20™gacha bo‘lgan galaktikalarning umumiy soni 5.4 mln ta. Diametri 2.5 metr boigan teleskopda shuncha galaktika kuzatiladi.
Berilgan m yomgiikdagi galaktikaning absolut kattaligi (M) va uzoqligi (masofasi) M =m + 5—51gr formula orqali bogiangan. Bu formulani r = 10°2m*1010 2Mshaklda qayta yozish mumkin. Faraz qilaylik, r radiusli sfera ichidagi barcha galaktikalar bir xil yorqinlikka, demak, absolut kattalik (M)ka ega va bir tekis joylashgan boisin. U holda m-kattalikkacha boigan galaktikalar soni N (m )~r3 boiadi. Bu yerga r uchun yozilgan yuqoridagi m unosabatni qo‘ysak N (m )~r3=100-6m • io 3(10-2M>. Bunday munosabatni m +l-kattalikkacha boigan galaktikalarga nisbatan yozish
100.6(m+l)
mumkin. U holda N (tn + 1) =10=3.98.Chunkiio3(1-°-2M),mva N(m) '
m + 1 galaktikalar uchun bir xil. Bu formuladan m = 24mgacha galaktika- lar sonini 1.4 • 109 topamiz.
Galaktikalaming fazoda taqsimlanishini birinchi bor tekshirgan E. Xabbl bu munosabat to ‘g‘riligini topdi, ya’ni galaktikalar koinotda bir tekis joylashgan.
Keyinchalik bajarilgan tekshirishlar galaktikalar ham yulduzlar singari guruhlar va to 'd alar hosil qilishini ko‘rsatdi. Ular o ‘nlabdan, o ‘n minglabgacha galaktikadan tarkib topgani aniqlandi. Bizning Galaktika o‘z atrofidagi 13 ta yo‘ldosh galaktika (Magellan Bulutlar shu jumladan) bilan birgalikda bitta oilani tashkil etadi. Andromeda tumanligi (M31) ni ham o‘ndan ortiq galaktika o ‘rab turadi.
Galaktika bilan M31 oilasi (ular orasidagi masofa 0.5 Mps) a’zolari va ular orasidagi galaktikalar (jami 35 ta galaktika) mahalliy tizim deb ataladigan guruhni tashkil etadi. Tizim diametri 3 Mps. Yuzlab va minglab galaktikalardan tuzilgan tizim to‘da deb ataladi. To‘daning o‘rtacha diametri 8 Mps. Bizga eng yaqin to‘da Sumbula yulduz turkumi tomonda kuzatiladi. Ungacha masofa 12 Mps. Eng katta to‘da bizdan 70 Mps uzoqlikda joylashgan Veronika sochlari deb ataladigan yulduz turkumidadir. 40 000 ta galaktika bor. Hozirgacha hammasi boiib 4000 ta galaktika to'dalari topilgan.
Galaktika to‘dalari o ‘z navbatida o‘ta katta to‘da, o‘tato‘da hosil qiladi. Bunday o‘ta to‘daning ko'ndalang kesimi 50—150 Mps. Hozircha bunday 10 ga yaqin o‘tato‘da topilgan. 0 ‘tato‘dalar cho'zinchoq yoki zanjir shaklga ega. Shunday cho‘zinchoq to‘daga bizning Galaktikaga kiradigan va markazi
166
Sumbula yulduz turkumi tomonda kuzatiladigan o‘tato‘da misol bo‘laoladi. 0 ‘tato‘dalar orasida «bo‘shliqlar» ham mavjud. Masalan, Persey yulduz lurkumi yo‘nalishida uzunligi 24 = 80 Mps bo‘lgan «"bo‘shliq» bor, unda galaktika kuzatilmaydi. Biroq bunday bo‘shliqlar Koinot o ‘lchamlari (4000 Mps dan katta) bilan solishtirilganda kichik. Shuning uchun Koinotda galaktikalar bir tekis joylashgan deb hisoblasa bo‘ladi.