Радиоэлектроника асослари



Download 7,4 Mb.
bet38/45
Sana17.05.2023
Hajmi7,4 Mb.
#939739
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45
Bog'liq
Radio(1-9)

Registrlar
Mantiqiy elementlar va triggerlarning biror bir ko`rinishdagi ulanishidan tashkil topgan hamda raqamli signallarni qabul qilish, xotirada saqlash, qaytarib berish uchun xizmat qiluvchi qurilmalar registralar deb ataladi. Registrlarni qurish uchun ko`p xollarda D- triggerlardan keng foydalaniladi.
Registrga yangi ma`lumotlarni kiritish yozish deb ataladi. Registrdagi ma`lumotni tashqi qurilmaga chiqarish o`qib-sanash deb ataladi.
Yozib o`qish usuliga qarab registrlar 4 xilga ajratiladi:

  • parallel registrlar. Bunday registrlarda yozish va o`qish parallel kod orqali amalga oshiriladi;

  • ketma-ket registrlar. Registrlarning bu turiga yozish va o`qish ketma-ket kodlarda amalga oshiriladi. Yozish jarayonida ma`lumotlar vaqt bo`yicha birlar ketma-ketligi kiritilib, o`qish jarayonida ham bitlarning xuddi shunday ketma-ketligida tashqi qurilmaga uzatiladi.

  • parallel-ketma ket registrlar. Bunday registrlarda yozish jarayonida barcha bitlar registrga bir vaqtda ( parallel kodlarda) kiradi, o`qish jarayonida ma`lumotlar bitlar ketma-ketligida registrdan tashqi qurilma uzatiladi (ketma-ket kodda). Bu turdagi registrlar parallel kodni ketma-ket kodga aylantiruvchi qurilma hisoblanadi.

  • ketma-ket-parallel registrlar. Bu turdagi registrlarda yozish ketma-ket kodda, o`qih parallel kodda amalga oshiriladi. Bunday kodga ayaltirish uchun xizmat qiladi.

Bajaradigan funksiyasi ko`rinishiga qarab registrlar ikkita kata guruxga bo`lined:

  • asosiy funksiyasi sifatida faqat yozilgan ma`lumotlarni saqlovchi registrlar;

  • ma`lumotlarni saqlashdan tashqari registrlar bo`ylab ularni siljitishni ham amalga oshiruvchi siljitish registrlari;

Bu gurux registrlarini orasida reversiv registrlar alohida o`rin tutadi. Chunki ular ma`lumotlarni ikkala tomoniga (ham yuqori ham quyi razradlar tomon) siljitish imkonini beradi.

  1. Parallel registrlar (xotira registrlari)

Rasmda (3.3.13) D-triggerlarda tuzilgan to`rt razryadli xotira registrning sxemasi ko`rsatilgan. Sxemadan ko`rinib turibdiki D-triggerlarning takt bo`yicha kirishlari o`zaro ulangan. Triggerlarning D-kirishlari registrga ma`lumotlarning kirishini ta`minlaydilar.
Agar yozish kirishga C=1 signal berilsa   ma`lumotlar registrning   chiqishlari payda bo`ladi. Berilganlar uchun barcha razryadlar registrga bir vaqtda yoziladi.

  1. Ketma-ket registrlar ( siljitish registrlar)

Ketma-ket registrlar bitta ma`lumotlar kirishi x, birra ma`lumotlar chiqishi y, yozish/o`qish c kirish va registr triggerlarini boshlang`ich holatga keltirish uchun R kirishga ega bo`ladi. Yozish va o`qish jarayonida ma`lumotlarni registr bo`ylab ko`chirilishi (surulishi) amalga oshadi. Shuning uchun ularni siljitish regisrelar deb ataladi.
Rasmda (3.3.15) D-triggerlarda tuzilgan 4 razryadli ketma-ket registr sxemasi keltirilgan.

Rasm.


Bu sxemada triggerlar o`zidan oldindagi triggerdan ma`lumotlarni qabul qiladigan qilib ulangan.
 =1 ba C=0 bo`lganda registr saqlash rejimida bo`ladi va bu vaqtda triggerlar kirishida oldingi taktda kelgan signalga saqlanadi.
Triggerga ma`lumotlarni yozish uchun uning C kirishiga C-1 signal berish kerak bo`ladi. Bunda ilgari o`rnatilgan kirish signali birinchi triggerning   chiqishida ko`rinadi. Ikkinchi triggerning   chiqishida birinchi triggerning avvalgi taktdagi chiqish signali, uchinchi triggerning  chiqishida ikkinchi triggerning chiqishidagi, to`rtinchi triggerning   chiqishida uchinchi triggerning chiqishidagi avvalgi taktdagi signal ko`rinadi.
v) Reversiv registrlar.
Odatda siljitish registrlar asosan ma`lumotlarni faqat bir tomonga o`nggasiljitadi. Reversiv registrlar (reverses-teskariga qaratilgan) esa signal reversivga qarab malumotlarni o`ngga ham chapga ham siljitadi. O`ng tomonga siljitishni amalga oshirish uchun har bir D-triggerning kirishi undan oldingi triggerning chiqishiga ulanadi:  . Chap tomonga siljitishni amalga oshirish uchun esa trigger ma`lumotlatni o`zidan keyingi razryadga tegishli triggerdan oladi, ya`ni  
Bu ikkala holatni bitta sxemada amalga oshirish uchun unga qo`shimcha “V” kirish kiritiladi. Ana shu kirishdagi signalga bog`liq holda trigger orasidagi bog`lanishni kerakli holatda ulanishi ta`minlanadi.
(3.3.18) rasmda reversiv registrning bitta razryadi sxemasi (a) va triggerlarning kerakli holat uchun ulanish jadvali (b) keltirilgan.

Download 7,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish